67-modda. Kasallik tufayli javobgarlikdan ozod qilish
Oldingi
tahrirga qarang.
Agar jinoyat sodir etgan shaxsda hukm chiqarilguniga qadar o‘z harakatlarining
ahamiyatini anglay olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan tarzda ruhiy holatning
buzilishi yuzaga kelgan bo‘lsa, u javobgarlikdan ozod qilinadi.
(67-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrdagi O‘RQ-567-
sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y.,
03/19/567
/3737-son)
Bunday shaxsga nisbatan sud tomonidan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari
qo‘llanilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 84-moddasining
uchinchi qismi
.
Bunday shaxs ushbu Kodeksning
64-moddasida
nazarda tutilgan muddatlar o‘tmasdan
tuzalsa, javobgarlikka tortiladi. Bunday holda javobgarlikka tortish muddatlari sud tomonidan
tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasi qo‘llanilgan kundan hisoblanadi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 12-
dekabrdagi 23-sonli “Ruhiy kasallikka chalingan shaxslarga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov
choralarini qo‘llash bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi
qarori
.
68-modda. Amnistiya akti asosida javobgarlikdan ozod qilish
Jinoyat sodir etgan shaxs amnistiya akti asosida javobgarlikdan ozod qilinishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 84-moddasi birinchi qismining
2-
bandi
.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil
22-dekabrdagi 16-sonli “Sudlar tomonidan amnistiya aktlarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”
gi
qarori
.
Do'stlaringiz bilan baham: |