O‘zbekiston respublikasining iqtisodiy protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/183
Sana26.02.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1231972
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   183
Bog'liq
Iqtisodiy protsessual kodeksi

231-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi
berishni rad etish asoslari
Iqtisodiy sud hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi
berishni hakamlik sudining hal qiluv qarori hakamlik muhokamasi taraflaridan qaysi biriga qarshi
qabul qilingan bo‘lsa, o‘sha taraf quyidagilarni isbotlovchi dalillarni taqdim etgan hollardagina rad
etadi:
1) hakamlik bitimi qonunda nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra haqiqiy emasligini;
2) hakamlik sudi hal qiluv qarorining hakamlik bitimida nazarda tutilmagan yoki uning
shartlariga to‘g‘ri kelmaydigan nizo bo‘yicha chiqarilganligini yoxud unda hakamlik bitimi
doirasidan chetga chiquvchi masalalar bo‘yicha xulosalar mavjudligini. Agar hakamlik sudining hal
qiluv qarorida hakamlik bitimi bilan qamrab olinadigan masalalar bo‘yicha xulosalarni bunday
bitim bilan qamrab olinmaydigan masalalar bo‘yicha xulosalardan ajratib olish mumkin bo‘lsa,
iqtisodiy sud hakamlik sudi hal qiluv qarorining faqat hakamlik bitimi bilan qamrab olinadigan
masalalar bo‘yicha xulosalar bo‘lgan qismi uchun ijro varaqasi beradi;
3) hakamlik sudi tarkibi yoki hakamlik muhokamasi “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi
O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 
14

15

16
va 
25-moddalari 
qoidalariga muvofiq emasligini;
4) hakamlik sudining hal qiluv qarori “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi
Qonuni 10-moddasining 
birinchi
 va 
uchinchi qismlari 
talablari buzilgan holda chiqarilganligini;
5) hakamlik sudining hal qiluv qarori hakamlik muhokamasi taraflaridan qaysi biriga qarshi
qabul qilingan bo‘lsa, o‘sha taraf hakamlik sudyalarini saylash (tayinlash) to‘g‘risida yoki hakamlik
sudi majlisining vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilinmaganligini hamda shu sababli u
hakamlik sudiga o‘z tushuntirishlarini taqdim eta olmaganligini;
6) hakamlik sudining hal qiluv qarori hakamlik muhokamasi taraflari uchun hali majburiy
bo‘lmaganligini yoki bekor qilinganligini yoxud uning ijrosi iqtisodiy sud yoki fuqarolik ishlari
bo‘yicha sud tomonidan to‘xtatib turilganligini.
Agar hakamlik sudi tomonidan ko‘rib chiqilgan nizo qonunga muvofiq hakamlik
muhokamasining predmeti bo‘lmasa yoki nizo hakamlik sudi tomonidan “Hakamlik sudlari
to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 
5-moddasi 
talablarini buzgan holda ko‘rib
chiqilgan bo‘lsa yoxud hakamlik sudi ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan shaxslarning huquq va
majburiyatlari to‘g‘risida hal qiluv qarorini qabul qilgan bo‘lsa, iqtisodiy sud hakamlik sudining hal
qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berishni rad etadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 
228 — 230

232-moddalari
, O‘zbekiston Respublikasi “Hakamlik sudlari
to‘g‘risida”gi Qonunining 
53-moddasi
.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2012-yil
15-iyundagi 238-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan protsessual muddatlarga oid qonun normalarini


qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 
3

18-bandlari
.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling