O‘zbekiston respublikasi yoshlar siyosati va sport vazirligi


Halqalarda mashqlar tasnifi va tuzulma tiplari


Download 145.72 Kb.
bet3/9
Sana19.06.2023
Hajmi145.72 Kb.
#1603416
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
ХАСАН Олимон

1.2. Halqalarda mashqlar tasnifi va tuzulma tiplari
Yuqorida ta’kidlanganidek, halqalarda ikki turdagi maxsus mashqlar ijro etiladi: statistik va kuch elementlari hamda siltanish harakatlari.
Statistik va kuch mashqlari. Bu kamsonli mashqlar bir qator alomatlar bo‘yicha tasniflanishi mumkin, lekin qisqa qilish maqsaddida biz bu to‘liq tizimga to‘xtalmasdan, faqat tasnif alomatlari va ularning harakatlariga hos misollar keltiramiz.
Statistik va kuch mashqlarini harakat dasturlari alomatlari bo‘yicha tasniflash ancha samarali hisoblanadi.
Joy dasturi alomatlari bo‘yicha, statistik holat va harakatlanishlar kabi mashq turilari ajratiladi. Birinchilar - muvozanatni saqlash talab etilish nuqtai nazaridan muhim bo‘lgan osilish va tayanishlarga bo‘linishi mumkin. Ikkinchilar – yuqoriga (kuch bilan ko‘tarilishlar) va pastga (tushish) harakatlanishga bo‘linadi. Keltirilgan har bir uchta mashqlar toifasi tavsifiga ko‘ra mushak apparati bajaradigan ish tartibi bo‘yicha farqlanadi: statik mashqlarda mushaklar izometrik, harakatlarda esa – yoki yon beruvchi (tushish) tartibda, yoki oshib o‘tuvchi (ko‘tarilishlar) kabi ish bajaradi. Kuch bilan ko‘tarilish va tushish tarkibiy qismlarini bog‘lovchi yana bir toifa mashqlar mavjud. Bu kuch bilan aylanishlar.
Statistik va kuch mashqlari tasnifi uchun boshqa dasturiy alomat - mo‘ljal olish (orientatsiya) dasturi. Bu alomatlarga muvofiq tayanga nisbatan tananing turli mo‘ljal olishi (orientatsiyasi) bilan holati ajratiladi – ancha engilroq mashqlar (oddiy osilishlar, tayanishlar) va murakkabligi yuqori bo‘lagan “chalishtirish”, bosh pastda “chalishtirish” va boshqalar. Ikkinchilar – har doim osilishda va tayanchda gorizontal muvozanat kabi o‘ta murakkab hisoblanadi.
Vaqt oralig‘ida dasturiy holatni o‘zgartirish, shu jumladan aylanishda, gimnastikachi bir qator kuch mashqlarini ijro etishi ham mumkin. Turli vazifalarni bajaruvchi mushaklar ishida bandligi bilan ajralib turuvchi hilma-hil orqaga va oldinga aylanishlar bilan ko‘tarilish va tushish shular jumlasidandir. Masalan: osilishdan kuch bilan ko‘tarilib kerilib osilish, turishdan tayanish va osilishga tushish va boshqalar.
Albatta, u yoki bu mashqlar ijro etiladigan holatlar dasturi ham katta rol o‘ynaydi. Bu qayd etiluvchi kabi oraliq holatlarga ham tegishli. Aynan bitta holat chegarasida (osilishda tanani bukish-yozish, turishda oyoqlarni ochish va boshqalar) holatni o‘zgartirish ancha oson. Ko‘tarilishlar, aylanishlar paytida holatlarni o‘zgartirish bilan koordinatsiya harakatlarining murakkabligi yuqori.
Keltirilgan misollardan shu ayon bo‘ldiki, haqiqiy mashqlarda ko‘pincha bir qator yoki barcha alomatlar bo‘yicha bir vaqtning o‘zida o‘zgarishlar uyg‘unlashadi. Demak, qo‘llarda turishdan “chalishtirishga” tushishda gimnastikachi parallel ravishda tushadi, orqaga aylanadi, tanaga nisbatan qo‘llar holatini o‘zgartiradi, gohida esa boshqa bo‘g‘im burchaklari ham o‘zgaradi (“burchak chalishtirish” va boshqalar), ya’ni bir vaqtning o‘zida barcha aytib o‘tilgan uchta dasturlar bo‘yicha ish bajariladi. “Ulanishda” bunday mashqlar, halqalardagi barcha ehtimoldagi statik va kuch mashqlari hilma-hilligini namoyon etadi.
Statik va kuch bilan ijro etiladigan mashqlarning tuzulma tiplariga hos bo‘lgan mashqlar:

  • Oddiy tayanishlar va osilishlar;

  • Bukilib va kerilib osilishlar;

  • Qo‘llarda turish;

  • Qo‘llarda turishga kuch bilan chiqish;

  • Turishdan kuch bilan tayanish va osilishga tushish;

  • Qo‘llar yon tomonda tayanish va ularga kuch bilan ko‘tarilish va tushishlar; bosh pastda qo‘llar yon tomonda tayanish;

  • Oldindan va orqadan gorizontal osilishlar;

  • Gorizonal tayanishlar;

  • Osilish va orqadan osilishdan kuch bilan, bukilib va kerilib osilish ko‘tarilish;

  • Osilishdan va past tayanchdan kuch bilan – tana bilan aylanishlarsiz, aylanishlar bilan (“to‘ntarilish”) ko‘tarilib tayanish;

  • Tayanchda, tayanishdan kuch bilan aylanib turish va boshqalar.


Download 145.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling