O‘zbekiston respublikasining konsullik ustavini tasdiqlash to‘G‘risida
-modda. Konsullikning O‘zbekiston Respublikasining ushlab turilgan, qamoqqa
Download 189.81 Kb. Pdf ko'rish
|
O‘RQ-517-сон 17.01.2019. O‘zbekiston Respublikasining Konsullik ustavini tasdiqlash to‘g‘risida
23-modda. Konsullikning O‘zbekiston Respublikasining ushlab turilgan, qamoqqa
olingan, ma’muriy qamoqqa olingan va ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan yoxud bedarak yo‘qolgan fuqarolariga taalluqli funksiyalari Konsullik muassasasi joylashgan davlat hududida turgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi ushlab turilganligi, qamoqqa olinganligi, ma’muriy qamoqqa olinganligi yoki ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinganligi to‘g‘risida ma’lumotlar olingan taqdirda, konsullikning mansabdor shaxsi: 1) konsullik muassasasi joylashgan davlatning vakolatli organlari orqali fuqaro (familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi va joyi, yashash joyi, O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansubligi) to‘g‘risida, shuningdek ish holatlari haqida axborot oladi; 2) mazkur fakt to‘g‘risida konsullik muassasasining boshlig‘ini, zarur hollarda esa O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasasi joylashgan davlatdagi diplomatik vakolatxonasini xabardor qiladi; 3) O‘zbekiston Respublikasi fuqarosini tegishli yuridik yordam bilan ta’minlash bo‘yicha choralar ko‘radi; 4) O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bilan uchrashish uchun choralar ko‘radi; Oldingi tahrirga qarang. 5) O‘zbekiston Respublikasi fuqarosiga yo‘llangan xat-xabarlar va posilkalarning topshirilishiga xalqaro huquq va konsullik muassasasi joylashgan davlatning qonunchiligi yo‘l qo‘yadigan doiralarda ko‘maklashadi. (23-modda birinchi qismining 5-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683- sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Oldingi tahrirga qarang. Konsullikning mansabdor shaxsi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bilan shaxsan uchrashuv chog‘ida bunday fuqaroga nisbatan xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan prinsiplari va normalariga, O‘zbekiston Respublikasi va konsullik muassasasi joylashgan davlat ishtirokchi bo‘lgan xalqaro shartnomalar qoidalariga hamda konsullik muassasasi joylashgan davlatning qonunchiligiga rioya etilayotganligiga ishonch hosil qilishi kerak. Agar ushlab turilgan, qamoqqa olingan, ma’muriy qamoqqa olingan yoki ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining huquqlari buzilayotgan bo‘lsa, konsullikning mansabdor shaxsi xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan prinsiplari hamda normalariga, O‘zbekiston Respublikasi va konsullik muassasasi joylashgan davlat ishtirokchi bo‘lgan xalqaro shartnomalarga muvofiq, o‘z vakolatlari doirasida huquqlarni tiklash yuzasidan konsullik muassasasi joylashgan davlatning qonunchiligida yo‘l qo‘yiladigan choralarni ko‘radi. (23-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Konsullikning mansabdor shaxsi, zarur hollarda va O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishilgan holda, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi qaysi davlatda jazoni o‘tayotgan yoki sud qarorining ijro etilishini kutayotgan bo‘lsa, o‘sha davlatning hokimiyat organlariga afv etish, muddatidan ilgari ozod qilish yoxud sud qarorini ijro etishni to‘xtatib turish haqidagi iltimosnoma bilan, agar O‘zbekiston Respublikasining mazkur davlat bilan xalqaro shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, murojaat etishi mumkin. Konsullikning mansabdor shaxsi ushlab turilgan, qamoqqa olingan, ma’muriy qamoqqa olingan yoki ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi nomidan har qanday choralar ko‘rishdan, agar mazkur fuqaro bunday choralar ko‘rilishiga qarshi e’tiroz bildirsa, tiyilib turadi. Konsullik muassasasining boshlig‘i yoki O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasasi joylashgan davlatdagi diplomatik vakolatxonasi boshlig‘i ushlab turilgan, qamoqqa olingan, ma’muriy qamoqqa olingan yoki ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosiga nisbatan ko‘rilgan choralar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligini xabardor qiladi. Konsullikning mansabdor shaxsi O‘zbekiston Respublikasining bedarak yo‘qolgan, tegishli konsullik okrugi hududida turgan bo‘lishi mumkinligi haqida ma’lumotlar mavjud bo‘lgan fuqarolarini qidirishda yordam ko‘rsatilishini so‘rab konsullik muassasasi joylashgan davlatning vakolatli organlariga darhol murojaat etadi. Download 189.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling