O‘zbekiston respublikasining jinoyat kodeksi umumiy qism birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Jinoyat kodeksining vazifalari va prinsiplari


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/272
Sana18.06.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1567596
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   272
Bog'liq
Jinoyat

UChINChI BO‘LIM
QILMIShNING JINOIYLIGINI ISTISNO QILADIGAN HOLATLAR
IX bob. Qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlar tushunchasi va turlari
35-modda. Qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlar tushunchasi
Qilmishda ushbu Kodeksda nazarda tutilgan alomatlar rasmiy jihatdan mavjud bo‘lsa-
da, lekin u ijtimoiy xavfli, g‘ayriqonuniy yoki aybli bo‘lmasa, qilmishning jinoiyligini istisno
qiladigan holatlar deb topiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
14-moddasi
.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Quyidagi holatlar, ya’ni kam ahamiyatli qilmishlar; zaruriy mudofaa; oxirgi zarurat;
ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash chog‘ida zarar yetkazish; buyruqni yoki
boshqacha tarzdagi vazifani bajarish; kasb yoki xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan asosli
tavakkalchilik; jismoniy yoki ruhiy majburlash yoxud qo‘rqitish natijasida qilmish sodir etish
jinoyatni istisno qiluvchi holatlar deb topiladi.
(35-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi O‘RQ-459-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 
03/18/459
/0536-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
36 — 41-moddalari
.
36-modda. Kam ahamiyatli qilmishlar
Garchi ushbu Kodeksda jinoyat sifatida nazarda tutilgan qilmishning alomatlari mavjud
bo‘lsa-da, o‘zining kam ahamiyatliligi tufayli ijtimoiy xavfli bo‘lmagan harakat yoki harakatsizlik
jinoyat deb topilmaydi.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 27-
fevraldagi 3-sonli “Qonunga xilof ravishda qurolga egalik qilish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud
amaliyoti haqida”gi qarori 13-bandining 
ikkinchi xatboshisi
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi
Plenumining 2014-yil 23-maydagi 07-sonli “Sud hukmi to‘g‘risida”gi qarori 9-bandining 
uchinchi
xatboshisi
.
08/02/23, 15:24
Стр. 12 из 228



Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling