O‘zbekiston respublikasining iqtisodiy protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


 -bob. Arbitraj muhokamasi bilan bog‘liq ishlarni yuritish


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/183
Sana26.02.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1231972
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   183
Bog'liq
Iqtisodiy protsessual kodeksi

29 -bob. Arbitraj muhokamasi bilan bog‘liq ishlarni yuritish
1-§. Arbitraj muhokamasiga ko‘maklashish bilan bog‘liq ishlarni yuritish
232 -modda. Arbitraj muhokamasiga ko‘maklashish bilan bog‘liq ishlarni ko‘rib
chiqishning umumiy qoidalari
Ushbu bobda belgilangan qoidalar arbitraj muhokamasi taraflarining arbitrni tayinlash,
arbitrni rad etishni qanoatlantirish, arbitr vakolatlarining amal qilishini tugatish xususida qaror
qabul qilish, arbitraj sudining yurisdiksiyasi masalasi yuzasidan qarorlar qabul qilish, ta’minlash
choralarini tan olish va ijroga qaratish, ta’minlash choralarini ko‘rish, dalillarni olishga ko‘maklashish
to‘g‘risidagi arizalari iqtisodiy sud tomonidan ko‘rib chiqilayotganda qo‘llaniladi.
232 -modda. Arizaning shakli va mazmuni
Ushbu Kodeksning 
232 -moddasida
ko‘rsatilgan arizalar yozma shaklda beriladi va arbitraj
muhokamasining tarafi yoki uning vakili tomonidan imzolanishi kerak, arbitraj sudi tomonidan
dalillarni olishga ko‘maklashish to‘g‘risida berilgan ariza esa raislik qiluvchi arbitr tomonidan
imzolanishi kerak.
Arizada quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak:
1
1
2
1


1) ariza berilayotgan iqtisodiy sudning nomi;
2) arbitraj sudining nomi, arbitrajning joylashgan eri va tarkibi;
3) arbitraj muhokamasi taraflarining nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi), ularning
joylashgan eri (pochta manzili) yoki yashash joyi;
4) talabga asos bo‘lgan holatlar;
5) talabning asoslarini tasdiqlovchi dalillar;
6) ilova qilinayotgan hujjatlarning ro‘yxati.
Dalillarni olishga ko‘maklashish to‘g‘risidagi arizada ish uchun ahamiyatli bo‘lgan qaysi
holatlar ushbu dalil bilan aniqlanishi mumkinligi ham ko‘rsatilgan bo‘lishi, dalil belgilanishi va uning
turgan eri ko‘rsatilishi kerak.
Arizada taraflarning telefonlari, fakslari raqamlari, elektron manzili va boshqa ma’lumotlari
ko‘rsatilishi mumkin.
Agar ariza arbitraj muhokamasi tarafining vakili tomonidan berilgan bo‘lsa, arizaga vakilning
arizani imzolashga bo‘lgan vakolatini tasdiqlovchi ishonchnoma ilova qilinadi.
Arbitrni tayinlash, arbitrni rad etishni qanoatlantirish, arbitraj sudining yurisdiksiyasi masalasi
yuzasidan qarorlar qabul qilish haqidagi ariza “Xalqaro tijorat arbitraji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston
Respublikasi Qonunining 
16

18
va 
21-moddalarida 
ko‘rsatilgan muddat ichida berilishi mumkin.
Ko‘rsatilgan muddat iqtisodiy sud tomonidan uzrli deb topilgan sabablarga ko‘ra o‘tkazib
yuborilgan taqdirda, o‘tkazib yuborilgan muddat tiklanishi mumkin.
Ushbu Kodeksning 
232 -moddasida
, ushbu moddaning birinchi, ikkinchi, uchinchi va
beshinchi qismlarida nazarda tutilgan talablarga rioya etilmagan taqdirda, ariza ushbu Kodeksning
155-moddasida
 nazarda tutilgan qoidalar bo‘yicha arizachiga qaytariladi.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling