Boshqalarga «yopiq» boʻlgan insonning odatiy belgilari:
qoʻrquvni his эtishi, qat’iyatsizlik, oʻz kuchiga ishonch hissining
yetishmasligi
u pessimist, oʻziga va boshqalarga ishonchsizlik, faqat yomon narsalarni oʻylashga moyil;
u kamdan kam kuladi va xursandchiligini namoyon эtadi, «rahmat» soʻzini deyarli ishlatmaydi;
odatda u rad javobini beradi, «ha»dan koʻra koʻproq «yoʻq»ni ishlatadi;
oʻzi haqida, odatda ish uni stress holatiga tushirishini, unda boʻsh
vaqt deyarli boʻlmasligi haqida aytadi;
u urishadi, mingʻillaydi, oʻzini aqilli koʻrsatadi;
u oʻzi haqida oʻta koʻp gapiradi va boshqalarni juda kam tinglaydi;
u koʻpincha xovliqadi, nervozli harakatlanadi, hamma uni gʻashiga
tegadi;
u oʻzi atrofida salbiy ta’sirli, doʻstona boʻlmagan, koʻpincha «qarshi» harakatlarni yigʻadi.
“Yoshlar yetakchilarida kasbiy muloqotni shakllantirish”
mavzusi boʻyicha qoʻshimcha savollar
Yoshlar yetakchilari oʻz kasbiy faoliyatlari davomida kasbiy muloqotning besh asosiy uslublaridan (marosimli, ritual, rasmiy ish yuritish, avtoritar, manipulyar, gumanistik) qay tarzda samarali foydalanishlari mumkin? Hayotiy misollar orqali tushuntirib bering.
Yetakchilik faoliyatida axborotni uzatish va qabul qilish jarayonida uchrovchi toʻsiqlar (Sharhlashdagi toʻsiqlar, Tasavvurlardagi toʻsiqlar, Himoyalash toʻsigʻi, Kommunikativ toʻsiqlar) bilan qanday samarali ishlash mumkinligini hayotiy misollar orqali aytib bering?
Boshqaruvdagi oʻzaro ta’sirlarning metafora orqali tahlil pozitsiyasidan sanalgan “Xoʻjayin” va “Mehmon” arxetiplarini sharhlab, hayotiy misollar orqali tushuntirib bering.
“Kommunikativ konkurentlik” tushunchasiga ta’rif keltiring.
Yetakchilik faoliyatida verbal muloqotning oʻziga xos xususiyatlarini hayotiy misollar orqali aytib bering.
Yetakchilik faoliyatida noverbal muloqotning oʻziga xos
xususiyatlarini aytib bering.
Proksemika tushunchasi muloqotda qanday ahamiyatga эga?
Muloqotda reprezentativ tizimning tutgan oʻrni.
Muloqotda qarash va nigoh yoʻnalishlari qanday ahamiyatga эga?
Muloqotda ovoz va uning psixologik ta’sir doirasini aytib bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |