O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari


Download 1.39 Mb.
bet60/61
Sana11.01.2023
Hajmi1.39 Mb.
#1087709
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   61
Bog'liq
Davlat talablari majmua

Qo`shimcha dasturlarga turli ta’lim yo`nalishidagi dasturlar kiritiladi:badiiy va estetik, etnik-madaniy, intelektual rivojlanish, komunikativ va nuqt, atrof-muhit va ekologik, sportva fitnes, korreksionning turli yo’nalishlari va boshqalar.
Ta’lim dasturlari ishlab chiqish texnalogiyasi

Dastur-pedagoglar (tarbiyachilar va mutaxassislar) “Ilk qadam” DO’Dning tamoyillari. Davlat talablariga muvofiq, bolalarning muayyan yoshdagi guruhlari uchun ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishning shakl va usullarini eng maqbulini aniqlaydigan vositadir.


Dastur bolalarning ta’lim ehtiyojlari va rivojlanish xususiyatlarini hisobga olgan holda yoki masalan, hududning, maktabgacha ta’lim tashkilotining o’ziga xos sharoitlarini hisobga olgan holda o`z pedagogik modelini yaratishni ko`rsatishi kerak.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti, o`z Nizomiga muofiq, ta’lim dasturining mazmunini aniqlashda quyidagi vazifalarni hal qiladi:

  • bolalar, shu jumladan alohida yordamga muhtoj bo’lgan bolalar uchun qulay muhit yaratish, individual ta’lim dasturlarini, shuningdek zamonaviy inklyuziv maktabgacha ta’lim va tarbiya ehtiyojlarini qondirish;

  • bolalar, shu jumladan, alohida ehtiyojmand bolalar uchun individual dastur asosida zamonaviy inklyuziv ta’lim-tarbiyani olish uchun qulay sharoitni yaratish;

  • bolalarda Vatanga muhabbat, oilaga, o’z xalqining milliy, tarixiy madaniy qadriyatlariga, atrof-muhitga hurmat tuyg`ularini shakllantirish;

  • bolalarning turli millatlarning, urf-odatlari to’g’risidagi bilimlarini shaklantirish;

  • bolaning shaxsiyatini shakllantirish, uning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish;

  • bolaning ijtimoiy moslashuvi va uning boshlang’ich ta’limga tayyorligini ta’minlash;

  • zamonaviy ta’lim dasturlari va texnalogiyalarini ta’lim-tarbiya jarayoniga joriy etish.

Ta’lim dasturlarining barcha turlarida bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotida bo’ish davrida quyidagi faoliyatar tashkil etilishi ta’minlaydi:

  • Rivojlanish markazlarida bolalar faoliyati turlarini tashkil etish

  • Umumiy guruhlardagi faoliyatlar

  • Tarbiyalanuvchilarning ixtiyoriy faoliyati

  • Kun davomida bolalarning bo`sh vaqtini tashkil qilish.

Shunday qilib, maktabgacha ta’lim tashkilotlari o’zlarining ta’lim dasturlarini ishlab chiqish uchun turli parsial va kompleks ta’lim dasturlaridan foydalanishlari yoki o’zlarining ta’lim dasturlariga mualliflik dasturlarini kiritishi mumkin. Tabiiyki ta’lim dasturlarini ishlab chiqishda ko’pchilik tashkilotlar mavjud ta’lim dasturini saqlab qolishga intiladilar. Chunki to`plangan bu tajriba va mavjud resuruslardan foydalanish mamuriyat va pedagoglarning say-harakatlarini tejashga imkon beradi.

Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling