O’zbekiston Respublikasida ko’p tarmoqlik fermerlik faoliyatini rivojlantirish bo’yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar
Mulkchilikni tartibga solishning huquqiy asoslari
Download 186.55 Kb.
|
O’zbekiston Respublikasida ko’p tarmoqlik fermerlik faoliyatini rivojlantirish bo’yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar
Mulkchilikni tartibga solishning huquqiy asoslari
Oʻzbekiston Respublikasida "Mulkchilik tugʻrisida"gi (1990y.)qonunda "Mamlakatimizdagi iqtisodiyotning samarali amal qilishiga va xalq farovonligining oʻsishiga imkoniyat yaratuvchi har qanday shakldagi mulkchilik boʻlishiga ruxsat beriladi. Mulkchilikning hamma shakllaridaxlsiz boʻlishiga va ularning rivojlanishi uchun teng sharoit yaratilishiga qonun kafolat beradi", deb belgilab koʻyilgan.Xususiy mulk tushunchasiOʻzbekiston Respublikasining "Mulkchilik tugʻrisida"gi (1990y.)qonuning 7-moddasida quyidagichaifodalangan. Xususiy mulk -oʻz mol-mulkiga xususiy egalik qilish, undan foydalanish va uni erkin tasarruf etish huquqidan iborat deb koʻrsatilgan. Xususiy mulkning asosiy belgisi, mulkchilikning barcha shakllari orasida yagona mulkdor boʻliboʻz hoxishirodasiga muvofiq mol-mulkdan foydalanish imkonini beradi.Mulkdor mulkka nisbatan oʻz huquqlarini xususiy tarzda amalga oshiradi. Xususiy mulk egasi oʻzining ixtiyoridagi mol-mulkni hech qachon egasizlik, talon-taroj, isrofgarchilik va boshqa suisteʼmolchilikka yoʻl qoʻymaydi. Shuning uchun mustaqillikning ilk kunlaridan davlat tasarrufidagi mulklarnixususiylashtirish islohatlari olib borilib, mulkdorlar sinfi shakllandi. Oʻzbekiston Respublikasi Konstituqiyasining 36-moddasida "Har bir shaxs mulkdor boʻlishga haqli", 53-moddasida esa "Bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan Oʻzbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi," - deb yozib koʻyilgan. Konstituqiyada barcha mulk shakllarining teng huquqligini va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishini kafolatlanganligi kayd qilingan. Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir. Biz ixtiyorimizdagi mulkka aylangan yer, suv, foydali qazilmalar, oʻsimlik va hayvonot dunyosi, mashinalar, uskunalar, bino va inshootlar,tarixiy madaniy yodgorliklar, ilmiy texnikaviy gʻoyalar, tovarlar, mehnatga boʻlgan aql hamda jismoniy qobiliyatlar oʻzining haqiqiy xoʻjayiniga ega boʻlishi kerak Shunda tadbirkorlik faoliyatini olib borishga keng imkoniyatlar ochiladi. Mulkni tejab-tergab, ishning koʻzini bilgan holda tasarruf qila oladigan mulkdorlar paydo boʻlishiga olib keladi. Agrar sohada xususiylashtirishni keng joriy etish natijasidabozor raqobatiga bardoshli mahsulotlar ishlab chiqaradigan mulkchilik munosobatlarnini vujudga keltirish zaruriyati tugʻildi. Shunda, Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan "Fermer xoʻjaliklari toʻgʻrisida"gi qonuni qabul qilindi. Qonun fermer xoʻjaliklarini tashkil etish, boshqarish va ularning huquqlarini himoya qilishgaega boʻlgan meʼyoriy xujjat hisoblanadi.Prezidentning "Oʻzbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yoʻlida" asarida "By yerda gan oʻziga tekkan mulkni shamolga sovurmasdan yoki shaxsiy boylik orttirish yoʻlida shu mulkni koʻpaytira biladigan, texnika bilan qayta jihozlaydigan va zamon talablariga muvofiq takomillashtira oladigan, uning negizida raqobatga bardoshli mahsulot ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻya oladigan mulkdorlar haqidagi jarayonidir. Shuningdeq ish bilan band boʻlmagan aholini ish oʻrinlari bilan taʼminlaydigan, oʻziga ham, ishlovchiga ham, davlatga ham daromad keltiradigan, ishlab chiqarishni tashkil qila oladigan mulkdorlar haqida fikr yuritilyapti», - deb oʻqtirib oʻtgan edi. Haqiqiy mulkdor boʻlgan haqiqiy xoʻjayinlik tuygʻusini xis etish demakdir. Bu oʻz navbatida, insonning yashirin kuch-gʻayratini, tashkilotchilik qobiliyatini namoyon etadi, uni tashabbuskor va omilkor qiladi, oʻz korxonasining rivojlanish istiqboli haqida qaygʻurib, ishlab chiqarish samaradorligini oshirib boradi, oladigan foydasi ham, xodimlarning daromadi ham koʻpayadi. Demaq iqtisodiy jihatdan erkin fuqaro, haqiqiy mulkdorgina oʻz mol-mulkini samarali tasarruf etishdan, oʻz boyligini koʻpaytirishdan moddiy manfaatdor boʻlibgina qolmay, balki mamlakatni boyitishga ham oʻzini sezilarli xissasini qoʻshish imkoniyati yaratiladi. Fermer xoʻjaliklarini tashkil etish resurslardan, ayniqsa yerdan samarali foydalanish, mehnatkashlarda mulkka, mehnatga boʻlgan munosabatlarni tubdan oʻzgartirish, yuqori koʻrsatkichlarga intilish istagini kuchaytirishga olib keladi. Shu xoʻjalikdagi aʼzolarga haq toʻlash mehanizmi mehnat unumdorligini oshirishda, oʻz mulkiy huquqlaridantoʻla foydalanish oʻz mulki asosida, yetishtirilgan mahsulotga mustaqil egalik qilish xissini uygʻotish orqali erishish mumkinligini koʻrsatadi. Fermer xoʻjaliklarida mulkdorlar oʻz mulklari asosida kichik va qoʻshma korxonalar tashkil etib, mulkni va sifatli mahsulotlarni koʻpaytirish, ishlab chiqarishni rivojlantirish, mehnat unumdorligini oshirish, mehnatni ilgʻorlar tajriba va texnologiyalar asosida tashkil etish, boshqaruvga malakali mutaxassis va menejerlarni jalb etish, mahsulot sifatini yaxshilash va tannarxni pasaytirishdan mafaatdordirlar. Qishloq xoʻjaligida fermer xoʻjaliklarini tashkil etishdan maqsad mehnatkashlarni boqimandalik kayfiyatidan xolos etib, maʼlum bir miqdorda mulk egasi etib, shu mulkdan imkoniyat darajasida samarali foydalanib, uni koʻpaytirishning moddiy manfaatdorlik mehanizmini taʼminlashdan iboratdir. Mulkdor mahsulot ishlab chiqarishdagi sarf xarajatni tejamkorlik bilan amalga oshirish, mahsulot sifatini yaxshilash, uning raqobatbardoshliligini chora-tadbirlarini ishlab chiqadi. Agrar tarmoqda yaratilgan mulkning haqiqiy egasini qapop toptirish, uning mulkiy huquqlarini kafolatlash va mustahkamlash, mahsulot va daromadlarni koʻpaytirishdan bevosita manfaatdor boʻlgan, mustaqil mulkdorlar sinfini shakllantirish mehanizmini joriy qilmasdan turib, qishloq xoʻjaligida iqtisodiy islohotlarni samarali rivojini taʼminlab boʻlmasligi qator xoʻjaliklarni koʻp yillik tajribalari natijalaridan maʼlumdir. Download 186.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling