O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Sudyaning ishni sud muhokamasiga tayyorlash bo‘yicha harakatlari


Download 284.5 Kb.
bet88/194
Sana17.06.2023
Hajmi284.5 Kb.
#1552567
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   194
Bog'liq
fuqaroolik presesual kodeksi

204-modda. Sudyaning ishni sud muhokamasiga tayyorlash bo‘yicha harakatlari
Sudya ishni sud muhokamasiga tayyorlash tartibida quyidagi harakatlarni amalga oshiradi:
1) ishga uchinchi shaxslarning jalb etilishi yoki kirishishi to‘g‘risidagi masalani hal qiladi va ishda ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilgan, mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchinchi shaxslarni ushbu Kodeksning 203-moddasiga muvofiq so‘roq qiladi;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 48, 184-moddalari.
2) ishni ko‘rishda vakillarning qatnashishi masalasini hal qiladi;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 65-moddasi.
3) ishda prokurorning ishtirok etishi to‘g‘risidagi va sud protsessida ishtirok etish uchun tegishli davlat boshqaruvi organini jalb etish haqidagi masalani hal qiladi;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 50, 52, 302, 307, 329-moddalari, O‘zbekiston Respublikasining 29.08.2001-yildagi “Prokuratura to‘g‘risida”gi qonuni 4-moddasi yettinchi xatboshisi, 33, 34, 35, 36-moddalari.
4) sherik da’vogarlarning, sherik javobgarlar va uchinchi shaxslarning ishga kirishishi to‘g‘risidagi masalani hal qiladi, shuningdek ishga daxldor bo‘lmagan javobgarni almashtirish haqidagi masalani hal qiladi;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 46-moddasi.
5) guvohlarni sud majlisiga chaqirish to‘g‘risidagi masalani hal qiladi;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 56, 156 — 161-moddalari.
6) tashkilotlardan yoki fuqarolardan yozma va ashyoviy dalillarni talab qilib oladi yoki ishda ishtirok etuvchi shaxslarga sudga taqdim etish uchun bu dalillarni olishga doir so‘rovlar beradi;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 84 — 87, 90 — 92-moddalari.
7) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning fikrlarini inobatga olgan holda, ekspertiza tayinlash va mutaxassis jalb etish to‘g‘risidagi masalani hal qiladi;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 61, 95, 102-moddalari, O‘zbekiston Respublikasining 01.06.2010-yildagi “Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi Qonuni 17-moddasi.
8) kechiktirib bo‘lmaydigan hollarda, ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilgan holda, joyga chiqib ko‘zdan kechirishni amalga oshiradi;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 88, 93, 237, 239-moddalari.
9) boshqa sudlarga sud topshiriqlari yuboradi;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 103-moddasi.
10) ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ularning protsessual huquqlari va majburiyatlarini tushuntiradi;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 39, 44, 51,53, 57, 59, 60, 62, 64-moddalari.
11) bir turdagi ishlarni birlashtirish va bir nechta talabni alohida ish yuritishga ajratish to‘g‘risidagi masalani hal qiladi;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 27, 45, 196 — 198-moddalari.
12) da’voni va dalillarni ta’minlash masalasini hal qiladi;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 76, 78, 105 — 112-moddalari.
13) taraflarni yarashtirish choralarini ko‘radi;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 166 — 169-moddalari.
14) sud majlisini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazish to‘g‘risidagi masalani hal qiladi va ishda ishtirok etuvchi shaxslarga bunday sud majlisida ishtirok etish huquqini tushuntiradi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 71-moddasi uchinchi qismi, 209-moddasi.
Sudya ishni sud muhokamasiga tayyorlash tartibida boshqa zarur protsessual harakatlarni ham amalga oshiradi.
Sudyaning ishni sud muhokamasiga tayyorlash bo‘yicha harakatlari sudya tomonidan ishda ishtirok etuvchi shaxslarni chaqirmagan holda ajrim bilan rasmiylashtiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 205-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 14-sonli “Birinchi instansiya sudi tomonidan fuqarolik protsessual qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 5-bandning to‘qqizinchi — o‘n birinchi xatboshilari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 24-avgustdagi 26-sonli “Fuqarolik ishlarini sud muhokamasiga tayyorlash to‘g‘risida”gi qarorining 3-bandi..

Download 284.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling