O‘zbekiston respublikasining bojxona kodeksi


-modda. Bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimida qayta ishlash


Download 1.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/211
Sana24.04.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1393920
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   211
Bog'liq
20.01.2016. O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi

76-modda. Bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimida qayta ishlash
mahsulotlarining chiqish normasi
Bojxona hududida qayta ishlash mahsulotlarining chiqish normasi, agar ushbu normalar
belgilangan tartibda tasdiqlanmagan bo‘lsa, tovarni qayta ishlash amalga oshiriladigan haqiqiy
sharoitlardan kelib chiqqan holda, vakolatli shaxs tomonidan aniqlanadi va tasdiqlanadi,
shuningdek tovarni bojxona hududida qayta ishlash ruxsatnomasi berilayotganda bojxona organi
tomonidan belgilanadi.
Qayta ishlash mahsulotlarining chiqish normasi belgilanayotganda bojxona organlari vakolatli
shaxs taqdim etgan qayta ishlashning texnologik jarayoni to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan
hujjatlarga hamda qayta ishlashning aniq texnologik jarayoniga asoslanadi.
Vakolatli shaxs qayta ishlash mahsulotlarining chiqish normasini aniqlashda davlat
organlarining va (yoki) vakolatli organlarning xulosalariga asoslanishi mumkin.
Qayta ishlash mahsulotlarining tavsifi, miqdori, sifati qayta ishlash mahsulotlarining chiqish
normasi aniqlanganidan keyin belgilanadi.
(76-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 1-fevraldagi O‘RQ-748-sonli 
Qonuni 
tahririda —
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2022-y., 03/22/748/0086-son — 2022-yil 3-maydan kuchga
kiradi)
77-modda. Olib kirilgan tovarlarning ekvivalent kompensatsiyasi
Ekvivalent kompensatsiyaga, ya’ni bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga
joylashtirilgan, olib kirilgan tovardan olinadigan qayta ishlash mahsulotini ekvivalent tovarni qayta
ishlash orqali olingan boshqa tovar bilan, shu jumladan O‘zbekiston tovari bilan almashtirishga,
agar tovarni bojxona hududida qayta ishlash operatsiyasi ta’mirlashdan iborat bo‘lsa, tovarni
bojxona hududida qayta ishlash ruxsatnomasi asosida, shuningdek boshqa hollarda O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida yo‘l qo‘yiladi.
Ekvivalent tovar deganda, bojxona maqsadlari uchun, o‘z tavsifi, sifati va texnik xususiyatlariga
ko‘ra olib kirilgan tovarga mos keluvchi tovar tushuniladi.
Ekvivalent tovar, bojxona maqsadlari uchun, olib kirilgan tovar maqomini oladi, u bilan
almashtiriladigan olib kirilgan tovar esa, ekvivalent tovar ega bo‘lgan maqomni oladi.


Ekvivalent tovarni qayta ishlash natijasida olingan mahsulotlarga ushbu bobning qoidalariga
muvofiq olib kirilgan tovarni qayta ishlash mahsulotlari sifatida qaraladi.
Agar tovarni bojxona hududida qayta ishlash uchun berilgan ruxsatnomada ekvivalent
kompensatsiya nazarda tutilgan bo‘lsa, bojxona hududida qayta ishlash uchun tovar olib kirilguniga
qadar qayta ishlash mahsulotlarini olib chiqishga yo‘l qo‘yiladi.

Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling