O‘zbekiston respublikasi yoshlar siyosati va sport vazirligi o‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti qo‘lyozma huquqi: uo`K: Suloymonov Yodgor Baxtiyor o‘g‘li


Download 113.15 Kb.
bet17/24
Sana13.05.2023
Hajmi113.15 Kb.
#1457939
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24
Bog'liq
Suloymonov Yodgor Baxtiyor o‘g‘li

Hujum texnikasi
Holatlar. Voleybol o‘yijiida o‘yinchilar to‘p bilan qisqa vaqt ichida harakat qilishlari lozim. Shu sababli u yoki bu o‘yin sharoitida o‘yinchi toep bilan o'ynashi uchun yuqori tayyoigarlik ko‘rishi talab etiladi. Shu maqsadda turli harakat usullarini bajarish uchun turlicha holatlami egaOash kerak. Hujum zarbasini berish va to‘siq qo‘yishda — baland, o‘yinga kiritilgan to‘pni qabul qilishda — o‘rta, hujum zarbasini yoki to‘siqdan pastlab qaytgan to'pni qabul qilishda — past holatlar egallanadi. Bunda UOM (umumiy og‘irlik markazi)ning holati navbatdagi harakatning xususiyatiga bog‘liq bo'ladi. Shuni ham ta’kidlash o‘rinliki, ocyinchining bo‘yi va uning koordinatsion qobiliyati UOMga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun ham samarali turish holati shunday bo‘lishi kerakki, bunda UOM tezda tayanch chegarasidan chiqarilib, zarur harakatlanish va faoliyat ko‘rsatish imkoniyatini bera olsin. Turish holatlari navbatdagi harakatlaming qo‘llanilish xususiyatiga qarab statik (o‘yinchining harakatsiz) yoki dinamik (asosiy tayanchni bir oyoqdan ikkinchisiga o‘tkazish bilan to‘pni qabul qilish, hujum zarbasini berish yoki to‘siq qo‘yishni kutishda) holatlarda boladi. Bu turish holatlarida qo‘llar bel barobarida barmoqlar kaftlaiga qaragan, gavda esa biroz oldinga egilgan bo‘ladi. Gavda erkin holatda bo‘lishi kerak.


II BOB. TADQIQOTNING USLUBLARI VA TASHKIL QILINISHI

§ 2.1. Tadqiqot uslublari

- Ilmiy-uslubiy adabiyotlarni tahlil qilish va umumlashtirish;


- So'rovnoma;
- Pedagogik kuzatish;
- Pedagogik tajriba;
- Matematik statistik tahlil usullari;
- Pedagogik tadqiqotni tashkil qilish;

Ilmiy-uslubiy adabiyotlarni tahlil qilish va umumlashtirish


Ilmiy-uslubiy adabiyotlarni tahlil qilish va umumlashtirish quyidagi yo'nalishlar bo'yicha amalga oshirildi:

- mavzuga oid ilmiy-uslubiy adabiyotlarda berilgan ma'lumotlarni tahlil qilish asosida masalaning holatini yoritish;
- maktab o‘quvchilariga valebol o‘yin jismoniy tarbiya tayyorgarlikning nazariy va amaliy ahamiyati;
- Jismoniy tarbiyada olib borilayotgan ilmiy ishlar mazmuni;
- to‘g‘risida tushunchalar;
Bayon qilingan adabiyotlar tahlili tadqiqot maqsadini qo'yishga, ishchi farazni ifodalashga hamda tadqiqot muammosini aniqlashga imkon berdi.

So'rovnoma
1-variant. So'rovnoma xozirda maktab o‘quvchilariga valebol o‘yin texnik-taktik tayyorgarlikni takomillashtirish uslublar to'g'risidagi muqaddam sport ustaligiga nomzod, sport ustasi va xalqaro toifadagi sport ustasi unvonlariga ega bo'lgan 30 nafar mutaxassis-trenerlar ishtirokida tashkillashtirildi.

2-variant so'rovnoma dasturida Korrespondent-trenerlar belgilangan savollarga faqat "Ha" yoki "yo'q" deb javob berishlari talab qilindi.
Pedagogik kuzatish
1.tayyorgarlik darajasini aniqlash maqsadida sinov uchun tanlangan usullardan foydalanildi, bular:

-5-6 sinf o‘quvchilarining jismoniy harakatlari;
-5-6 sinf maktab o‘quvchilarining valebol sport turiga to‘g‘ri kelishi;
-Jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlari mo‘tadilligi;
2. Ilmiy kuzatuvga jalb qilingan maktab o‘quvchilarining valebol o‘yin texniksining tayyorgarlik o'sish darajasini aniqlash.
3.Mashg'ulot yuklamalarini maktab o‘quvchilarining antropometrik o'lchamlariga ta'siri darajalari yordamida jismoniy tayyorgarligini rivojlantirish hamda valebol o‘yin tayyorgarligiga ta'sir etishini o'rganish.
4.Texnik usullarni bajarish vaqtlari elektron vaqt o'lchagich yordamida olingan natijalar asosida amaliy tavsiyalar ishlab chiqish va ularni valebol o‘yin o'quv-mashg'ulot jarayoniga tatbiq qilish.
5.Tadqiqot davomida olingan natijalar matematik-statistika uslublari yordamida ishlab chiqildi va tahlil etildi.

Pedagogik tajriba Tadqiqotga jalb etilgan qatnashuvchilar – 5-6 sin o‘quvchilari ikki guruhga bo'lindi. 1-guruh -kuzatuv guruhi (35 kishi), ushbu guruh tarkibiga kiruvchilar 2022 yilining sentyabr oyida quyida qayd etilgan sinov mashqlari yordamida nazoratdan (tekshiruvdan) o'tkazildi hamda kuzatuvning birinchi kunidan boshlab an'anaviy tarzda chirchiq shaxar 13 umumta’lim maktabining tasdiqlangan dasturiga binoan o'tkaziladigan mashg'ulotlarda ishtirok etishni davom ettirishdi. 2-guruh-pedagogik tajriba guruhi (35 kishi) - bu guruh ham 1-guruh kabi tartibda parallel ravishda nazoratdan o'tkazildi.

Valebol o‘yin texnik usullarni takomillashtirishda avvalambor nazariy - (so'z orqali) tushuntirish, bu usullar qaysi kurashchilarga g'alabalar keltirganligi to'g'risida qisqacha axborotlar berish uslubi va amaliy – ko'rsatib bajarib berish usullaridan foydalanildi. Har bir mashqni bajarishda asosiy va oddiy xatolar tuzatib borildi. Jismoniy mashqlar mashg'ulotning tayyorgarlik va asosiy qismlarida berildi.
Tayyorgarlik qismidagi kurashchining maxsus mashqlari bilan birgalikda berilgan sinov mashqlari:

1. Umum rivojlantiruvchi mashqlar;


2. Maxsus mashq elementlari;
3. Harakatli turdosh o'yinlar;
4. Musobaqa mashq elementlari.
Asosiy qismda bajarilgan mashqlar quyidagilar:
-30 metr masofaga yugurish;
-100 metr masofaga yugurish;
-Qo‘llarga tayanib qo‘llarni bukib yozish;
-Chalqancha yotgan holda bosh va oyoqlarni tepaga ko’tarish (30 soniya).
-Joyida uzunlikka sakrash (metrda);
-1000 metr masofaga yugurish (vaqtga);
Har bir mashq turi bajarib bo'lingandan so'ng 1-1,5 daqiqa davomida mushaklarni bo'shashtiruvchi va taranglashtiruvchi, nafas olish funktsiyasini tiklovchi (chuqur nafas olish va chuqur keskin nafas chiqarish) mashqlar bajarildi.

Matematik statistika tahlil usullari

Olingan ma'lumotlarni statistik qayda ishlab chiqish va tahlil qilishda umumiy qabul qilingan matematik statistika usullaridan foydalanildi.


Sinaluvchilar tayyorgarlik parametrlari o'rtacha statistik ko'rsatkich orasidagi farqlar "Microsoft office excel" ilovasini qo'llagan holda statistik tahlildan foydalanib amalga oshirildi. Bunday yondashuvda tadqiqot maqsadi va vazifalarini e'tiborga olgan holda rivojlantirishning ko'rsatkichlari aniq hisoblanadi.
Bunda quyidagi statistik ko'rsatkichlar e'tiborga olindi:
X -o'rtacha arifmetik qiymati;
- dispersiya;
σ - standart og'ish (o'rtacha kvadratik og'ish);
V - Variasii koeffisienti;
TSt - Styudent taqsimotining t-kritik qiymatlari va tajriba ishtirokchilari soniga bog'liq bo'lgan erkinlik darajasi soni asosida o'rganilayotgan ko'rsatkichlar o'rtacha statistik ko'rsatkich farqining statistik ishonchlilik darajasi "r" aniqlandi.
Olingan nazariy kattalik ν = n1 + n2 – 2 erkinlik darajasi soni va jadvaldagi kritik qiymatlari bilan solishtirish asosida pedagogik tajriba ishtirokchilari ko'rsatgan natijalarning o'rtacha statistik ko'rsatkich o'zgarishining statistik ishonchlilik darajasi (r) to'g'risida xulosa chiqariladi.
Tadqiqotning tashkil qilinishi

Dissertatsiyaning tadqiqotlari uch bosqichda o'tkazildi.


1. Birinchi – analitik va metodik bosqich (2021-2022 yillar) – maxalliy va chet el adabiyotlarida mazkur mavzu doirasidagi ilmiy muammolarning xolatini tushunish, mavzuning rivojlanish darajasini o'rganish, ilmiy apparat va tadqiqot dasturlarini belgilash, ishchi farazni yaratish masalalariga bag'ishlanadi.
2. Ikkinchi – (2022-2023 yillar) – Respublika olimpiya zaxiralari kolleji mashg'ulot jarayoning texnologik modelini ishlab chiqish va amalda tadbiq etish, ta'lim mazmuning pedagogik modellashtirish uchun mezon va ko'rsatkichlar tizimini belgilash, eksperemental ishlarni olib borish, bu jarayonda gipotizani takomillashtirish amalga oshirildi.
3.Uchinchi –(2023 yilda) Dissertatsiyaning ichki-tashqi taqriz va hulosalarning tayyorlash jarayoni olib borildi.

Download 113.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling