O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta’limi vazirligi


Faoliyat maxsulini tahlil qilish metodi


Download 1.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/40
Sana15.02.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1202981
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   40
Bog'liq
Rivojlanish psixologiyasi va pedagogik psixologiya OQUV QOLLANMA

Faoliyat maxsulini tahlil qilish metodi. O‘quvchilar yozgan inshoga qarab, 
o‘qituvchi uning adabiy qobiliyatini, so‘z boyligi, rivojlanish darajasi, obrazli 
tafakkuri haqida xulosa chiqarishi mumkin. Xuddi shuningdek, matematikadan 
yozma ish, chizmachilikdan topshiriq natijalariga qarab o‘quvchining individual 
psixik xususiyatlari, qobiliyatlari, mehnat malakalari haqida ma‘lumot to‘plash 
mumkin. 
Diagnostik metodlar: Bu metodlar shaxsning u yoki bu xususiyatlarini 
shunchaki ta‘riflash emas, balki bu xususiyatlarni o‘rganish asosida sifat va miqdor 
jihatdan xarakteristika berish imqoniyatiga ega. 
Diagnostika metodlariga turli xil testlar kiradi. 
Test metodi yordamida kishining aqliy qobiliyatlari darajasi aniqlanadi, inson 
holati va ulariing xususiyatlari belgilanadi, shaxsning strukturaviy sifatlari — o‘z-
o‘zini baholash, emotsional barqarorlik, muammoga yengil kirisha olishi 
o‘rganiladi. 
Test inglizcha (test) so‘z bo‘lib, sinab ko‘rish, tekshirish ma‘nosini bildiradi. 
Test tekshiruvchiga taqdim etiladigan topshiriqlar tizimi bo‘lib, uning
natijasida standartlashtirilgan o‘lchov o‘tkaziladi. Test asosan individlar 
o‘rtasidagi farqlarni yoki turli sharoitlarda ular ko‘rsatadigan reaktsiyalar 
o‘rtasidagi farqlarni o‘rganish uchun mo‘ljallangan. 
Yosh va pedagogik psixologiyada test guruhlarning ijtimoiy psixologik 
xususiyatlarini, guruhiy xolatlarning namoyon bo‘lish darajasini o‘rganish uchun 
ham qo‘llaniladi. Test guruhlarni ijtimoiy-psixologik xarakteristikalari asosida 
differentsiatsiya qilish maqsadlariga xizmat qiladi. 
Testning standartlashtirilishi vazifalar bajarilishini baxolash va uni 
o‘tkazishning bir xildagi jarayonlarni hosil qilishdan iborat. Bu esa test o‘tkazilishi 
mo‘ljallanayotgan, o‘rganilishi talab qilinadigan katta sonli reprezentativ 
sinaluvchilarda (2-3 ming) testni o‘tkazish orqali amalga oshiriladi. 


130 
Test standartlashtirilishi 2 bosqichda o‘tkaziladi. 1 — bosqichda testni 
qo‘llash yo‘riqnomasi shakllanadi: topshiriqlar tanlanadi, uni o‘tkazish uchun 
ko‘rsatmalar ishlab chiqiladi, sinaluvchiga beriladigan yo‘riqnoma to‘ziladi va testi 
o‘tqazishning boshqa masalalari ko‘rib chiqiladi. 2 — bosqichda normalar 
aniqlanadi, ya‘ni test natijalarini baholash uchun boshqa individlar yoki guruhlar 
natijalari bilan solishtirish uchun normalar tizimi belgilanadi. 
Testning ishonchliligi - shu test qayta o‘tkazilganda (aynan shu 
tekshiruvchilarda) 
olingan ma‘lumotlarning bir-biri bilan mos kelishi. 
Ishonchlilikni baholashning asosiy ko‘rsatkichi korrelyatsiya koeffitsenti. 
Testning validligi - test qanday maqsadda yaratilgan bo‘lsa, o‘sha maqsad 
uchun qo‘llanaladi. 
Qo‘llanilshi soxasiga karab: 
1. Intellekt testlari. 
2. Maxsus qobiliyatlarni aniqlash va yutuqqa erishish testlari. 
3. Shaxs xususiyatlarini aniqlash testlari. 
4. Qiziqishlar, ustanovka, qadriyatlarni aniqlash testlari. 
5. Shaxslararo munosabatlar diagnostikasi uchun mo‘ljallangan testlar 
farqlandi. 
Masalan, shaxslararo munosabatlarni va shaxs sifatlarini diagnostika qilish 
uchun ko‘pincha amerikalik psixolog T. Liri tomonidan yaratilgan metodika 
qo‘llaniladi. Bu metodik so‘rovnoma bo‘lib, 128 ta punktdan iborat. Sinaluvchi 
o‘zi va atrofidagilarda muayyan xislatlarning mavjudligini, shuningdek, o‘zida va 
sheriklarida bo‘lishini xohlaydigan sifatlarni ko‘rsatadi. Natijalar qayta ishlangach, 
tadqiqotchi sinaluvchining shaxsi, yo‘nalishini aniqlab va shu asosda shaxslararo 
o‘zaro ta‘sirni prognoz qilishi mumkin. 
Shunday qilib, testlar - bu maxsus metodlar bo‘lib, u yoki bu ijtimoiy 
psixologik hodisa qisqa muddat ichida tekshiriladi. Testlar asrimizning boshlarida 
kashf qilingan bo‘lib. ular 20 -30 yillarda xayotga, amaliyotga shiddat bilan kirib 
keldi. Natijada maxsus soxa - psixometrika yo‘zaga keldi. Testlarni qo‘llashning 


131 
qulayligi shundaki, bir test yordamida ma‘lum shaxsning u yoki bu xususiyatlarini 
bir necha marta, takroran sinab ko‘rish mumkin. 

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling