O‘zbekiston respublikasi yoshlar siyosati va sport vazirligi


Tadqiqotni tashkil etilishi


Download 145.72 Kb.
bet8/9
Sana19.06.2023
Hajmi145.72 Kb.
#1603416
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
ХАСАН Олимон

2.4. Tadqiqotni tashkil etilishi
Tadqiqot gimnastika bilan shug‘ullanuvchi yosh gimnastikachilar mashg‘ulotlarida 2022 yilning sentyabr oyidan 2023 yilning aprel oyiga qadar o‘tkaziladi.
Unda III – razryadli o‘g‘il bola gimnastikachilardan 16 tasi ishtirok etdi. Tadqiqot ikki bosqichda o‘tkazildi.
Birinchi bosqichda (2022 yil sentyabr – oktyabr) ilmiy-uslubiy adabiyotlarning tahlili asosida ishning dolzarbligi, maqsadi va vazifalari aniqlandi.
Ikkinchi bosqichda (2022 yil noyabrdan - 2023 yil aprel) pedagogik kuzatuv va tajriba o‘tkazildi.
III BOB. HALQALARDA BAJARILADIGAN ASOSIY MASHQLAR TEXNIKASI
3.1. 6-9 yoshli gimnastikachilarda pedagogik kuzatuvlarni olib borish.
6-9 yoshli gimnastikachilar jismoniy tayyorgarligini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, ularning mashg‘ulotlarida musobaqa mashqlari xususiyatiga mos hamda jismoniy va texnik tayyorgarlikka baravar ta’sir etuvchi prinsipda qo‘llaniladigan mashqlar etarli darajada o‘z ifodasini topmaydi. Ushbu prinsipda qo‘llaniladigan mashqlardan odatda murabbiylar tayyorgarlikning ancha keyingi bosqichlarida foydalanadilar. Vaxolanki, keyingi bosqichlarda gimnastikachilar murakkab koordinatsion harakatlarga hos mashqlar dasturlari ustida ishlashlari lozim bo‘ladi. Etarli darajada shakllanmagan jismoniy va texnik tayyorgarlik ana shu murakkab dasturli mashqlarni sifatli bajarish imkonini bermaydi.
Shuning uchun qo‘shma ta’sir etuvchi mashqlarni dastlabki tayyorgarlik bosqichida qo‘llash trenerlar uchun yosh gimnastikachilarning sport mahorati ustida ko‘proq va samaraliroq ishlash imkoniyatini yaratadi.
Halqalarda bajariladigan mashqlarni ayrim biomexanik tavsiflari. Ma’lumki, ushbu snaryadning o‘ziga hos hususiyatlari uning harakatchanligiga, ya’ni gimnastikachi ish bajaradigan tayanch hususiyatiga bog‘liqdir. SHuning uchun ayrim jihatlarni ko‘rib chiqamiz.
Halqalar bilan ishlashda tayanch ta’siri juda o‘zgaruvchan bo‘ladi . Osilgan holatda pastga harakatlanishda juda qattiq tayanch mavjud, lekin gorizontal yuza bo‘yicha halqalarning qo‘zg‘alishi va yuqori qismi chegaralanmagan, demak bu ma’noda tayanch bu erda mavjud emas. Siltanishning oxirgi nuqtasida (b) halqalar og‘adi va ulardan vertikal kabi ayrim gorizontal tayanch tasirini olish imkoniyati tug‘iladi. Tayanch bilan ehtimoldagi o‘zaro aloqaning eng samaralisi ishchi holat, ya’ni birinchi ikkita orasida oraliq, ayniqsa vertikalga nisbatan troslarning 8 - 10° burchak og‘ishi hisoblanadi; bu paytda gimnastikachi albatta muayyan harakat ta’siriga (siltanishlarni ijro etishdagi yo‘l qo‘yiladigan xatoliklar ham) erishishga ulguradi.
Halqalarda tayanchning harakatchanligi, siltanishlarda gimnastikachi tanasi og‘irlikni tayanch markazini o‘ziga hos harakatlanishiga imkoniyat yaratadi. Bu asosan – halqalar osilgan yuzada sportchi tana og‘irligini veritkal harakatlanishi . Bunday harakatning fizik modeli bo‘lib umumiy kurs fizikadan ma’lum bo‘lgan Maksvell mayatnigi – tayanchga o‘rnatilgan mayatnik ipni o‘z o‘qiga o‘raydigan va echadigan ko‘p marotaba tushib chiqa oladigan gorizontal o‘qqa o‘rnatilgan disk xizmat qilishi mumkin. Bunda oxirgi past holatdan o‘tish paytida (qachonki mayatnik o‘qida oldindan o‘ralgan ip to‘lich aylanib echilgan bo‘lsa) aloqani uchib tashlashi ham mumkin bo‘lgan keskin zarba sodir bo‘ladi. Halqalarda bunga o‘hshash vaziyat gimnastikachi bilan ham sodir bo‘lishi ehtimoldan holi emas; qulashni bajarish jarayonida sportchi tanasining (OTM) og‘irlikni tayanch markazi tortish kuchi (5,2) ta’sirida erkin pastga qo‘zg‘aladi, ammo halqalar trosi vertikalga yaqinlashishi bilan, gimnastikachining tana og‘irligi undan ortiq qulay olmasa ularga juda qisqa vaqt ichida OTM og‘irlikni tayanch markazi tezligini yo‘qotishga majbur qiluvchi bog‘lam qo‘yiladi. Yuqorida bayon etilganidek, halqalarda harakatlarning dinamik hususiyatlari ularning kinematikasini ham aniqlab beradi: Og‘irlikni tayanch markazi nisbatan turli tomonlarda joylashgan tana zvenolarini o‘zaro qarama-qarshi qo‘zg‘alishi, halqalar uchun hos bo‘lgan harakatlarda tezlik va tezlanishni o‘zgarishiga olib keladi ya’ni, bu siltanish harakatlarining texnik hususiyatlariga ham bog‘liq (rasmda tebranishlar haqida). Halqalarda bajariladigan aylanish va harakatlanishlarda o‘ziga hos nisbat mavjud. Bu haqida tahlil qilib muayyan tassavvur hosil qilish mumkin. Unda, osilib qo‘llarda turishdan qulashni ijro etayotgan gimnastikachi tanasining lahzalik aylanish o‘qi qanday qo‘zg‘alishi tasvirlangan: qulash avvalida (a) lahzalik o‘q gimnastikachidan uzoqda joylashadi, bu esa o‘z navbatida harakat murakkab tavsifga ega ekanligini anglatadi; gorizontal yuzada (b) tana qo‘zg‘almas tayanch atrofida kabi biroz vaqt harakatlanadi va aylanishning lahzalik o‘qi ushlash nuqtasi orqali o‘tadi; so‘ng u yana tanadan uzoqlashadi (v); past vertikalda esa (g) og‘irlikni tayanch markazi bilan deyarli mos tushadi, demak tana faqat aylanadi. Bu paytda tananing aylanish tezligi odatda maksimalgacha etadi va bu gimnastikachi tanasiga ancha katta kuch momenti ta’sir etayotganligini bildiradi.
Halqalarda harakatlarning fizik sharoitlari siltanish mashqlari, shu jumladan sakrab tushishlarni ijro etish uchun juda qulay muhit yaratadi. Pedagogik tadqiqotda bir xil tayyorgarlikdagi shug‘ullanuvchi gimnastikachilar qatnashdi. Ularni ikki guruxga bo‘ldik, nazorat va tajriba guruhlariga.Tadqiqot boshida ularni jismoniy tayyorgarligi va halqada bajariladigan mashqlarni o‘zlashtirganlik darajalari taxlil qilindi. Olngan natijalar shundan dalolat berdiki ularni tayyorgarligi va halqadagi mashqlarni bajarishida farq yo‘qligi ma’lum bo‘ldi (1jadval).

Download 145.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling