O‘zbekiston respublikasi yoshlar siyosati va sport vazirligi


I BOB. ADABIYOTLAR TAHLILI


Download 145.72 Kb.
bet2/9
Sana19.06.2023
Hajmi145.72 Kb.
#1603416
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
ХАСАН Олимон

I BOB. ADABIYOTLAR TAHLILI
1.1. Halqalarda mashqlar tavsifi va uning rivojlanish g‘oyalari
Halqalar – harakatlanuvchi tayanchga ega bo‘lgan yagona gimnastika snaryadi hisoblanadi. Bu siltanish dinamikasi, aniqlikka bo‘lgan yuqori talab, tayanchlarda muvozanat va kuch tayyorgarligini yaqqol aks etirish bilan uyg‘unlashgan ko‘pkurashning aynan shu tur mashqlarini spetsifikasiga asoslangan. Oldiga va orqaga tana erkin harakatlanishi uchun uzluksiz tayanch (turli fazalarda harakatlar almaninuvi bilan samarali) va ochiq muhit mavjudligi boshqa snaryadlarda amalga oshirilish mumkin bo‘lmagan mashqlarni bajarish imkonini beradi. Tayanchda bosim o‘zgarishi va osilishda “uzulishlar” bilan ajralib turuvchi halqalarda harakatlanish dinamikasi ham tavsiflidir.
Halqalar ko‘pkurash turi sifatida bir qator rivojlanish bosqichlarini bosib o‘tgan. 60-yillargacha halqalar maxoratli sportchilar va mutaxassislar tomonidan aynan kuch snaryadi kabi talqin etilgan. Keyinchalik esa bu snaryadning siltanishlar va dinamik imkoniyatlarini yaqqol namoyon eta olgan bosqich boshlandi. Siltanishli harakatlar amplitudasi, sakrashda uchish balandligi, to‘g‘ri qo‘llar bilan ko‘tarishish va katta burilishlar ijro etila boshlandi. 80-yilarning boshlarida bu snaryadning rivojlanishida yana bir katta burilish sodir bo‘ldi va unitilayotgan kuch mashqlari yangi davr siltanish madaniyati bilan uyg‘unlashib qayta tug‘ildi. Ayni vaqtda halqalar gimnastikachilardan har tomonlama tayyorgarlikni talab etuvchi turli-hil mashqlar mujassamlashgan ko‘pkurash turi hisoblanadi.
Halqalarda mashqlar rivojlanishining eng muhim g‘oyalarni:

  1. Halqalarda harakatlarni siltanish texnikasi takomillashishda davom etmoqda; ag‘darilishlarni ijro etish, harakatlanuvchi tayanchda harakatlarni zarur hususiyatlarini saqlab qolish bilan qattiq tayanch uchun tavsifli (to‘g‘ri tana, oldinga siltanishda tayyorlov siltanishlar va boshqalar) alomatlarni o‘z ichiga olmoqda.

  2. Aylanma g‘altakli qurilmani qo‘llash gimnastikachilar uchun harakatlar jadalligini oshirish bilan siltanishlarni ancha dadillik bilan keskin ijro etish imkoniyatlarini ochib bermoqda.

  3. Tryuk yo‘nalishlarida harakatlar takomillashmoqda – oradan osilish orqali siltanishlar, burilishlar bilan siltanishlar (troslarni chalishtirish bilan).

  4. Kuch mashqlari va ularning kaskadlarida murakkablikni oshishi.

  5. Halqalarda sakrab tutshish takomillashuvi davom etmoqda: kelajakda ko‘pkarra burilishlar bilan ikkitalik salto, burilishlar bilan uchtalik salto hamda to‘rtalik saltolarni ham o‘zlashtirilishi ehtimoldan holi emas.


Download 145.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling