O‘zbekiston respublikasi yoshlar siyosati va sport vazirligi o‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti qo‘lyozma huquqi: uo`K: Suloymonov Yodgor Baxtiyor o‘g‘li


KIRISH Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati


Download 113.15 Kb.
bet2/24
Sana13.05.2023
Hajmi113.15 Kb.
#1457939
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
Suloymonov Yodgor Baxtiyor o‘g‘li

KIRISH
Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligini qo‘lga kiritishi bilan «ta’lim tizimining kadrlar salohiyatini tubdan yaxshilash, tarbiyachi, o‘qituvchi, muallim va ilmiy xodimning kasbiy nufuzini oshirish»ga yo‘naltirilgan O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida kadrlar tayyorlash tuzilmasi va mazmunini qayta tashkil qilish zarurati yuzaga keldi. Yurtboshimiz ta’biri bilan aytganda “O‘zbekistonning eng katta boyligi nima desa, hech ikkilanmasdan aytishga haklimiz - eng katta boyligimiz bizning yoshlarimiz, bolalarimiz. Bugungi avlod biz bundan 18 yil oldin kabul qilgan Kadrlar tayyorlash milliy dasturining mevasi bo‘lib, o‘sha paytlar biz maqsad qilgan «portlash effekti» ro‘y bermoqda”.
1 Pedagogik kadrlarning yuksak professionalizmi ko‘p jihatdan oliy ta’lim muassasalarida shakllantirilgan salohiyat, uning ta’limiy ehtiyojlarini qondirish va kasbiy tayyorgarlik darajasiga bog‘liq. Shu nuqtai nazardan «butun ta’lim tizimimizni tubdan qayta ko‘rib chiqish, professional bilimlarni egallash uchun imkoniyatlarni kengaytirish, yangi sharoitlarda, yangi zamonaviy texnologiyalarda ishlashga qodir mutaxassislarni tayyorlashga yo‘nalganlikni kuchaytirish» zarurati yuzaga keldi. Shunga ko‘ra, oliy ta’lim tizimini aniq, ilmiy asoslangan, alohida texnologik loyihalardan tuziladigan, algoritmik, ma’lum natijani kafolatlaydigan, qo‘yilgan maqsadlarga diagnostik yo‘naltirilgan ta’limiy jarayonlar bilan takomillashtirishni texnologiyalashtirish masalasi dolzarb ahamiyat kasb etadi. Shu munosabat bilan «kasb ta’lim tizimi uchun oliy malakali ilmiy-pedagog kadrlarni hamda ilg‘or pedagogik texnologiyalar sohasida ilmiy kadrlarni ustuvor ravishda tayyorlash» muammosi o‘z yechimini kutmoqda. Yangi tipdagi ta’lim jarayonini yuqori pedagogik savodli, texnologik tarzda tashkil qilish imkonini beradigan ilg‘or pedagogik texnologiyalarni egallagan o‘qituvchilarni tayyorlashga bo‘lgan talab O‘zbekiston Respublikasi Karimov I. Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat qilish eng oliy saodatdir. –Toshkent: O‘zbekiston nashriyoti, 2015 yil. 249-бет. Prezidentining 1997 yil 10 iyundagi PF-1869 «Ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish, barkamol avlodni tarbiyalash to‘g‘risida»gi Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 5 yanvardagi «Uzluksiz ta’lim tizimi uchun davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish va joriy qilish to‘g‘risida»gi 5-sonli Qarorida o‘z tasdig‘ini topdi. Ta’limni modernizatsiyalash sharoitida nazariyadan amaliyotga o‘tish bo‘lajak pedagoglardan alohida tipdagi faoliyatga tayyorgarlikni talab etadi. Bunday faoliyat loyihalashtirish bo‘lib, uning asosiy konseptual tarkibiy qismi loyiha sanaladi. Muammoning o‘rganilganlik darajasi. O‘zbek olimlaridan U.Sh.Begimqulov, O.Musurmonova, M.S.Mustafaeva, B.R.Adizov, R.Sh.Axlidinov, Yu.N.Abdullaev, J.Talipova, M.X.Mahmudov, O.A.Qo‘ysinov, L.V.Golish, R.Ishmuhammedov, M.Mirsolieva, M.Xashimova, O‘.Tolipov, M.Usmonboeva kabilar o‘zlarining ilmiy izlanishlarida boshlang‘ich ta’limni ijodiy tashkil etish, umumiy o‘rta ta’limni takomillashtirish, ta’limni insonparvarlashtirish, demokratlashtirish, xorijiy oliy ta’limning tajribasi va taraqqiyot tamoyillari, oliy ta’lim professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish, noan’anaviy ta’limning didaktik asoslari, ta’limni loyihalash, talabalar mustaqil ta’limini tashkil etishda kompyuter texnologiyalaridan foydalanish masalalariga, shuningdek mazkur jarayonlarda ta’limni modernizatsiya qilishning ayrim jihatlariga to‘xtalib o‘tganlar. Shu bilan bir qatorda B.Yu.Xodiev, D.X.Pulatov, B.Sh.Shadmanov, S.R.Safaeva, G.K.Abduraxmanova, B.X.Parpiev, S.S.Nasretdinov, R.A.Sadikova, U.S.Muxitdinova, M.M.Yuldasheva kabilar o‘z tadqiqotlarida ta’limni modernizatsiya qilish, uni moliyaviy resurslar bilan ta’minlashni takomillashtirish, xorij investitsiyalarni kirib kelishi, ta’limda raqobat muhitini qaror toptirish, bozor iqtisodiyoti sharoitida kadrlar bozori masalalarini tadqiq etganlar. Rossiya olimlaridan N.V.Gorshunova, A.P.Manchenko, N.B.Slavina Shkretova, V.L.Fedyaev, M.S.Yelchaninov, A.N.Gatvinskiy, O.V.Kovalskaya, .F.Tkach, V.M.Filippov, V.N.Chistoxvalov va boshqalar umumiy o‘rta ta’limni boshqarishda modernizatsiya jarayoni va unda yangi pedagogik g‘oyalarning tatbiq etilishi, zamonaviy Rossiyada ijtimoiy modernizatsiya va uning ma’naviyaksiologik aspektlari, ta’limning takomillashuvi, ta’limda matematik modellashni modernizatsiya qilish, ta’lim jarayonining sinergetik aspektlari, ta’limni boshqarish xizmati, xududiy ta’lim tizimini modernizatsiya qilishning iqtisodiy mexanizmi va rivojlantirish omillari, dunyo ta’limining rivojlanish tendensiyalari va islohotlarni ilmiy-tadqiqot ishlarida yoritib o‘tganlar. Mazkur dissertatsiyada ishida esa yuqorida o‘rganilgan masalalardan farqli o‘laroq asosiy e’tibor oliy ta’limda pedagog faoliyatini takomillashtirish, dars berish sifatini oshirishga qaratilgan. Nazariy tahlil amalga oshirilgan tadqiqot ishlarida pedagog faoliyatida o‘zo‘zini faollashtirish va yaratuvchilik motivlarini shakllantirishda ta’limni texnologiyalashtirish masalasini ilmiy-pedagogik nuqtai nazardan o‘rganilmaganligini ko‘rsatdi.
Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va ommaviy sport turlarini rivojlantirish bilan bir qatorda, katta sportni ham rivojlantirishga ahamiyat qaratilmoqda.Xar yili respublikamizda halqaro va jahon miqyosidagi nufuzli musobaqalar otkazilib yoshlarni sportga qiziqishi ortib bormoqda. Sportchilarimiz Osiyo, Jahon va Olimpiya musobaqalarida qatnashib yuksak natijalarga erishib, yurtimiz shuhratini tarannum etib kelmoqdalar. Ushbu muammoni haletish yo'llaridan biri har xil turdagi maqsadli jismoniy tarbiya dasturlarini har bir talabaning ehtiyojlarini maksimal qondirishga, ta'lim oluvchilarning jismoniy rivojlanish va tayyorgarlik darajasini imkon qadar to'liq hisobga olishga qayta yo'naltirish hisoblanadi. Afsuski sport o'yinlari, xususan voleybol sport turi keng rivojlangan bo'lsada xalqaro musobaqalarda yuqori natijalarga erishilayotgani yo'q. Voleybol o'quv fani sifatida barcha ta'lim muassasalari o'quv rejasiga kiritilgan, darsdan va ishdan tashqari vaqtlarda faoliyat ko'rsatadigan sport to'garaklari, bolalar va sport maktablarida o'quv-trenirovka jarayonlari o'tkazilib kelinmoqda. Sport malakalariga dastlabki o'rgatish jarayoni ko'p yillik sport tayyorgarligi tizimining poydevori bo'lib hisoblanadi. Dastlabki o'rgatish o'z tashkiliy, uslubiy, ilmiy va moddiy-texnika nuqtayi nazaridan qanchalik puxta asoslangan bo'lsa, sifatli bo'lsa, shunchalik sport o'rinbosarlarini tayyorlash yo'li qisqaroq va osonroq bo'ladi. Ammo bu, albatta, mutaxassisning bilimiga, kasbiy ko'nikma va malakalariga bevosita bog'liq bo'ladi. Shuning uchun mutaxassislarni tayyorlashga mo'ljallangan o'quv dasturining eng e'tiborli va asosiy bo'limlaridan biri boshlang'ich o'rgatish uslubiyati (texnologiyasi) bo'lib hisoblanadi. Musobaqa jarayonida samarali natijaga erishishning asosiy omillaridan biri bu voleybolchining texnik tayyorgarligi, texnik mahorati takomillashgan darajada bo'lishidir. Demak, o'rgatish jarayonining dastlabki va asosiy maqsadi bu o'yin texnikasini mukammal o'zlash-tirishdir. O'rgatish jarayoni - bu pedagogik jarayon bo'lib, murabbiy-o'qituvchidan katta mahorat, kasbiy tayyorgarlikni talab qiladi. Lekin shunday bo'lsada, harakatni (o'yin malakasini) ijro etish texnikasiga o'rgatish boshqa ahamiyatli sabablarga ham bog'liqdir. Jumladan bolaning faolligi, mashg'ulotlarning soni, sifati, davom etish muddati, yordamchi texnik uskunalar, mashg'ulot o'tkaziladigan joyning shart-sharoitlari, bolaning qiziqishi, harakat boyligi, tajribasi va hokazo. Shuni ham aytish zarurki, harakat texnikasini o'zlashtirish muddati bolaning oilaviy sharoitiga, uning ijtimoiy va iqtisodiy imkoniyatiga hamda ruhiy holatiga ham bog'liqdir. Yuqorida keltirilgan ma'lumot va o'rgatish jarayonida e'tiborga olinadigan omillar ma'lum uslubiy tartibda asoslangan rejalashtiruv hujjatlaridan joy olishi kerak. Bundan tashqari, bolaning ichki sirli imkoniyatlarini hamda mavjud omillarni aniqlash tanlov dasturi va mashqlari yordamida amalga oshirilishi zarur. Olingan natijalar o'rgatish uslublarini, bosqichlarini va texnologiyasini qo'llashda tayanch omil bo'lib xizmat qilishi kerak

Download 113.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling