O’zbekiston Respublikasida ko’p tarmoqlik fermerlik faoliyatini rivojlantirish bo’yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar
Fermerlik harakatiga oid munosabatlarni tartibga solishda foydalaniladigan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun mohiyati
Download 186.55 Kb.
|
O’zbekiston Respublikasida ko’p tarmoqlik fermerlik faoliyatini rivojlantirish bo’yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar
2.Fermerlik harakatiga oid munosabatlarni tartibga solishda foydalaniladigan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun mohiyatiFermer xoʻjaligini rivojlantirishda mulkiy munosobatlarni tartibga solishda Oʻzbekiston Respublikasi “Yer kodeksi” (1998y.),“Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi (1998y.)qonuni, “Ijara toʻgʻrisida”gi, (1991y.) “Mulkchilik toʻgʻrisida”gi, (1990y.) “Chet el investitsiyalari va chet ellik investorlar faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida”gi (1999y.)va bir qator boshqa qonunlarni koʻrsatish mumkin. Ushbu qonunlarda ijara munosobatlarining subyektlari va obyektlariboirasida aniq belgilangan. Fermer xoʻjaligi asosan yerni yoki mulkni vaqtinchalik ijaraga olib faoliyat yuritadi. Fermer xoʻjaligida ijara munosobatlarining asosida mol-mulk yotadi, shuning uchun mulkchilik munosobatlarining xarakteri ijara munosobatlariningsubyekti va obyektlarini aniqlashda muhim rol oʻynaydi. Ijara munosobatlarining subyektlari mol-mulkni tasarruf etish va undan foydalanish mazmuniga qarab ikki guruhga boʻlinadi. Ijaraga topshiruvchi-ijaraga beruvchi, mol-mulkdan foydalanuvchi esa ijarachi deb yuritiladi. Demak, ijara munosobatlarining subyektlarini ijaraga beruvchi va ijarachilar tashkil etadi.Oʻzbekiston Respublikasi “Ijara toʻgʻrisida”gi (1991y.) qonunining 4-moddasida, ijaraga beruvchi va ijarachi ijara munosobatlarining subyektlari hisoblanadi. Mulkni tasarruv qilish huquqifaqat mulk egasida ekan, demak u oʻz mol-mulkini ijaraga berish vakolatiga ega ham boʻladi. Buni boshqasa qilib aytganda Oʻzbekiston Respublikasi “Ijara toʻgʻrisida”gi (1991y.)qonunida ham shu qoida berilgan.Ushbu qonunning 4-modda 2-qismida belgilanishicha, mol-mulk egasi mol–mulkni ijaraga berish huquqiga egava ijaraga beruvchi hisoblanadi. Mulk egasi boʻlmagan yuridik va jismoniy shaxslar, ijaraga beruvchi boʻlmaydi. Xususiy mulk tushunchasi oʻzi Oʻzbekiston Respublikasining “Mulkchilik tugʻrisida”gi (1990y.) qonuning 7-moddasida ifodalangan boʻlib, unda xususiy mulk oʻz mol-mulkiga xususiy egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqidan iborat deb koʻrsatilgan. Xususiy mulkning asosiy belgisi shuki, mulkchilikning barcha shakllari orasida yolgʻiz ugina mulkdorga yaqin turadi, bu xol esa mulkdorga oʻz hoxishi bilan va oʻz irodasiga muvofiq mol-mulkdan foydalanish imkonini beradi. Mailakatimizga chet el investitsiyalarining kirib kelishiuchun keng imkoniyatlar ochib berilgan.Chet el investrlarining respublikada ishlab chiqarish-xoʻjalik faoliyati yuritishi qonun bilan kafolatlangan. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan 1994-yil 5-mayda qabul qilingan “Chet el investitsiyalari va chet ellik investorlar faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida”gi qonuni koʻrsatish mumkin. Bu qonunda belgilanishicha, Oʻzbekiston Respublikasida: 1) xorijiy davlatlar; 2) ajnabiy yuridik shaxslar, 3) xalqaro tashkilotlar, 4) ajnabiy fuqoralar, fuqoralarning uyushmalari boʻlmagan shaxslar, 5) chet elda yashaydiganlar Oʻzbekiston Respublikasi fuqoralari chet ellik investorlar boʻlishi mumkin. Yuqorida sanab oʻtilgan subyektlar ijaraga beruvchilar sifatida faoliyat qilishi qonun hujjatlari bilan belgilangan. Fermer xoʻjaliklari ijara munosobatlariningsubyekti sifatida qatnashishi uchun “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida” gi qonuning koʻpgina moddalari, yer resurslari ijara munosobatlarining obyekti boʻlishida Yer kodeksining meʼyorlari, chet el sarmoyalarining Oʻzbekiston Respublikasidaijara munosobatlarinig subyekti sifatida qaralishiga “Chet el investitsiyalari va chet ellik investorlar faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida”gi (1999y.) qonunidagi qoidalar asos boʻlib xizmat qiladi. Yuqorida sanab oʻtilganqonunlar ijara qonuning vujudga kelishining umumiy qoidalarini belgilab beradi. Har bir ayrim olingan ijara munosobatlarining vujudga kelishida ijara shartnomasi asos boʻlib xizmat qiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1998-yil 29-avgustdagi “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida” gi qonunda oʻz aksini topdi va oʻzaro iqtisodiy munosabatlar qonun yoʻli bilan himoyalandi. Fermer xoʻjaliklarning boshqa korxona va tashkilotlar bilan boʻladigan iqtisodiy munosabatlari shartnoma asosida amalga oshiriladi.Fermer xoʻjaliklari paxta, gʻalla, meva, sabzavot, poliz, goʻsht, sut va boshqa qishloq xoʻjalik mahsulotlari yetishtirishdan isteʼmolchiga yetkizib berish jarayonlarida turli tayyorlovchi, qayta ishlovchi va servis xizmat koʻrsatuvchi korxona va tashkilotlar bilan tuziladigan shartnomalar asosida faoliyat koʻrsatmoqda.Respublikada fermer xoʻjaliklarining rivojlanayotganini hisobga olib, shartnoma munosabatlari va ularning mohiyati haqida tushuncha berish ularning faoliyatini takomillashtirishga katta yordam beradi. Tomonlar oʻrtasida shartnomaning kelishuv shartlari Oʻzbekiston Respublikasi “Fuqoralik kodeksi”da (2002y.)izoh berilgan. Yuridik va jismoniy shaxslar ham oʻzaro kelishgan holda qonunchilik hujjatlari asosida bir-birlari bilan shartnoma tuzishlari mumkin.Qishloq xoʻjaliki korxonalarini har tomonlama rivojlantirish, qishloq aholisini ijtimoy tarmoqlari faoliyati bilan toʻliq taʼminlash maqsadida Respublika Prezidenti va hukumati tomonidan aniq chora tadbirlar belgilab berilgan. Agrar tarmoqda koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklari faoliyatini rivojlantirish boʻyicha normativ meʼriy hujjatlar zarurligi va uni qonuniy asosinihal etishga alohidaeʼtibor berilmoqda. Oʻzbyekiston Ryespublikasi Pryezidyentining 2012 yil 22 oktyabrdagi PF-4478-sonli farmonida (farmon oʻz kuchini yoʻqotgan) fyermyer xoʻjaliklari tomonidan yuqori daromad olish va qoʻshimcha qiymat yaratish maqsadida koʻp tarmoqli fyermyer xoʻjaliklarni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilib, ularga qoʻshimcha yer maydonlarini ajratish, imtiyozli kryeditlar berish, soliq imtiyozlarini berish qonunlarda belglangan tartib boʻyicha amalga oshiriladi. 2013-yildan boshlab mavjud fermer xoʻjaliklarida bazasida noqishloq sohani rivojlantirish uchun koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklarini tashkil etish vauning faoliyatni yoʻlga qoʻyish yuzasidan maxsus dasturlar qabul qilinib uning ijrosi izchil amalga oshirilmoqda. Fermer xoʻjaliklari oʻz faoliyatida qoʻshimcha tarmoqlarni tashkil etish uchun: Download 186.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling