O’zbekiston Respublikasida ko’p tarmoqlik fermerlik faoliyatini rivojlantirish bo’yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar


Fermer xoʻjaligi faoliyatiga oid qonun hujjatlari va ulardan foydalanish tartibi


Download 186.55 Kb.
bet9/11
Sana16.06.2023
Hajmi186.55 Kb.
#1501534
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
O’zbekiston Respublikasida ko’p tarmoqlik fermerlik faoliyatini rivojlantirish bo’yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar

3.Fermer xoʻjaligi faoliyatiga oid qonun hujjatlari va ulardan foydalanish tartibi


Fermer xoʻjaliklarini tashkil etish va uning iqtisodi faoliyatini yuritish boʻyicha olib borilayotgan islohatlar natijasida ular tomonidantomonidan yetishtirilayotgan mahsulotlarning hajmi va unga sarflanayotganxarajatlarni kamaytirish, daromadningortishi kuzatilmoqda.Bu esa hukumatimiz tomonidan qabul qilinayotgan qonun hujjatlariga va undan samaralifoydalanishga bogʻliqdir. Fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish toʻgʻrisida 4 ta kodeks,10 ga yaqin qonunlar, 15ga ortiq Prezident farmon va qarorlari, 20 ga yaqin Vazirlar Mahkamasi qarorlari qabul qilindi. Bu hujjatlarda fermer xoʻjaliklarini tashkil etish, boshqarish, ishlab chiqarishni tashkil etish, moliyalashtirish, fermer xoʻjaliklarinikoʻp tarmoqli fermer xoʻjaligiga aylantirishninghuquqiy asoslari boʻlib xizmat qiladi.
Respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida qishloq xoʻjaligining hissasi katta boʻlib, bu sohani rivojlantirishda kuchli siyosat, diversifikatsiyalash hamda tarkibiy oʻzgarishlar amalga oshirilmoqda. Mulkchilikga asoslangan qishloq xoʻjaligini korxonalarini tashkil etish va rivojlantirishda qabul qilingan qonunlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishga toʻgʻri kelmoqda. Masalan: Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi 602-I-sonli qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 26-avgustda qabul qilingan 662-II-sonli Qonuni tahririda vaOʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 26-avgustda qabul qilingan 662-II-sonli Qonuni tahririda fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish boʻyicha quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi.
Qonunning 3-moddasida «Fermer xoʻjaligi ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan holda qishloq xoʻjaligi mahsulotini yetishtirish hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlari bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektidir va fermer xoʻjaligi qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishining asosiy subyektidir deb belgilab qoʻyildi.
Qonunda koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi- qishloq xoʻjaligi mahsulotini yetishtirish bilan birga qishloq xoʻjaligi mahsulotini qayta ishlash, saqlash va realizatsiya qilish, sanoat ishlab chiqarishi, ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatish va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlari bilan shugʻullanuvchi fermer xoʻjaligidir. Koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklari reestri Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi tomonidan yuritiladi. Koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklari reestrini yuritish tartibi,xoʻjaliklar roʻyxatiga olingan vaqtdan boshlab qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish bilan bogʻliq boʻlmagan boshqa daromadlari boʻyicha yagona soliq toʻlovini toʻlashdan besh yil muddatga ozod etiladi. Shuningdek, fermer xoʻjaliklarini tashkil etish shartlari birmuncha takomillashtirildi.
Amaldagi normalardan farqli ravishda naslli chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xoʻjaligi uchun har bir bosh chorva molga hisoblaganda 0,5 gektardan 0,6 gektargacha yer maydoni ajratilishi belgilangan. Aksariyat hollarda bogʻ-uzumchilik va sabzavot-polizchilik yoʻnalishidagi fermer xoʻjaliklarining katta yer maydonlarida faoliyat yuritishi kutilgan natijalarni bermayotganidan kelib chiqib, bogʻdorchilik, uzumchilik, sabzavotchilik va boshqa ekinlarni yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xoʻjaliklari uchun ajratiladigan yer maydonlari kamida 1 gektar va koʻpi bilan 5gektar hajmda ijaraga berilishi nazarda tutilmoqda.Yer resurslaridan samarali foydalanish, rentabellikni oshirish hamda almashlab ekishni joriy etish nuqtayi nazaridan gʻalla-sabzavotchilikka ixtisoslashgan fermer xoʻjaliklari uchun ajratiladigan yer maydonlarining eng kam oʻlchami 10 gektar qilib belgilash boʻyicha norma kiritilgan.
Fermer xoʻjaligi qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarda va zaxira yerlarda tashkil etiladi.
Chorvachilik mahsuloti yetishtirishga ixtisoslashtirilgan fermer xoʻjaligi kamida 30 shartli bosh chorva moli boʻlgan taqdirda tashkil etiladi. Chorvachilik mahsuloti yetishtirishga ixtisoslashtirilgan fermer xoʻjaligiga beriladigan yer uchastkalarining eng kam oʻlchami bir shartli bosh chorva molga hisoblaganda Andijon, Namangan, Samarqand, Toshkent, Fargʻona va Xorazm viloyatlaridagi sugʻoriladigan yerlarda kamida 0,3 gektarni (nasldor chorvachilik fermer xoʻjaliklari uchun 0,5 gektarni), boshqa viloyatlar va Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi sugʻoriladigan yerlarda tegishincha, kamida 0,45 gektarni (nasldor chorvachilik fermer xoʻjaliklari uchun 0,6 gektarni), sugʻorilmaydigan (lalmikor) yerlarda esa kamida 2 gektarni tashkil etadi.
Dehqonchilik mahsuloti yetishtirishga ixtisoslashtirilgan fermer xoʻjaliklariga ijaraga beriladigan yer uchastkalarining eng kam oʻlchami paxtachilik va gʻallachilik uchun kamida 30 gektarni, gʻallachilik va sabzavotchilik uchun kamida 10 gektarni tashkil etadi. Ijaraga beriladigan yer uchastkalarining eng kam oʻlchami bogʻdorchilik, uzumchilik, sabzavotchilik va boshqa ekinlarni yetishtirish uchun kamida 1 gektarni hamda koʻpi bilan 5 gektarni tashkil etadi.
Yer uchastkalari berilganda fermer xoʻjaligi oʻz zimmasiga qishloq xoʻjalik ekinlarining hosildorligi (uch yil uchun oʻrtacha yillik hosil hisobida) qonun hujjatlarida belgilangan normativ hosildorlikdan kam boʻlmasligini taʼminlash majburiyatini oladi. Bu majburiyat yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasida mustahkamlab qoʻyiladi.Fermer xoʻjaligining majburiyatlari ham kuchaytirilmoqda. Shu bilan birga, fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishda, tizimda bozor mehanizmlarini joriy etishda, koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklarini yanada rivojlantirishda, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmlarini barqaror oshirib borishda hamda yer maydonlaridan samarali foydalanishda qator muammo va kamchiliklar kuzatilmoqda.
Fermer xoʻjaliklarini tashkil etish, ularning faoliyati ,qayta tashkil etilishi va tugatilishi bilan bogʻliq munosabstlar ushbu qonun hamda boshqa qonun xujjatlari bilan tartibga solinadi. Fermer xoʻjaligi aʼzolari jumlasiga fermer xoʻjaligini birgalikda yuritayotgan bu xoʻjalikdagi ish oʻzining asosiy mehnat faoliyati joyi boʻlgan fermer xoʻjaligining boshligʻi, uning xotini(eri), bolalari shu jumladan farzandlikka olingan bolalari tarbiyaga olingan bolalari, qarindoshlari gʻamda mehnatga layoqatli yoshga yetgan boshqa shaxslar kiradi.
Fermer xoʻjaligining boshligʻi shu xoʻjalikning oʻn sakkiz yoshga toʻlgan, qishloq xoʻjaligida tegishli malaka va ish tajribasiga ega boʻlgan muomalaga layoqatli aʼzolaridan biridir. Fermer xoʻjaligi tanlov asosida aksariyat hollarda mehnat resurslari ortiqchaligi sezilmayotgan yerlarda va hududlarda tashkil etiladi. Chorvachilik munosabati yetishtirilgan , ixtisoslashgan fermer xoʻjaligi kamida 30 shartli bosh chrva moli boʻlgan taqdirda tashkil etiladi. Fermer xoʻjaligiga ijaraga beriladigan yer uchastkalarining eng kam oʻlchami bir shartli bosh chorva moliga hisoblaganda Andijon, Namangan, Samarqand, Toshkent, Fargʻona va Xorazm viloyatlaridagi sugʻoriladigan yerlarda kamida 0.3 gektar. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va boshqa viloyatlardagi sugʻoriladigan yerlarda kamida 0.45 gektar, sugʻorilamaydigan yerlarda esa 2 gektarni tashkil etadi.
Dehqonchilik mahsuloti yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xoʻjaliklariga ijaraga beriladigan yer uchastkalarining kam oʻlcham paxtachilik va gʻallachilik uchun kamida 1 gektarni tashkil etadi. Qishloq xoʻjaligi kooperativi boshqaruvi fermer xoʻjaligining tashkil etish toʻgʻrisidagi masalani umumiy majlis muhokamasi kiritadi. Umumiy majlis bu xususda tegishli qaror qabul kiladi.Tuman xokimi qishloq xoʻjaligi kooperativi umumiy majlisining qarori asosida yer uchastkalari berish masalalarini koʻrish boʻyicha tuman komissiyasining xulosasini inobatga olgan holda fermer xoʻjaligini tashkil etish toʻgʻrisida qaror qiladi.
Fermer xoʻjaligini tashkil etishning ushbu qonunda belgilangan tartibi buzilgan yoki xoʻjalikning ustavi qonuniga muvofiq boʻlmagan taqdirda fermer xoʻjaligini davlat roʻyxatiga olish rad etilishi mumkin. Fermer xoʻjaliklariga zaxira yerlar, maxsus Respublika yer fondlari , mehnat resurslari etarli boʻlmagan xoʻjaliklardagi va yangi sugʻoriladigan mavzelardagi yerlar beriladi. Ular zarar koʻrib ishlayotgan yoki past rentabelli qishloq xoʻjalik korxonalarining yerlari hamberilishi mumkin. Fuqarolarga fermer xoʻjaligini yuritish uchun yer uchastkalari 50 yilgacha boʻlgan, lekin 10 yildan kam boʻlmagan muddatga ijaraga beriladi. Yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga olish shartnomasi qishloq xoʻjaligi kooperativi boshqaruv va fermer xoʻjaligi boshligʻi tomonidan imzolanadi. Fermer xoʻjaligiga berilgan yer uchastkalaridan qatʼiy belgilangan maqsadda foydalanadigan, yerlarni xususiylashtirishi, oldi - sotdi tovar, garov, hadya, ayriboshlash obyekti boʻlishi, shuningdek ikkilamchi ijaraga berilishi mumkin.
Fermer xoʻjaligi kreditlar olish uchun oʻz yer uchastkasini ijaraga olish huquqini garovga qoʻyishga haqli. Fermer xoʻjaligiga berilgan yer uchastkalridan foydalanganlik uchun haq tuman byudjetiga kiritiladigan har yili ijara haqi tariqasida yer uchastkasining sifatiga,joylashgan manziliga va suv bilan taʼminlanganlik darajasiga qarab uning kadastr bahosini inobatga olgan holda balgilanadigan yer soligʻi stavkasi miqdorida undiriladi. Fermer xoʻjaliklari uchun suvdan foydalanish limitlari vakolatli organlar tomonidan belgilanadi. Fermer xoʻjaligiga beriladigan suvning sarfini hisobga olish hamda suv resurslaridan foydalangan uchun soliq toʻlash tartibi, shuningdekmazkur soliq boʻyicha imtiyozlar qonun xujjatlarida belgilanadi. Fermer xoʻjaligi tadbirkorlik faoliyati subyekti tariqasida qonun xujjatlariga belgilangan tartibda quyidagi huquqlarga ega boʻladi. Fermer xoʻjaligi: oʻziga qarshli uy-joylar, xoʻjalik imoratlari , qishloq xoʻjqlik jihozlari, koʻchatzorlari, dov-daraxtlar, mahsuldor chorva mollari, parrandalar, qishloq xoʻjalik texnikasi, asbob-uskuna va ashyo-anjomlar, transport vositalari, pul mablagʻlari, intellekt mulk obyektlaridir. Fermer xoʻjaligining oʻziga qarashli mol-mulkka boʻlgan mulk huquqi davlat himoyasida.Fermer xoʻjaligining mol-mulki, agar uning aʼzolari oʻrtasidagi kelishuvga binoan umumiy ulushli mulk tashkil etish nazarda tutilgan boʻlmasa uning aʼzolari umumiy birgalikdagi mulk asosida qarashli boʻladi. Fermer xoʻjaligi pul muomalasini yuritish hamda pul mablagʻlarini saqlab turish va bu mablagʻlarni erkin tasarruf etish uchun bank muassasasida hisob varaqlar olish huquqiga ega. Fermer xoʻjaligining hisob-kitob varagʻidan mablagʻlarni faqat uning roziligi yoki sudning qarori bilan hisobdan chiqarish mumkin.
Fermer xoʻjaligi qishloq xoʻjaligi kooperativi umumiy majlisining qarori bilan belgilangan ixtisoslashuviga muvaffaqiyati oʻz faoliyati yoʻnalishlarini ishlab chiqarish tuzilmasi va hajmlarini mustaqil ravishda belgilaydi. Fermer xoʻjaligi qishloq xoʻjaligi kooperativi umumiy majlisining qarori ishlab chiqargan qonunlarida taqsimlanmagan har qanday turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotini qayta ishlash va realizatsiya qilish bilan shugʻullanishga haqli. Fermer xoʻjaligining faoliyati koʻproq xoʻjalik aʼzoarining shaxsiy mehnatiga asoslangan.
Fermer xoʻjaligi ishlarini bajarishga boshqa shaxslar mehnat shartnomasi asosida jalp etilishi mumkin. Fermer xoʻjaliklari ixtiyoriylik asosda, shu jumladan ulush asosda mahsulot yetishtirish, uni qayta ishlash va sotish, moddiy-texnika taʼminoti, qurilish texnikaviy, suv xoʻjalik agrokimyo, maslahat berish yoʻsinidagi va boshqa xil xizmat koʻrsatish boʻyicha kooperativlarga, jamiyatlarga, ittifoqlarga, uyushmalarga va boshqa birlashmalarga birlashish, kirish huquqiga ega. Fermer xoʻjaligini ishlab chiqarish faoliyati uchun qisqa muddatli kreditlash kredit shartnomasi asosida amalga oshiriladi. Fermer xoʻjaligi qonun xujjatlariga muvofiq byudjetga soliqlar, yigʻimlar hamda boshqa toʻlovlar toʻlaydi. Fermer xoʻjaligi aʼzolarining va xoʻjalikda shartnoma asosida ishlayotgan shaxslarning shaxsiy daromadlari, daromadlar toʻgʻrisidagi deklaratsiyalarda mavjud. Davlat qishloq xoʻjaligi mahsuloti yetishtirish va uni realizatsiya qilish bilan shugʻullanuvchi fermer xoʻjaliklarini huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini kafolatlaydi . Fermer xoʻjaligini qayta tashkil etish qonun xujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Fermer xoʻjaligi quyidagi hollarda tugatiladi: xoʻjalik faoliyatini davom ettirish istagida boʻlgan bironta ham xoʻjalik aʼzosi yoki merosxoʻr qolmagan boʻlsa; fermer xoʻjaligini tashkil etish, ularning faoliyati, qayta tashkil etish va tugatish bilan bogʻliq nizolar qonun xujjatlariga muvofiq hal etiladi; fermer xoʻjaligi oʻz majburiyatlari boʻyicha qonunlarga muvofiq undiruv qaratilishi mumkin boʻlgan mol-mulk bilan javob beradi; davlat fermer xoʻjaligini majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi. Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisidagi qonun xujjatlarini buzganda aybdor boʻlgan shaxslar belgilangan taribda javobgar boʻladilar. Fermer xoʻjaligi qonun xujjatlariga muvofiq xoʻjalik aʼzolarining va unda mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan shaxslarning xayoti va sogʻligiga ular mehnat majburiyatlarini bajarish natijasida yetkazilgan zarar uchun javobgar boʻladi. Fermer xoʻjaligi faoliyati qonunchiligi yanada takomillashib, asosiy faoliyatdan tashqari qoʻshimcha tarmoqlarni tashkil etish ishlari ham jadal olib borilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-oktyabrdagi "Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qishloq xoʻjaligi ekin maydonlaridan samarali foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi farmoni mamlakatimizda koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish, fermerlar faoliyatining moliyaviy barqarorligi va samaradorligini oshirishga qaratilgan boʻlib mulkdorning manffaatini yanada yaxshilashga qaratilgandir

Download 186.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling