202-modda. Ishni sud muhokamasiga tayyorlash muddatlari
Fuqarolik ishlarini sud muhokamasiga tayyorlash ariza qabul qilingan va fuqarolik ishi qo‘zg‘atilgan kundan e’tiboran o‘n kunlik muddatdan kechiktirmay amalga oshirilishi kerak. Alohida hollarda, bu muddat o‘ta murakkab ishlar bo‘yicha sudyaning asoslantirilgan ajrimiga binoan yigirma kunga uzaytirilishi mumkin, bundan aliment undirish haqidagi, mayib bo‘lganlik yoki sog‘liqqa boshqacha tarzda shikast yetkazilganligi, shuningdek boquvchisining vafot etganligi munosabati bilan yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash hamda mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan talablar to‘g‘risidagi ishlar mustasno.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 188, 192, 193-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 14-sonli “Birinchi instansiya sudi tomonidan fuqarolik protsessual qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 6-bandi.
203-modda. Ishni tayyorlash tartibida taraflarni so‘roq qilish
Zarur bo‘lgan hollarda, ishni sud muhokamasiga tayyorlash tartibida sudya taraflarni so‘roq qilishi mumkin.
Bunda sudya:
1) da’vogarni o‘zi arz qilingan talablarning mohiyati bo‘yicha so‘roq qiladi, undan javobgar bildirishi mumkin bo‘lgan e’tirozlarni aniqlaydi va, agar bu zarur bo‘lsa, da’vogarga qo‘shimcha dalillar taqdim etishni taklif qiladi, shuningdek arz qilingan talablaridan voz kechish huquqini hamda voz kechishning huquqiy oqibatlarini tushuntiradi;
2) ishning holatlari bo‘yicha javobgarni so‘roq qiladi, da’vogarning talabiga qarshi uning qanday e’tirozlari borligini va bu e’tirozlar qanday dalillar bilan tasdiqlanishi mumkinligini aniqlaydi, shuningdek javobgarga da’vogarning talablarini tan olish yoxud qarshi talablar qo‘zg‘atish huquqini tushuntiradi, alohida murakkab ishlar bo‘yicha esa, javobgarga ish yuzasidan yozma tushuntirishlar taqdim etishni taklif qiladi. Javobgar sud majlisiga kelmagan taqdirda uning tomonidan yozma tushuntirishlar va dalillar taqdim etilmaganligi ishni ishdagi mavjud dalillar bo‘yicha ko‘rish uchun to‘sqinlik qilmaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
3) taraflardan kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv tuzish ehtimolini aniqlaydi va ularning huquqiy oqibatlarini tushuntiradi.
(203-modda ikkinchi qismining 3-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi O‘RQ-531-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 166, 199-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 24-avgustdagi 26-sonli “Fuqarolik ishlarini sud muhokamasiga tayyorlash to‘g‘risida”gi qarorining 7-bandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |