O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Sud buyrug‘ini berish bo‘yicha talablar


Download 284.5 Kb.
bet73/194
Sana17.06.2023
Hajmi284.5 Kb.
#1552567
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   194
Bog'liq
fuqaroolik presesual kodeksi

171-modda. Sud buyrug‘ini berish bo‘yicha talablar
Sud buyrug‘i quyidagi hollarda beriladi, agar:
1) talab notarial tasdiqlangan bitimga asoslangan bo‘lsa;
2) talab yozma bitimga asoslangan va qarzdor tomonidan tan olingan bo‘lsa;
3) kommunal xizmatlar yoki aloqa xizmatlari to‘lovi bo‘yicha qazrdorlikni tasdiqlovchi hujjatlarga asoslangan undirish to‘g‘risida talab arz qilingan bo‘lsa;
4) voyaga yetmagan bolalar uchun alimentlar undirish to‘g‘risidagi, otalikni belgilash bilan yoki uchinchi shaxslarni jalb etish zarurati bilan bog‘liq bo‘lmagan talab arz qilingan bo‘lsa;
5) hisoblangan, lekin xodimga to‘lanmagan ish haqini va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni undirish haqida talab arz qilingan bo‘lsa;
6) fuqarolardan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlikni undirish to‘g‘risida talab arz qilingan bo‘lsa;
7) ijara shartnomasida belgilangan ijara to‘lovlari muddatida to‘lanmaganligi sababli ushbu to‘lovlarni undirish to‘g‘risida talab arz qilingan bo‘lsa;
Oldingi tahrirga qarang.
8) ko‘p kvartirali uyning joylari mulkdorlaridan majburiy badallar va to‘lovlarni undirish to‘g‘risida talab arz qilingan bo‘lsa;
(171-moddasining 8-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 14-noyabrdagi O‘RQ-584-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2019-y., 03/19/584/4025-son — 2020-yil 1-avgustdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
9) yozma bitim mavjud bo‘lgan taqdirda, undiruvni qarzdorning majburiyatlari bajarilishining ta’minoti bo‘lgan ko‘char mol-mulkka qaratish to‘g‘risida talab arz qilingan bo‘lsa.
(171-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 22-oktabrdagi O‘RQ-572-sonli Qonuniga asosan 9-band bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2019-y., 03/19/572/3943-son)
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 6-moddasi ikkinchi qismi, 170, 172, 173, 177, 178-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 4-sonli “Buyruq tartibida ish yuritishni tartibga soluvchi qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 2, 9, 10, 11-bandlari.

Download 284.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling