O‘zbekiston respublikasining jinoyat kodeksi umumiy qism birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Jinoyat kodeksining vazifalari va prinsiplari


-modda. Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash vaqtida zarar


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/272
Sana18.06.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1567596
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   272
Bog'liq
Jinoyat

39-modda. Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash vaqtida zarar
yetkazish
Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni hokimiyat organlariga topshirish maqsadida
ushlash vaqtida unga zarar yetkazish, agar uni ushlash uchun zarur bo‘lgan choralarning
chegarasidan chetga chiqilmagan bo‘lsa, jinoyat deb topilmaydi.
 LexUZ sharhi
08/02/23, 15:24
Стр. 13 из 228


Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-
maydagi 07-sonli “Sud hukmi to‘g‘risida”gi qarori 9-bandining 
beshinchi xatboshisi
, O‘zbekiston
Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 24-sentabrdagi 13-sonli “Qasddan odam o‘ldirishga oid
ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 
24-bandi
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi
Plenumining 2007-yil 27-iyundagi 6-sonli “Badanga qasddan shikast yetkazishga oid ishlar bo‘yicha
sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 
23-bandi
.
Ushlash vositalari va usullariga, qilmishning hamda uni sodir etgan shaxsning xavflilik
darajasiga, shuningdek ushlash sharoitiga butunlay mos kelmaydigan, ushlash zarurati
taqozo etmagan holda ushlanayotgan shaxsga qasddan zarar yetkazish ushlash choralari
chegarasidan chetga chiqish deb topiladi.
Ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan shaxsni ushlash vaqtida unga yetkazilgan zararning
qonuniyligini baholashda, qilmishni sodir etgan shaxsning ushlanishdan qochish maqsadida
qilgan harakatlari, ushlovchining kuchi va imkoniyatlari, ruhiy holati va ushlash bilan bog‘liq
bo‘lgan boshqa holatlar hisobga olinadi.
Maxsus vakolatli shaxslar bilan bir qatorda jabrlanuvchi va boshqa fuqarolar ham ijtimoiy
xavfli qilmishni sodir etgan shaxsni ushlash huquqiga egadirlar.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 
222-moddasi
.

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling