120
14-mavzu: Pedagogik psixologiya fanining predmeti,
maqsad va vazifalari
Ma‘ruza mashg`uloti rejasi
1. Pedagogik psixologiyaning predmeti, vazifasi va tuzilishi.
2. Pedagogik psixologiyaning tamoyil va metodlari.
3. Pedagogik psixologiyani rivojlanishini tarixiy jihatlari.
Darsning maqsadi:
Pedagogik psixologiyaning predmeti, pedagogik
psixologiyaning vazifalari,
pedagogik psixologiya fanining rivojlanish tarixi, pedagogik psixologiya fanining
tadqiqot metodlarini dalillab beradi.
Pedagogik psixologiya -psixologiya fanining tarmog`i sifatida ta‘lim va
tarbiyaning shaxsga samarali ta‘sir
etuvchi omillari, qonuniyatlari va
mexanizmlarini o`rganuvchi fandir. Pedagogik
psixologiyaning predmeti
o`quvchilarni maktabda bilim, ko`nikma va malakalarni
egallash qonuniyatlarini,
bu jarayonlarda sodir bo`ladigan individual tafovutlarni, ularda mustaqil va ijodiy
tafakkurni
tarkib
toptirish
qonuniyatlarini
tadqiq
etishdir.
Pedagogik
psixologiyaning muhim vazifalaridan biri -maktabdagi ta‘lim-tarbiya jarayonini
yanada takomillashtirishning psixologik asoslarini ishlab chiqishdan iborat bo`lib,
bu hol yangi ta‘lim dasturiga o`tish bilan bog`liqdir.
Pedagogik psixologiya uch
bo`limdan iborat: ta‘lim psixologiyasi, tarbiya psixologiyasi va o`qituvchi
psixologiyasi.
Pedagogik psixologiyaning vazifalari:
1) ta‘lim jarayonlarini boshqarishning psixologik masalalarini o`rganish;
2) bilish jarayonlarining shakllanishini tadqiq qilish;
3) aqliy taraqqiyotning ishonchli ko`rsatkichlarini aniqlash;
4) ta‘lim jarayonida aqliy taraqqiyotning samarali bo`lish
sharoitlarini
o`rganish;
5) pedagog va o`quvchilar o`rtasidagi, o`quvchilar va o`quvchilar
o`rtasidagi o`zaro munosabat xususiyatlarini o`rganish;
121
6) o`quvchilarga individual yondoshish bilan bog`liq bo`lgan masalalarni
o`rganish.
7) pedagogik faoliyatni amalga oshirishning
psixologik qonuniyatlarini
o`rganish.
Do'stlaringiz bilan baham: