O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Nikohni bekor qilish to‘g‘risidagi ish bilan birga ko‘rib chiqilishi mumkin bo‘lmagan nizolar


Download 284.5 Kb.
bet80/194
Sana17.06.2023
Hajmi284.5 Kb.
#1552567
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   194
Bog'liq
fuqaroolik presesual kodeksi

185-modda. Nikohni bekor qilish to‘g‘risidagi ish bilan birga ko‘rib chiqilishi mumkin bo‘lmagan nizolar
Er-xotinning mol-mulkini bo‘lish haqidagi talabi, agar bu nizoni to‘g‘ri hal etish uchun ishga uchinchi shaxslarni jalb qilish zarur bo‘lsa, nikohni bekor qilish to‘g‘risidagi ish bilan birga ko‘rilishi mumkin emas.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 48-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 23, 24, 27, 28, 37, 38, 40-moddalari.
186-modda. Alimentlar undirish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha javobgarning sudga kelishi
Sud alimentlar undirish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha javobgarning sudga kelishini shart deb topishi mumkin. Agar bunday holda javobgar sud tomonidan uzrsiz deb topilgan sabablarga ko‘ra sud majlisiga kelmasa, u majburiy tartibda keltiriladi va ushbu Kodeksning 146-moddasida nazarda tutilgan tartibda jarimaga tortiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 143-moddasi birinchi qismi 1-bandi, 144-moddasi.
187-modda. Alimentlarni hal qiluv qarori qabul qilinguniga qadar undirish
Alimentlar undirish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rish vaqtida sud zarur bo‘lgan taqdirda, ishni mazmunan hal qilguniga qadar taraflarning moddiy ahvolini hisobga olib, er (xotin) o‘z xotinini (erini) boqishga qancha miqdorda vaqtincha mablag‘ berib turishi kerakligi, bolalarni boqish va tarbiyalashga er-xotindan qaysi biri va qancha miqdorda vaqtincha mablag‘ berib turishi kerakligi, shuningdek bolalardan qaysi biri ota-onalarini boqishga qancha miqdorda vaqtincha mablag‘ berib turishi kerakligi to‘g‘risida ajrim chiqarishga haqli.
Sudning ajrimi darhol ijro etiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 266-moddasi birinchiqismi 1-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 96, 100, 110, 112, 117, 118-moddalari.
20-bob. Ish qo‘zg‘atish
188-modda. Ariza berish
Sudda ishlar yozma shaklda, shu jumladan pochta orqali yoki elektron hujjat tarzida ariza berish yo‘li bilan qo‘zg‘atiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 3, 4, 193-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 110, 112-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 14-sonli “Birinchi instansiya sudi tomonidan fuqarolik protsessual qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 2, 3-bandlari.

Download 284.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling