II. Bufer eritmalar haqida umumiy ma’lumot
Analitik kimyoda ayrim tajribalarni, ayniqsa, tekshiriladigan eritmadan ionlarni cho’ktirishda, eritmadagi vodorod ionlari konsentraciyasi aniq va doimiy bo’lishi kerak. Shuning uchun analiz jarayoni [H+] ionlari koncentraciyasini doimiy saqlab turuvchi bufer eritmalar (boshqaruvchilar) ishlatiladi. Eritma suyultirilganda yoki eritmaga oz miqdorda kuchli kislota (yoki ishqor) qo’shilganda ham pH qiymati o’zgarmaydigan kuchsiz kislota va uning tuzidan yoki kuchsiz asos va uning tuzi aralashmalaridan, shuningdek ko’p asosli kislota tuzlari aralashmalaridan iborat bo’lgan eritmalar bufer eritmalar deyiladi. Bufer eritmalar (inglizcha buffer – “buf” so’zidan olingan bo’lib, zarbani yengillash degan ma’noni bildiradi).Bufer eritmalarga quyidagi aralashmalar kiradi:
HCOONa + HCOOH,
CH3COOH + CH3COONa,
NH4OH + NH4Cl,
Na2HPO4 + NaH2PO4 va boshqalar.
Bufer eritmalarning bufer ta`siri qo’shiladigan kislota yoki ishqorni Н+ yoki ОН- ionlarini bog’lab, kuchsiz elektrolit hosil qilishiga asoslangan.
Ayrim moddalarning bufer eritmalari
|
Modda
|
pH
|
0,05M kaliy tetraoksalat digidrat eritmasi
(KH3C4H4O8∙2H2O; M.m. 254,19)
|
1,679 (25 °C)
|
Kaliy gidrotartratning to’yingan eritmasi (≈ 0,025M)
(KHC4H4O6; M.m. 188,178)
|
3,567 (25 °C)
|
0,05M kaliy digidrotsitrat
(KH2C6H5O7; M.m. 230,215)
|
3,776 (25 °C)
|
0,05M kaliy gidroftalat eritmasi
(KHC8H4O4; M.m. 204,223)
|
4,008 (25 °C)
|
Piperazin fosfatning to’yingan eritmasi* (≈ 0,065M)
(C4H12N2HPO4∙H2O; M.m. 202,147)
|
6,36 (16 °C);
6,34 (18 °C)
|
0,05M natriy tetraborat eritmasi
(Na2B4O7∙10H2O; M.m. 381,372)
|
9,18 (25 °C);
9,07 (38 °C)
|
Do'stlaringiz bilan baham: |