O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


Download 284.5 Kb.
bet84/194
Sana17.06.2023
Hajmi284.5 Kb.
#1552567
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   194
Bog'liq
fuqaroolik presesual kodeksi

195-modda. Arizani qaytarish
Sudya arizani va unga ilova qilingan hujjatlarni quyidagi hollarda qaytaradi, agar:
1) ariza muomalaga layoqatsiz shaxs tomonidan berilgan bo‘lsa;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 31-bobi, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 22, 30-moddalari.
2) manfaatdor shaxs nomidan berilgan ariza ish yuritish vakolatiga ega bo‘lmagan shaxs tomonidan berilgan bo‘lsa;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 65 — 70-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 129 — 131, 134, 138-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining 2010-yil 14-maydagi “Vakillikka doir fuqarolik protsessual qonunchiligi normalarining sudlar tomonidan qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi qarori.
3) ish mazkur sudning sudloviga tegishli bo‘lmasa;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 28 — 30, 33, 34-moddalari.
4) ariza ushbu Kodeksning 189-moddasida belgilangan talablarga rioya etilmagan holda berilgan bo‘lsa;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 188-moddalari.
5) bitta arizada bir yoki bir nechta javobgarga nisbatan bir nechta talab birlashtirilgan bo‘lsa, basharti bu talablar o‘zaro bog‘liq bo‘lmasa;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 27, 196-moddalari.
6) ish yuritishga qabul qilish va ishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida ajrim chiqarilguniga qadar arizachidan arizani qaytarish haqida ariza kelib tushgan bo‘lsa;
Oldingi tahrirga qarang.
7) davlat boji va pochta xarajatlari belgilangan tartibda va miqdorda to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilmagan bo‘lsa, davlat bojini to‘lashni kechiktirish mumkinligi qonunda nazarda tutilgan hollarda esa bu haqda iltimosnoma mavjud bo‘lmasa yoki iltimosnoma rad etilgan bo‘lsa;
(195-moddaning birinchi qismi 7-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi O‘RQ-496-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/496/2043-son)
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 128 — 133-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2009-yil 24-noyabrdagi 14-sonli “Fuqarolik ishlari bo‘yicha sud xarajatlarini undirish amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori.
8) mol-mulkni (ashyoni) egasiz deb topish to‘g‘risidagi ariza qonunda belgilangan muddatdan oldin yoki qonunda nazarda tutilgan mol-mulkni (ashyoni) aniqlash va hisobga olish tartibi buzib berilgan bo‘lsa;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 122-moddasi 11-bandi, 293-moddasi 8-bandi, 327 — 330-moddalari, O‘zbeiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 1157-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 14-sonli “Birinchi instansiya sudi tomonidan fuqarolik protsessual qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 3-bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
9) da’vogar nizoni javobgar bilan mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish orqali hal qilish tartibiga rioya etilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etmagan bo‘lsa, basharti bu mazkur toifadagi nizolar uchun qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa.
(195-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi O‘RQ-531-sonli Qonuniga asosan 9-band bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)
Arizani qaytarish to‘g‘risidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. Ajrim bekor qilingan taqdirda, ariza sudga dastlabki murojaat qilingan kunda berilgan deb hisoblanadi.
Arizaning qaytarilishi yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar bartaraf etilganidan keyin sudga umumiy tartibda takroran murojaat qilishga to‘sqinlik qilmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2019-yil 25-oktabrdagi 19-sonli “Fuqarolik ishlari bo‘yicha birinchi instansiya sudining ajrimlari to‘g‘risida”gi qarorining 3-bandi birinchi, uchinchi xatboshilari, 9-bandi to‘rtinchi xatboshisi, 15-bandi birinchi, to‘rtinchi xatboshilari.

Download 284.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling