O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta’limi vazirligi
Download 1.06 Mb. Pdf ko'rish
|
Rivojlanish psixologiyasi va pedagogik psixologiya OQUV QOLLANMA
Eshitish.Eshitish qobiliyatining eng yuqori darajasi 14-15 yoshlarga to‘gri
keladi,undan keyingi kamolot davrlarida biroz pasayish yuz beradi. Ko‘pgina olimlarning fikricha,inson yoshining ulg‘ayishi bilan eshitishning zaiflashuvi mo‘tadil xolat xisoblanib, organizimning biologik kirishi bilan uzviy bog‘liq ravishda kechadi. Ishlab chiqarishdagi kuchli shovqin odamning eshitish qobilyatini yomonlashtiradi.Eshitish o‘quvini yo‘qotish erkaklarda ayollarga qaraganda ko‘p uchraydi. Tam bilish sezgisida xam yosh ulg‘ayishi va keksalik tufayli ayrim o‘zgarishlar vujidga keladi. Masalan, nordon, shirin va achchiqni sezish 50 yoshgacha keskin o‘zgarmasada, lekin undan keyingi o‘sish davrida maza surg‘ichlari miqdorining kamayishi eveziga sezgi chegaralarining kengayishi sodir bo‘ladi. Xid sezgilarining o‘zgarishiga asosiy sabab nerv uchlari va tolalarida karaxlikning boshlanishidir. Bundan tashqari, xid bilish sezgirligi kamayishining 118 sabablari xavoning ifloslanishi, zaharli va qo‘lansa hidli moddalar bilan nafas olish, chekish, oziq-ovqatda A vitamini yetishmasligidir. Keksayganda og‘riq teri-tuyish sezgilari ham pasayadi. Tebranish sezgirligi ham yosh o‘tgan sari yomonlashadi, orqa miyaning orqa qismlaridagi deganativ o‘zgarish anashu holatni keltirib chiqaradi. Keksayish davriga 61 (56)-74 yoshli erkak va ayollar kiradilar. Bu davrdagi kishilar xilma-xil xususiyatlari, shaxslararo munosabatlari bilan boshqa yosh avrlardagidan ajralib turadi. Mazkur yoshdagilarni shartli ravishda ikkita katta guruhga ajratish mumkin: a)mutlaqo iste‘foga chiqqan, ijtimoiy faol bo‘lmagan erkak va ayollar; b) nafaqaxo‘r erkak va ayollar, lekin ijtimoiy hayotning u yoki bu jabhalarida faoliyat ko‘rsatayotgan keksalik alomatlari bosayotgan odamlar. Ularning his-tuyg‘ulari yashahs muvofiq nomoyon bo‘ladi. Ularning his-tuyg‘ulari vujudga kelishi jihatidan ikki xildir: 1) barqaror kayfiyat, xotirjamlik tuyg‘usiga ega bo‘lgan o‘z qadr-qimmatini saqlayotgan, nufuz talab erkak va ayollar; b) kayfiyati barqaror, osoyishta xulq-atvorli oila muhitining sardoriga aylangan. Tabiat va jamiyat go‘zalliklaridan barhamand bo‘layotgan, ijtimoiy faoliyatdan qariyb uzoqlashgan, qarilik gashtini surayotgan kishilar. Ularning bir guruhi moddiy boylikni ma‘naviyat bilanqo‘shib olib borishga intilsalar, boshqalari to‘plangan moddiy boylik bilan qanoat hosil qiluvchilar, qolgan umrining xotirjam, zaxmat chekmay o‘tkazishga axtu-paymon qilgan erkak va ayollardan iboratdir. Mazkur yoshda yuzaga keladigan inqiroz ham mana shu ikkala omillarning mahsuli hisoblanadi. Keksayish davrida biologik organning zaiflashuvi psixik jarayonlarning ham o‘zgarishiga olib keladi. Ruhiy keksayish alomatlari ayollarda ertaroq paydo bo‘ladi. Erkak va ayollar o‘rtasidagi farqlar borgan sari yaqqol ko‘zga tashlana boshlaydi. Bu farqlar bilish jarayonlari 9sezgi, idrok, xotira, tafakkur), axloqqacha (farosatlilik, xushyorlik, xozirjavoblik, topqirlik) va aql-zakovat (aql, bilim, ijtimoiy tajriba, mahorat, ijodiy faoliyat, barqaror, malaka) kabi ruhiy holatlarda o‘z aksini topadi. Ayollarning zaifa deb nomlanishi ham bejiz emas, chunki jismoniy zaiflikdan tashqari boshqa ruhiy kechinmalarda ham beqarorlik sezilib 119 turadi (ko‘z yoshi quvonchdan bo‘lsa-irodaning zaifligini ko‘rsatadi, g‘am-g‘ussa, o‘kunish, tug‘yon sababli bo‘lsa his-tuyg‘uni boshqarish imkoniyati yo‘qligini ko‘rsatadi). Ayollarning tabiiy azobdan (tug‘ish, bola tarbiyasi) tashqari xizmat, oila tashvishi, yumushi, mehr-muhabbatga otashligi, nozik qalbi tashqi qo‘zg‘atuvchilarga tez javob beruvchanligi jihatdan ertaroq qarishga olib keladi (asab siztemasining buzilishi, irodaviy zo‘riqish, aqliy tanglik holatlari). Psixologlar keksayish davridagi erkak va ayolarning ruhiy dunyosini o‘rganish bo‘yicha tadqiqot ishlari olib borganlar. Amerikalik V.Shevruk mazkur yoshdagi odamlarning ijtimoiy faoliyatida qatnashishi xususiyatini tekshirib, 65 yoshlilarning 24,1 foizi, 70 yoshlilarning 17,4 foizi, 75 yoshlilarning 7,7 foizi ijtimoiy faoliyatdan voz kechganligini aniqlagan. Oliy maktab muallimlarining ilmiy maxsuldorligi dinamikasini tadqiq qilgan M.D.Aleksandrova matematika, fizika, biologiya, psixologiya va boshqa sohalarning vakillari o‘rtasida keksayishning birinchi bosqichida (61-66 yoshlarda) bir oz farq mavjud bo‘lsada, unung ikkinchim bosqichida (67-72 yoshlarda) o‘sha tafovut ham yo‘qolib borishini ta‘kidlaydi. L.I.Zaxarova esa keksayish davridagi erkak va ayollarning oliy nerv faoliyatini tekshirib, ularda ranglarni ko‘rish maydoninig chegarasi uchun quyidagilar muhim rol o‘ynashini uqtiradi: 1)ko‘rish yo‘llari analizatori chekka qismnlarining holati; 2)markaziy nerv sistemasining umumiy faolligi; 3)insonning yoshi; 4)ko‘rish analizatorining faoliyat ko‘rsatish sharoiti; 5)insonning jinsi. Amerikalik psixolog D.Veksler keksayishda aqlni o‘lchash uchun 1939 yilda maxsus test ishlab chiqqan va ―Katta kishilar aqlini o‘lchash va baholash‖ nomli kitobida test o‘tkazish usuliyatini batafsil bayon qilgan. Download 1.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling