O‘zbekiston respublikasi yoshlar ishlari agentligi


Download 1.85 Mb.
bet17/56
Sana25.10.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1718711
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   56
Bog'liq
YOSHLAR MUAMMOLARINI

Notokislik. O‘z shaxsining salbiy jihatlariga ortiqcha ahamiyat berish. O‘zining nuqsonlari, qobiliyatsizligi, keraksizligi, dunyodan

«chetlashtirilganligi» haqidagi tasavvurlarning ustunlik qilishi. Ushbu shkala jismoniy, intellektual, axloqiy va boshqa xislatlaridagi kamchiliklar haqidagi tasavvurlar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Tashqi olam bilan muloqotining formulasi: “Men yomon odamman”.

  1. Ijtimoiy pessimizm. Atrofdagi olam haqida salbiy tushunchalarn- ing shakllanganligi. Insonning atrofdagilar bilan me’yoridagi yoki qoniqarli munosabatlari haqidagi tasavvurlarga mos kelmaydigan dunyoni adovatli olam sifatida idrok эtish. Tashqi olam bilan muloqotining formulasi: “Hech qaysingiz menga loyiq эmassiz”.

  2. Madaniy to’siqlarni bartaraf эtish. O‘z joniga qasd qilish g’oyasini buyuklashtirish. O‘z joniga qasd qilish xatti-harakatlarini oqlaydigan yoki hatto uni biroz jozibali qiladigan madaniy qadriyatlarni va me’yorlarni izlab topish. Badiiy asarlar va kinofilmlardagi o‘z joniga qasd qilish modellariga taqlid qilish. Buning эng ashaddiy variantida o‘lim va hayot qadriyatlarining o‘rin almashishi kuzatilishi mumkin. Boshqa shkalalar bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlar aniqlanmagan holatlarda bu faqat “o‘lim haqligi” haqidagi tasavvurlardan dalolat berishi mumkin. O‘limni buyuklashtirishning ichki sabablaridan biri bu patologik maksimalizm darajasiga yetkazilgan o‘z faoliyatini o‘zi belgilash g‘oyasidir, ya’ni: “O‘z taqdirini o‘zi belgilaydigan odam hayotining oxirini ham o‘zi belgilaydi”.

  3. Maksimalizm. Qadriyatlar tizimining yosh bolalarga xos mak- simalizmi. Hayotning biron-bir sohasidagi nizo mazmunini hayotning barcha sohalariga kengaytirib yuborish. Kompensatsiyaning, ya’ni bir sohadagi omadsizlikning o‘rnini boshqa bir sohadagi muvaffaqiyat bilan to‘ldirishning imkonsizligi. Omadsizlik holatidan diqqatini ko‘chira olmaslik, uni chuqur his эtish.

  4. Kelajakka ishonchsizlik. Kelajak uchun konstruktiv rejalar tuzishning imkonsizligi. Bu muammolar olamiga g‘arq bo‘lish, bugungi muammoning yechimsizligi tuyg‘usini kelajakdagi omadsizlik va mag‘lu- biyatlardan global qo‘rquvga aylantirish oqibati bo‘lishi mumkin.





  1. Download 1.85 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling