O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta’limi vazirligi
Download 1.06 Mb. Pdf ko'rish
|
Rivojlanish psixologiyasi va pedagogik psixologiya OQUV QOLLANMA
- Bu sahifa navigatsiya:
- A.F.Lazurskiy
- Suhbat metodi
Eksperiment metodi. Eksperiment metodi tabiiy va laboratoriya
eksperimenti turlariga bo‘linadi. Bu metod psixik xolatni ta‘riflashgagina emas, balki ularni tushuntirib berishga ham imqon beradi. Kuzatishdan farqli o‘laroq, psixologik eksperiment tadqiqotchining sinalayotgan faoliyatga faol aralashuvi mumkinligini nazarda tutadi. Jumladan, psixologik fakt aniq namoyon bo;lishiga, uning tadqiqotchi xohlagan yo‘nalish bo‘yicha o‘zgartirishiga, har jihatdan tadqiq qilish uchun bir necha martalab takrorlanishiga imqon beradigan shart-sharoitni yaratadi. Labaratoriya eksperimentining xarakterli belgisi faqat uning labaratoriya sharoitlarida maxsus psixologik asbob-uskunalar yordamida o‘tkazishlarida va sinaluvchining xatti-harakatlari yo‘l-yo‘riqqa binoan sodir bo‘lishi bilangina emas, balki sinalayotganligini biladigan sinaluvchi kishining munosabati bilan ham belgilanadi. Labaratoriya eksperimenti yordamida diqqatning xossalari, idrok, xotira va boshqalarning o‘ziga xos xususiyatlarini tadqiq qilish mumkin. Hozirgi paytda labaratoriya eksperimentini ko‘pincha shunday tarzda o‘tkazishadiki, unda odam odatdagi sharoitlarda bajarishi mumkin bo‘lgan faoliyatning ba‘zi psixologik jihatlari modellashtirib qo‘yiladi. Jumladan, eksperimentda anchagina xissiy zo‘riqish vaziyati modellashtirilib, uning jarayonida sinaluvchi, masalan, kasbi- kori uchuvchi bo‘lgan kishi anglanilgan yechimlar qabul qilishi mumkin. Yuksak 126 darajadagi uyg‘unlikni taqozo etadigan murakkab harakatlar qilishi, asboblardagi ko‘rsatkichlarga munosabat bildirishi va hakozolar belgilab qo‘yilgan bo‘lishi mumkin. Tabiiy eksperiment (birinchi marta 1910-yilda A.F.Lazurskiy taklif etgan) mo‘ljallanganiga ko‘ra, eksperiment o‘tkazilayotganini biladigan sinaluvchida hosil bo‘ladigan zo‘riqishga yo‘l qo‘ymasligi va tadqiqotni odatdagi, tabiiy sharoitlarga (dars, suhbat, o‘yin, uy vazifalarini bajarish va boshqalar) ko‘chirilishi lozim. Masalan, materialni yodlashning samaradorligi uni o‘zoq vaqt xotirada saqlab qolish to`g`risidagi ko`rsatmaga bog`liqligini tadqiq qilish tabiiy eksperimentga misol bo`la oladi. O`quvchilardan bir guruhi o`rganilishi lozim bo`lgan material bilan tanishtiriladi va ushbu material yo‘zasidan ertasiga so`ralishini aytadi. Boshqa bir guruhda esa o`quv materiali xuddi shunday tarzda o`tilib bo‘lgach, o‘quvchilarga o`tilgan dars bir haftadan so‘ng so‘ralishi aytiladi. Haqiqatda esa har ikkala guruhda ham o‘quvchilardan ikki xaftadan keyin so`ralgan. Ana shu tabiiy eksperiment jarayonida materialni o‘zoq vaqt xotirada saqlab qolishga mo`ljallangan yo`l-yo`riqning afzalliklari aniqlanadi. Psixologik-pedagogik tadqiqot vazifalarini bajaradigan tabiiy eksperiment psixologik-pedagogik eksperiment deb ataladi. Har xil yosh bosqichlarida o`quvchilarning bilish imqoniyatlarini o‘rganishda, o‘quvchi shaxsini shakllantirishning qonkret yo‘llarini aniqlashda uning roli benixoya kattadir. Psixologik-pedagogik eksperiment uch qismdan iborat. Aniqlovchi, shakllantiruvchi, nazorat eksperimentlari. Aniqlovchi eksperimentda sinaluvchilardagi biror psixik jarayonning rivojlanish darajasi aniqlanadi. Masalan, boladagi xotiraning rivojlanish darajasi "Meyli" testi yordamida aniqlanishi mumkin. Shakllantiruvchi eksperimentda aniqlangan psixik jarayon me‘yordan orqada bo‘lsa, uni rivojlantirish bo‘yicha maxsus mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Misolga qaytsak, xotirani rivojlantirish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Nazorat tajribalarida shakllantiruvchi ta‘sirning samaradorligini aniqlash uchun diagnostik metod yana bir marta takroran o‘tkaziladi. "Meyli" testi yana bir bora o‘tkazilib, 127 maxsus matematik-statistik metodlar yordamida shakllantiruvchi ta‘sirning samaradorligi aniqlanadi. Anketa. Savollar yordamida psixologik axborot to‘plashning metodik usulidir. Bunda savollar mantiqan bir-biri bilan bog‘langan bo‘lib, tadqiqotning maqsadiga mos keladi. Anketa yordamida o‘qituvchi o‘quvchilar shaxsiy sifatlarini aniqlash uchun material to‘playdi. Taklif etiladigan savollarga qarab, anketalar mazmun, funktsiyasi, shakli bo‘yicha turli xil bo‘lishi mumkin. Mazmun bo‘yicha anketa: 1. Faktlar ("Sening bo‘sh vaktishdagi mashg‘uloting", "Uy joy sharoitingni ta‘rifla"); 2. Atrofdagi kishilar, xodisalar xarakteristikasini ("O‘quv- ishlab chiqarish korxonasida ish formasi boshqacha bo‘lishi kerak deb xisoblaysanmi?"', "Ko‘pchilik bolalar o‘z imqoniyatlarini to‘liq ishga solmay o‘qishlarining sababi nimada deb o‘ylaysan?"). 3. O‘quvchining niyatlarini ifodalashi mumkin ("Oliy o‘quv yurtiga kirasanmi?", "Yozgi oromgoxga borasanmi?"). Savollar bajaradigan funktsiyasiga ko‘ra anketa o‘z ichiga quyidagilarni oladi: a)Filtrlovchi-savollar. M.: agar o‘qituvchini oliygoxga kirishni xohlovchilar qiziqtirsa, anketada quyidagicha savollar taklif etiladi: "Sening yoqtiradigan predmeting?" Bunga faqat oliygoxga kirmoqchi bo‘lgan o‘quvchilargina javob beradilar. b)Tekshiruvchi yoki nazorat qiluvchi savollar. Ularning asosiy funkisiyasi - ma‘lumotning to‘g‘riligini tekshirish. Shakli bo‘yicha anketalar: a) Ochiq — bunda to‘g‘ri savollar o‘z xohishiga qarab, erkin javob berish mumkin. b) Yopiq — bunda savollarga tayyor javob berilgan bo‘lib, o‘quvchi ulardan birini tanlashi lozim. Anketa savollariga quyidagi talablar qo‘yiladi: 1. Savollar aniq, tushunarli, sodda va qonkret bo‘lishi lozim. 128 2.Anketaning boshida oson savollar, keyin qiyin, undan keyin eng murakkablari, nixoyasida yana oson savollar berilishi lozim. 3. Bitta xususiyatni aniqlashga bir necha savollar, nazorat qiluvchi savollar berilishi lozim. Anketa metodining ijobiy tomoni: 1)ommaviy o‘rganish imqoniyati; 2) informatsiya to‘plash tezligi; 3)ma‘lumotlarni analiz qilishda matematik metodlardan keng foydalanish imqoniyati; 4)og‘zaki formada javob olish qiyin bo‘lgan savollarga javob olish imqoni; 5)bir necha tadqiqotlar natijasini taqqoslash imqoni; 6)natijalarni qayd etishning qulay usuli. Shuni ham nazarda tutish lozimki, anketa metodi shaxs xususiyatlarining barcha soxalarini to‘la o‘rganish imqonini bermaydi, o‘quvchilar turlicha javob berganlari tufayli ularni klasifikatsiya qilishda qiyinchiliklar uchraydi, javoblarning obyektivligi yuqori emas, chunki o‘quvchilar bunga vijdonan yondoshmasliklari mumkin. Suhbat metodi. Suhbat - bevosita muloqot jarayonida o‘quvchilar psixik xususiyatlarini aniqlash metodikasi bo‘lib, o‘qituvchi oldindan tayyorlab qo‘ygan savol asosida o‘zi uchun kerakli bo‘lgan informatsiyani olish imqoniga ega. Suhbat metodikasi yordamida inson xarakteri xususiyatlari, xatti-harakati motivlari, hayotining turli tomonlariga uning bahosi, biografiyasining asosiy faktlari va unga bo‘lgan munosabatlarni aniqlash mumkin. Suhbat metodi ma‘lum qoidalarga asoslanishi lozim. Suhbat tasodifiy emas, rejali bo‘lishi kerak. Suhbat boshida o‘quvchi qiziqadigan mavzuda gaplashish kerak. Suhbat boshlanishida biografik xarakterdagi savollar berilmasligi kerak. Savollar tushunarli, yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda berilishi kerak. Suhbat metodining ijobiy tomoni – o‘quvchi bilan bevosita muloqatda bo‘lish, uning reaktsiyalarini xisobga olish imqoni, qo‘shimcha, to‘ldiruvchi 129 savollar berilishi mumkinligidir. Shuni ham nazarda tutish kerakki, suhbatdan biz obyektiv fakt emas, balki kishining subyektiv fikrini olamiz. Download 1.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling