O‘zbekiston respublikasining bojxona kodeksi


-modda. Tovarni bojxona hududida qayta ishlash talablari va shartlari


Download 1.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/211
Sana24.04.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1393920
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   211
Bog'liq
20.01.2016. O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi

72-modda. Tovarni bojxona hududida qayta ishlash talablari va shartlari
Oldingi
 tahrirga qarang.
Tovarni bojxona hududida qayta ishlashga quyidagi talablarga va shartlarga rioya etilgan
holda yo‘l qo‘yiladi:
olib kirilgan tovarni uni qayta ishlash mahsulotlarida identifikatsiyalash;
qayta ishlash mahsulotlarining chiqish normasini belgilash;
tovarlarning bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimini qo‘llashga doir taqiqlar va
cheklovlar ostiga tushib qolishini istisno etish;
olib kirilgan tovar uchun ushbu Kodeksning 
47-bobiga
muvofiq bojxona to‘lovlari to‘lanishini
ta’minlash, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno;
tovarni bojxona hududida qayta ishlash operatsiyalarining ushbu Kodeksning 
71-moddasi
talablariga muvofiq bo‘lishi.
(72-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 1-fevraldagi O‘RQ-748-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2022-y., 03/22/748/0086-son — 2022-yil 3-
maydan kuchga kiradi)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Qayta ishlash jarayoni texnik-iqtisodiy asoslarining ko‘rsatkichlari yoki identifikatsiyalash usuli
yoxud qayta ishlash mahsulotlarning chiqish normasi o‘zgargan taqdirda, tovarni bojxona hududida
qayta ishlash ruxsatnomasini berish to‘g‘risida yangi ariza berilishi kerak. Bunda yuridik shaxs
o‘zgartirilganligi, uning nomi yoki joylashgan eri (pochta manzili) o‘zgarganligi, jismoniy shaxsning
familiyasi, ismi, otasining ismi yoki faoliyat ko‘rsatadigan joyi o‘zgarganligi sababli kontrakt
(shartnoma, kelishuv) shartlari o‘zgargan taqdirda, yangi ariza berish talab etilmaydi.
(72-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 1-fevraldagi O‘RQ-748-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2022-y., 03/22/748/0086-son — 2022-yil 3-
maydan kuchga kiradi)
Tovarni bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirish O‘zbekiston
Respublikasining har qanday manfaatdor shaxsi tomonidan, shu jumladan tovarning egasi
bo‘lmagan yoki bevosita tovarni qayta ishlash operatsiyalarini bajarmaydigan shaxs tomonidan
amalga oshirilishi mumkin.

Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling