O‘zbekiston respublikasining bojxona kodeksi


X bo‘lim. Chet ellik shaxslarning ayrim toifalari uchun bojxona imtiyozlari


Download 1.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet201/211
Sana24.04.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1393920
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   211
Bog'liq
20.01.2016. O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi

X bo‘lim. Chet ellik shaxslarning ayrim toifalari uchun bojxona imtiyozlari
57-bob. Chet davlatlarning vakolatxonalari va ularning xodimlari uchun bojxona imtiyozlari
394-modda. Chet davlatlarning diplomatik vakolatxonalari uchun bojxona imtiyozlari
Chet davlatlarning O‘zbekiston Respublikasi hududidagi diplomatik vakolatxonalari bojxona
chegarasidan olib o‘tishning belgilangan tartibiga rioya etgan taqdirda vakolatxonalar va
muassasalarning rasmiy foydalanishi uchun mo‘ljallangan tovarlarni bojxona to‘lovlaridan ozod
etilgan holda bojxona hududiga olib kirishlari va ushbu hududdan olib chiqishlari mumkin, bundan
saqlaganlik, belgilangan joylardan tashqarida yoki bojxona organlarining belgilangan ish vaqtidan
tashqari vaqtda bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazganlik uchun bojxona yig‘imlari mustasno.
395-modda. Chet davlat diplomatik vakolatxonasining diplomatik agenti uchun bojxona
imtiyozlari
Diplomatik vakolatxonaning diplomatik agentlari (diplomatik vakolatxonaning boshlig‘i va
a’zolari), shuningdek ular bilan birga yashaydigan va O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi
bo‘lmagan oila a’zolari o‘zlarining shaxsiy foydalanishi uchun mo‘ljallangan tovarlarni, shu jumladan
ro‘zg‘orni dastlab ta’minlash uchun kerakli bo‘lgan tovarlarni bojxona chegarasidan bojxona
to‘lovlaridan ozod etilgan va olib o‘tishning belgilangan tartibiga rioya qilgan holda, bojxona
hududiga olib kirishlari va ushbu hududdan olib chiqishlari mumkin, bundan tovarlarni saqlaganlik,
belgilangan joylardan tashqarida yoki bojxona organlarining belgilangan ish vaqtidan tashqari
vaqtda bojxona rasmiylashtiruvini o‘tkazganlik uchun bojxona yig‘imlari mustasno.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ushbu moddaning 
birinchi qismida 
ko‘rsatilgan shaxslarning shaxsiy bagaji unda shaxsiy
foydalanish uchun mo‘ljallanmagan tovarlar yoki bojxona hududiga olib kirilishi yoxud bu
hududdan olib chiqilishi O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida yoki xalqaro shartnomalarida
taqiqlangan yoxud karantin qoidalari va boshqa maxsus qoidalar bilan tartibga solinadigan tovarlar
bor deb taxmin qilish uchun yetarli asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda bojxona ko‘rigidan ozod
etilmaydi. Bojxona ko‘rigi diplomatik agent yoki uning vakolatli vakili ishtirokida o‘tkaziladi.
(395-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling