O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


Download 284.5 Kb.
bet81/194
Sana17.06.2023
Hajmi284.5 Kb.
#1552567
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   194
Bog'liq
fuqaroolik presesual kodeksi

189-modda. Arizaning mazmuni
Arizada quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
1) ariza berilayotgan sudning nomi;
2) da’vogarning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi, agar da’vogar tashkilot bo‘lsa, uning nomi, joylashgan yeri (pochta manzili) hamda rekvizitlari, shuningdek, agar ariza vakil tomonidan berilayotgan bo‘lsa, vakilning familiyasi, ismi, otasining ismi va manzili;
3) javobgarning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi, agar javobgar tashkilot bo‘lsa, uning nomi, joylashgan yeri (pochta manzili) hamda rekvizitlari;
4) da’vogarning talabi;
5) agar da’vo baholanishi kerak bo‘lsa, da’voning bahosi;
6) da’vogar o‘z talabiga asos qilib ko‘rsatayotgan holatlar va da’vogar tomonidan bayon qilingan holatlarni tasdiqlovchi dalillar;
7) javobgar bilan nizoni sudgacha hal qilish tartibiga rioya etilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, basharti bu qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa;
8) arizaga ilova qilinayotgan hujjatlarning ro‘yxati.
Ariza da’vogar yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Agar ariza vakil tomonidan berilgan bo‘lsa, arizaga ishonchnoma yoki vakilning vakolatini tasdiqlovchi boshqa hujjat ilova qilinishi kerak.
Boshqa shaxslarning huquqlarini himoya qilish maqsadida prokuror, davlat boshqaruvi organlari, tashkilotlar yoki ayrim fuqarolar tomonidan beriladigan arizada ushbu moddada sanab o‘tilgan ma’lumotlardan tashqari ariza kimning manfaatini ko‘zlab berilgan bo‘lsa, o‘sha shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi) hamda manzili ko‘rsatilishi kerak.
Arizada da’vogarni yoki uning vakilining, shuningdek boshqa tarafning telefonlari va fakslari raqamlari, elektron manzili ko‘rsatilishi mumkin.
Arizada elektron manzili ko‘rsatilganligi arizachining sud chaqiruv qog‘ozlarini va boshqa xabarnomalarni, sud hal qiluv qarorlarining hamda ajrimlarining ko‘chirma nusxalarini elektron hujjat tarzida olishga bo‘lgan roziligidir.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 4, 188-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 110, 112-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 14-sonli “Birinchi instansiya sudi tomonidan fuqarolik protsessual qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 2, 3-bandlari.

Download 284.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling