O‘zbekiston respublikasining jinoyat kodeksi umumiy qism birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Jinoyat kodeksining vazifalari va prinsiplari


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/272
Sana18.06.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1567596
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   272
Bog'liq
Jinoyat

37-modda. Zaruriy mudofaa
Zaruriy mudofaa holatida sodir etilgan, ya’ni mudofaalanuvchi yoxud boshqa kishining
shaxsi yoki huquqlarini, jamiyat yoki davlat manfaatlarini qonunga xilof tajovuzlardan
tajovuzchiga zarar yetkazgan holda himoya qilish chog‘ida qilingan harakat, agar zaruriy
mudofaa chegarasidan chetga chiqilmagan bo‘lsa, jinoyat deb topilmaydi.
Tajovuzning xususiyati va xavfliligi darajasiga butunlay muvofiq kelmaydigan mudofaa,
zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqish deb topiladi.
Boshqa shaxslarga yoki hokimiyat organlariga yordam so‘rab murojaat qilish yoxud
tajovuzdan o‘zga yo‘sinda qutulish imkoniyati bor-yo‘qligidan qat’i nazar, zaruriy mudofaa
huquqi shaxsga tegishlidir.
Zarar yetkazish maqsadida qasddan hujum qilish istagini qo‘zg‘atish zaruriy mudofaa
deb topilmaydi.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 20-
dekabrdagi 39-sonli “Ijtimoiy xavfli tajovuzlardan zaruriy mudofaa huquqini ta’minlovchi qonunlarni
sudlar tomonidan qo‘llanishi haqida”gi 
qarori
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil
24-sentabrdagi 13-sonli “Qasddan odam o‘ldirishga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi
qarorining 
24-bandi
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 27-iyundagi 6-sonli
“Badanga qasddan shikast yetkazishga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 
23-
bandi
.
38-modda. Oxirgi zarurat
Oxirgi zarurat holatida, ya’ni shaxsning yoki boshqa fuqarolarning shaxsiga yoxud
huquqlariga, jamiyat yoki davlat manfaatlariga tahdid soluvchi xavfni qaytarish uchun qonun
bilan qo‘riqlanadigan huquq va manfaatlarga zarar yetkazgan holda sodir etilgan qilmish,
basharti, shu xavfni o‘sha holatda boshqa choralar bilan qaytarishning iloji bo‘lmasa hamda
keltirilgan zarar oldi olingan zararga qaraganda kamroq bo‘lsa, jinoyat deb topilmaydi.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-
maydagi 07-sonli “Sud hukmi to‘g‘risida”gi qarori 9-bandining 
to‘rtinchi xatboshisi
.
Shaxsning oxirgi zarurat holatida sodir etgan qilmishi, basharti, oxirgi zarurat
chegarasidan chetga chiqilmagan bo‘lsa, qonuniy deb topiladi.
Agar boshqa vositalar orqali xavfning oldini olish mumkin bo‘lsa yoki keltirilgan zarar
oldi olingan zarardan oshib ketsa, qonun bilan qo‘riqlanadigan huquq va manfaatlarga
bunday zarar yetkazish oxirgi zarurat chegarasidan chetga chiqish deb topiladi.
Oxirgi zarurat holatida sodir etilgan qilmishning qonuniyligini baholashda oldi olinishi
lozim bo‘lgan xavfning xususiyati va xavflilik darajasi, shunday xavfning haqiqatan mavjud
yoki mavjud emasligi va yuz berish vaqtining yaqinligi, xavfni qaytaruvchi shaxsning mavjud
imkoniyatlari, vujudga kelgan vaziyatdagi ruhiy holati va ishning boshqa holatlari hisobga
olinadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
(38-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi O‘RQ-459-
sonli 
Qonuniga 
asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y.,
03/18/459
/0536-son)

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling