O‘zbekiston respublikasining iqtisodiy protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


 -modda. Arizaga ilova qilinadigan hujjatlar


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/183
Sana26.02.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1231972
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   183
Bog'liq
Iqtisodiy protsessual kodeksi

232 -modda. Arizaga ilova qilinadigan hujjatlar
Ushbu Kodeksning 
232 -moddasida
 ko‘rsatilgan arizalarga quyidagilar ilova qilinadi:
1) arbitraj bitimining asl nusxasi yoki uning tegishli tarzda tasdiqlangan ko‘chirma nusxasi;
2) pochta xarajatlari belgilangan tartibda va miqdorda to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatlar;
3) arizaning ko‘chirma nusxasi arbitraj muhokamasining boshqa tarafiga topshirilganligi
haqidagi xabarnoma yoki xabarnoma yuborilganligini tasdiqlovchi boshqa hujjat.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan hujjatlardan tashqari arizaga quyidagilar
ilova qilinadi:
1) arbitrni tayinlash to‘g‘risidagi arizaga — arbitraj sudiga da’vo taqdim etilganligining dalillari;
arizachi (arbitraj muhokamasi taraflari) tomonidan arbitr tayinlanganligi yoxud arbitrni tayinlash
tartib-taomiliga rioya etilmaganligi dalillari;
2) arbitrni rad etishni qanoatlantirish haqidagi arizaga — arbitraj sudiga da’vo taqdim
etilganligining dalillari; arbitrni rad etish haqidagi iltimosnomani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha
arbitraj sudi ajrimining tasdiqlangan ko‘chirma nusxasi. Doimiy arbitraj muassasasi ajrimining
ko‘chirma nusxasi ushbu arbitraj muassasasining rahbari tomonidan tasdiqlanadi, muayyan nizoni
hal qilish uchun tashkil etilgan arbitraj sudi ajrimining ko‘chirma nusxasidagi arbitr imzosi notarial
tartibda tasdiqlangan bo‘lishi kerak;
3) arbitr vakolatlarining amal qilishini tugatish xususida qaror qabul qilish to‘g‘risidagi arizaga
— arbitraj sudiga da’vo taqdim etilganligining dalillari; arbitr o‘z vazifalarini bajarishi mumkin
emasligini tasdiqlovchi dalil yoki arbitrning o‘z vazifalarini amalga oshirishga asossiz ravishda
kechikishsiz kirishmaganligini tasdiqlovchi dalil;
4) arbitraj sudining yurisdiksiyasi masalasi yuzasidan qarorlar qabul qilish haqidagi arizaga —
arbitraj sudining o‘z yurisdiksiyasi haqidagi ajrimining tasdiqlangan ko‘chirma nusxasi. Doimiy
arbitraj muassasasi ajrimining ko‘chirma nusxasi ushbu arbitraj muassasasining rahbari tomonidan
tasdiqlanadi, muayyan nizoni hal qilish uchun tashkil etilgan arbitraj sudi ajrimining ko‘chirma
nusxasidagi arbitr imzosi notarial tartibda tasdiqlangan bo‘lishi kerak;
5) ta’minlash choralarini tan olish va ijroga qaratish to‘g‘risidagi arizaga — arbitraj sudining
ta’minlash choralari ko‘rilganligi haqidagi ajrimining tasdiqlangan ko‘chirma nusxasi. Doimiy
3
3
1


arbitraj muassasasi ajrimining ko‘chirma nusxasi ushbu arbitraj muassasasining rahbari tomonidan
tasdiqlanadi, muayyan nizoni hal qilish uchun tashkil etilgan arbitraj sudi ajrimining ko‘chirma
nusxasidagi arbitr imzosi notarial tartibda tasdiqlangan bo‘lishi kerak;
6) ta’minlash choralarini ko‘rish haqidagi arizaga — arbitraj sudiga da’vo taqdim
etilganligining dalillari;
7) dalillarni olishga ko‘maklashish to‘g‘risidagi arizaga — arbitraj sudining ish yurituvida nizo
mavjud bo‘lib, uni hal etish uchun dalillar zarurligi va bu dalillarni olish uchun ko‘maklashish haqida
ariza berilganligining dalili.
Chet tilida tuzilgan hujjatlarni iqtisodiy sudga taqdim etishda ushbu hujjatlarga ularning
davlat tilidagi yoki iqtisodiy sud ishlari yuritilayotgan tildagi tegishli tarzda tasdiqlangan tarjimasi
qo‘shib topshirilishi kerak.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling