O’zbekiston Respublikasida ko’p tarmoqlik fermerlik faoliyatini rivojlantirish bo’yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar


Mulkiy munosabatlar hamda uni tartibga solishning huquqiy asoslari


Download 186.55 Kb.
bet2/11
Sana16.06.2023
Hajmi186.55 Kb.
#1501534
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
O’zbekiston Respublikasida ko’p tarmoqlik fermerlik faoliyatini rivojlantirish bo’yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar

1.Mulkiy munosabatlar hamda uni tartibga solishning huquqiy asoslari


Mulkchilik munosabatlari - jamiyatdagi boyliklarni oʻzlashtirish xususidagi iqtisodiy munosabatlardir. Mulkchilik, birinchidan, inson bilan boylik boʻlgan buyum yoki boshqa narsa oʻrtasidagi munosabat, ikkinchidan, boylik xususida kishilar oʻrtasida yuzaga keladigan munosabatdir. Kishilar buyumlarni oʻziniki qilib olgandagina oʻzlashtirishlari mumkin, chunki jamiyatda oʻzganiqini oʻzlashtirib boʻlmaydi. Boylikning oʻziniki yoki oʻzganiqi boʻlishi kishilarni mulkdor yoki mulksiz qilib, ular oʻrtasida maʼlum aloqalarni yuzaga keltiradi.
Jamiyatda kishilarning mulkiy maqomiga qarab, individual, korporativ-guruhiy, umumdavlat va milliy manfaatlar mavjud. Ularning zamirida xususiy, jamoa va davlat, milliy mulk yotadi. Bu manfaatlarning oʻz ifodasi mavjud. Individual (yakka) manfaat mulk egasining shaxsan oʻziga tekkan daromadda ifodalanadi. Guruhiy manfaat mulk egasi boʻlgan jamoaning hamjihatlik bilan oʻzlashtiradigan daromadi orqali yuzaga chiqadi. Umumdavlat manfaatini davlat byudjeti daromadlari ifodalaydi. Milliy manfaat-jamiyatdagi milliy boylikning koʻpayishini bildirib, individual, guruhiy va umumdavlat manfaatlarining birligidan iborat. Manfaat iqtisodiyot amaliyotida mulkdorning maqsadiga aylanadi.
Manfaat maqsadga erishish-mulkning oʻz egasi uchun realizatsiya etilishi (amalga oshishi)dir. Mulkning harakteri va miqyosiga qarab uning realizatsiyasi har xil usullar orqali yuzaga chiqadi:

  • oʻz mulkidan samarali foydalanib tadbirkorlik qilish orqali foyda olish;

  • oʻz mulkini ijaraga berib (bunga lizing ham kiradi), ijara haqi shaklida daromad olish;

  • oʻz mulkini qimmatiga sotish hisobidan, yani chayqovchilik orqali daromad koʻrish;

  • oʻz mulkiga tayangan holda mehnati bilan daromad topish, oʻz mehnatiga asoslangan xoʻjalik yuritish yoʻli bilan pul topish;

  • pul shaklidagi oʻz mulkini qarzga berib, undan foiz(qarz haqi) undirib olish;

  • yollanib ishlash orqali oʻz mulki boʻlgan ish kuchidan daromad topish, yani ish haqi olish.

Demak, har xil iqtisodiy aloqalar orqali mulk yuzaga chiqib, oʻz egasiga foyda keltiradi. Aytilgan usullarning mavjudligi mulk faqat bir usul bilan amalga oshadi degan gap yemas. Bu usullar birgalikda qoʻllanishi mumkin. Masalan, yirik yer egasi yerning bir qismida oʻzi xoʻjalik yurgazib foyda olsa, boshqa qismini ijaraga berishi, uchinchi qismini sotib, tushgan pulni bankka joylashtirib, foiz olishi ham mumkin. Fermer oʻz yerida oʻzi ishlaganida kelgan daromad, birinchidan, yerga boʻlgan mulkning, ikkinchidan, oʻz ish kuchiga ishlash qobiliyatiga boʻlgan mulkning realizatsiyasidir. Xullas, mulk har xil iqtisodiy faoliyat orqali oʻz yegasiga foyda keltiradi.
Mulkni ishga solish undan naf kutish bilan bogʻliq. Uning muqobil (alternativ) yoʻllari ham boʻladi. Mulkni saqlab qolish va koʻpaytirish uchun pulga yer, uy, qimmatbaho buyumlar, antikvar narsalar, aksiya, obligatsiya sotib olish mumkin. Bu alternativ usullardan qaysi birini tanlash keladigan foydaga bogʻliq. Agar yer yoki uyniijaraga berishdan tushadigan daromad aksiya keltiradigan daromaddan koʻp boʻlsa, mulkdor shubhasiz birinshi yoʻlni tanlaydi. Mulk katta boʻlsa, uning egasi birdaniga bir nechta alternativ yoʻllarni tanlashi mumkin, chunki bir sohada yutqizsa, boshqasidan yutib chiqadi.Shuning uchun fermer xoʻjaliklari koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklariga oʻtmoqda. Kishilarning har bir harakati ularning mulkchilik munosabatidan kelib chiqadi. Ishchi oʻz kuchining egasi boʻlganidan yollanib ishlaydi, chunki uning mulki ish haqi olish imkonini beradi. Pul egasining aksiya, obligatsiya, yer-suv, zavod-fabrika sotib olishdan maqsadi oʻz mulkidan kelgan daromadni oʻzlashtirish huquqiga ega boʻlishdir. Kishilar oʻz mulkiga tayanib xatarli ishni boshlaydilar, tavakkaliga yo ostidan, yo ustidan degan qabilida harakat qiladilar. Mulkning mavjudligi iqtisodiyotdagi xatti-harakatni oldindan belgilab qoʻyadi. Oʻz-oʻzidan maʼlumki, birovning mulkiga tayanib tavakkal qilib boʻlmaydi. Agar paxta birovning mulki boʻlmaganda hech qachon narxni oshishini kutib, uni sotmay turish, yani xatarga borish (chunki narx pasayib zarar , koʻrish xavfi ham bor) mumkin boʻlmas edi. Mulkdan ajralish xoʻjasizlikni keltirib chiqaradi. Tejamkor odamni isrof qilishga oʻrgatish uchununi mulkidan ajratish kerak. Oʻzga mulkni hech kim tejamaydi. Mulk tejamkorlikni yuzaga chiqaradi. Oʻz-oʻzidan maʼlumki, mulkegasi yoʻq buyumga hech kimning joni achimaydi. Buyumning oʻziniki yoki oʻzganiqi boʻlishi unga boʻlgan munosabatni oʻzgartiradi, chunki harajatni birov koʻtarishi hammaga yoqadi. Agar mulk egasi oʻz moli qadriga yetmay arzon sotsa, uni ishlatuvshchiham puli oz ketganidan uni qadrlamaydi.
Har qanday iqtisodiy tizimda kishilarning xatti-harakati, biror ishga kirishish yoki kirishmasligi ularning mulkiy maqomiga bogʻliq. Kishilarning bu holati ularning mulkiy huquqida ifoda yetiladi. Mulkiy huquq-boylikni tasarruf yeta bilish, resurslarni ishlatishni nazorat qilish, harajat, foyda-zararni oʻz zimmasiga olish huquqidir. Mulk yoʻq joyda moddiy va mehnat resurslarni tejashga intilish boʻlmaydi. Boylik oʻz egasining qoʻlida toʻplanganda, u avaylab ishlatiladi. Tabiiy resurslarning egasi tayin boʻlmaganda, ular talon-taroj qilinadi. Tabiiy resurslar korxonaniqi boʻlmagani uchun ham ularni:suv, yer, havoni zaharlashdan tap tortmaydilar, Orol dengizi egasiz qolganidan, harob boʻldi. Mulkiy masuliyat mulkdorni oʻz qadamini oʻylab tashlashga undaydi, natijada uning xatti-harakatlari oʻlchovli boʻladi, chunki u masuliyatni sezadi. Jamiyat boyligini saqlash va koʻpaytirish uchun ishbilarmonnimulk egasiga aylantirish zarur. Bu mulkiy munosabatlarni erkinlashtirish, xalqni milliy boylikning haqiqiy egasiga aylantiradi. Mulkdorlarning koʻpayishi oʻz-oʻzidan turli mulk shakllarini yaratib beradi. Shular jumlasidan: Xususiy mulk, odatda har qanday iqtisodiyotning asosi va harakatlantiruvchi qoʻshi hisoblanadi. Bugungi kunda mamlakatimiz qishloq xoʻjaligida xususiy mulk faoliyati kafolatlari uchun barcha tashqiliy-huquqiy asoslar yaratilgani uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining 99,9 foizi nodavlat mulkchiligi hissasiga toʻgʻri kelmoqda. Qishloq xoʻjaligi yerlari davlat mulki hisoblansada, amalda mahsulot yetishtiruvchi dehqonning mulkiga aylandi. Chunki, dehqon xoʻjaliklari yerdan umrbod egalik qilish va merosga qoldirish huquqi bilan foydalanishsa, fermer xoʻjaliklari esa uzoq muddatli ijara asosida (30 yildan 50 yilgasha boʻlgan muddatga keyinchalik uzaytirish imkoniyati bilan) foydalanishi dehqonni yer egasiga aylantirmoqda. Bozor iqtisodiyoti mulkchilik shakllarining xilma-xil boʻlishini talab qiladi, chunki tovar muayyan mulk obekti boʻlgandagina oldi-sotdi qilinadi. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida(2002y.) Bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan Oʻzbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi, deb takidlanadi.
Qishloq xoʻjaligi rivojlanishining hozirgi bosqichida davlat mulkidan tashqari, ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatish va taʼminot sohalarida va dehqonning uy xoʻjaligi, shaxsiy tomorqa xoʻjaligi,yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan shaxsiy mulkini, tashqi iqtisodiy munosabatlar sohasidagi aralash mulk va xususiy mulk shakllarini oʻz ichiga oladi. Oʻzbekiston Respublikasining “Mulkchilik toʻgʻrisida»gi (1990y.) qonunida mulklarning turlari quyidagilar etibberilgan: davlat mulki;jamoa mulki; xususiy mulk;shaxsiy mulk; aralash mulk.

Download 186.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling