O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta’limi vazirligi


Pedagogik psixologiyaning muammolari quyidagilar


Download 1.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/40
Sana15.02.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1202981
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   40
Bog'liq
Rivojlanish psixologiyasi va pedagogik psixologiya OQUV QOLLANMA

 Pedagogik psixologiyaning muammolari quyidagilar:  
1. Bolaning rivojlanishida uning haotidagi har bir senzitiv davrni aniqlash va 
undan iloji boricha ko`proq foydalanish muammosi. Bu masalaning muammoliligi 
shundaki, birinchidan, bola shaxsi va intellekti rivojlanishining barcha senzitiv 
davrlari ma‘lum emas, uning qachon boshlanishi, qancha davom etishi va qachon 
tugashi noma‘lum. Ikkinchidan, har bir bolaning hayoti o`ziga xos individual 
bo`lib, turli davrda har xil kechadi.
2. Bolaga ongli tashqil etilgan pedagogik ta‘sir va uning psixologik 
taraqqiyoti orasidagi bog`lanish muammosi. Ta‘lim va tarbiya bolaning 
rivojlanishiga ta‘sir etadimi, yoki u ta‘lim va tarbiya natijasida faqat bilim
ko`nikma va malakalarga ega bo`lib, uning intellektual va ahloqiy rivojlanishga 
ta‘sir qilmaydimi? Har qanday ta‘lim bolaning rivojlanishiga ta‘sir qiladimi yoki 
faqat muammoli va rivojlantiruvchi ta‘lim-mi? 
3. Ta‘lim va tarbiyaning umumiy va yosh muammolari. Bola hayotining har 
bir aniq davrida ta‘limga yoki tarbiyaga urg`u berish kerakmi?- bola hayotining 
ayni davrida nimaga ko`proq ehtiyoj sezadi: kognitiv -intellektual yoki shaxs 
sifatida rivojlanishgami? 
4. Pedagogik ta‘sirlarning kompleksligi va bola taraqqiyotining sistemaliligi 
xarakteri muammosi. Bola taraqqiyotini kognitiv va shaxsiy hislatlarning 
o`zgarishi sifatida tasavvur qilsak, ularning har biri alohida rivojlanishi mumkin, 
har birining rivojlanishi boshqa xususiyatlarga bog`liq. 
5. Bola xulq-atvori va psixologik xarakteristikalarining rivojlanishi ta‘lim va 
yetilishga, 
layoqat 
va 
qobiliyatlar, 
genotip 
va 
muhitga 
bog`liqligi 
muammosi.Ta‘limni bola organizmida ma‘lum neyrofiziologik to‘zilmalar 
yetilmasdan boshlash mumkin-mi?Ta‘lim bolaning organik rivojlanishiga ta‘sir 
qiladimi? Agar ta‘sir qilsa, qanday darajagacha ta‘sir qiladi? 


122 
Genotip hamda muhit bolaning psixologik va xulq-atvori rivojlanishiga 
alohida birgalikda qanday ta‘sir qiladi? 
6. Bolaning ongli ta‘lnm na tarbiyaga psixologik tayyorligi muammosi. Bu 
muammoni hal qilnshda ta‘lim va tarbiyaga psixologik tayyorlik deganda nima 
nazarda 
tutilishi: 
bolada 
layoqatlarning mavjudligi ma‘nosidami yoki ta‘lim va tarbiyaga qobiliyatning 
rivojlanganligi ma‘nosidami, bolada yaqin taraqqiyot zonasi va rivojlanish 
darajasi mavjudligi ma‘nosidami, intellektual va shaxsiy yetuklikning ma‘lum 
darajasiga erishilganligi ma‘nosidami? 
7. Bolaning pedagogik qarovsizligi muammosi. Bolaning pedagogik 
ta‘sirlarni o`zlashtira olmasligi unga bolaligida yomon ta‘lim va tarbiya 
berilganligi. 
8. Ta‘limni indiniduallashtirishni ta‘minlash muammosi. Bolalarning layoqat 
va qobiliyatlari asosida guruhlarga bo`lib o`qitish, har bir bolaning individual 
xususiyatlarga mos ta‘lim va tarbiya metodlarini tanlash tushuniladi. 
Yuqorida keltirilgan psixologik-pedaagogik muammolarni hal qilish 
o`qituvchilardan yuqori kasbiy mahoratni, psixologik bilim, ko`nikma va 
malakalarni talab qiladi. 

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling