O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari


-Mavzu: O’quv dasturining xududiy komponentini rejalashtirish va joriy etish Reja


Download 1.39 Mb.
bet59/61
Sana11.01.2023
Hajmi1.39 Mb.
#1087709
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   61
Bog'liq
Davlat talablari majmua

30-Mavzu: O’quv dasturining xududiy komponentini rejalashtirish va joriy etish
Reja:

  1. Maktabgacha ta’lim tizimidagi o’quv dasturlarning tasnifi

  2. Ta’lim dasturlari ishlab chiqish texnalogiyasi

  3. MTTda ta’lim dasturiga kiritish uchun Xududiy tarkibiy qismni ishlab chiqish


Maktabgacha ta’lim tizimidagi o’quv dasturlarning tasnifi .

“Dastur” so’zi yunon tilidan olingan bo’lib, bo’lajak voqealar va harakatlarning dastlabki tavsifi ma’nosini bildiradi. Dastur o’quv-metodik hujjatlarning komponenti bo’lib, barcha ta’lim jarayonining ishtirokchilarini ta’lim faoliyatining mazmuni va rejalashtirilgan natijalari haqida xabardor etish vazifasini bajaradi hamda ta’lim jarayonini rejalashtirishning asosi bo’lib xizmat qiladi.


O’zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim tizimining asosiy dasturi- “Ilkqadam” Davlat o`quv dasturi. Ushbu dasturning mazmuni murakkablik talablariga javob beradi, ya’ni u bola shaxsi rivojlanishining barcha asosiy yo’nalishlarini o’z ichiga oladi:
Jismoniy rivojlanish va sog’lom turmush tarzini shakllantirish;
Ijtimoiy va hissiy rivojlanish;
Nutq, muloqot, o’qish va yozish ko’nikmalari;
Bilish (anglash) orqali rivojlanish;
Ijodiy rivojlanish
Shunday qilib asosiy dastur umumiy rivojlanish vazifalarini va boshlang’ich ta’lim xizmatlarini amalga oshirish doirasida, O’zbekiston Respublikasining Davlat talablariga muofiq, umumiy rivojlanish vazifalarining barchasini va ilk yoshdagi bolalarni tarbiyalash faoliyatining mohiyatlarini belgilaydi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida asosiy ta’lim faoliyatini tashkil etish doirasida maxsus dasturlar qo’llanilishi mumkin. Ta’lim jarayonini tashkil etishda asosiy o’rinni korreksion yo’nalishdagi dasturlar egallaydi. Korreksion yo`nalishdagi dasturda bolalarning hayotini o’zgartiradigan zarur o’zgarishlar maktabgacha ta’lim tashkiloti guruhlarida rivojlantiruvchi muhitni hamda taxminiy kun tartiblarini tashkil etish alohida o`rin egallaydi.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti o’zinin ustuvor maqsadlari va vazifalariga muoviq, bazaviy tashkilotlar bilan bir qatorda, uning maqomini belgilaydigan asosiy ta’lim dasturlaridan tashqari tegishli qo`shimcha ta’lim dasturlari asosida amalga oshiriladigan qo’shimcha ta’lim xizmatlarini ham ko’rsatishi mumkin.
Qo`shimcha ta’lim dasturlarini amalga oshirish asosida qo`shimcha ta’lim xizmatlarini (Pullik, bepul) taqdim etish faqat ota-onalarning (ularning qonuniy bakillarining iltimosiga binoan, ular bilan shartnoma tuzish orqali amalga oshiriladi.

Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling