Konsullikning mansabdor shaxsi faoliyati samaradorligini baholash
mezonlari qonunchilikda
belgilanadi.
(37-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
38-modda. Ushbu Konsullik ustavi normalarini buzganlik uchun javobgarlik
Ushbu Konsullik ustavi normalarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda
javobgar bo‘ladi.
39-modda. Konsullik yig‘imlari va haqiqiy xarajatlarning o‘rnini qoplash hisobidan
yig‘imlar
Konsullik harakatlarini amalga oshirganlik uchun konsullik yig‘imlari, shuningdek ko‘rsatilgan
harakatlar amalga oshirilganligi bilan bog‘liq haqiqiy xarajatlarning o‘rnini qoplash hisobidan
yig‘imlar undiriladi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Konsullik harakatlarini amalga oshirganlik uchun konsullik yig‘imlari va haqiqiy xarajatlarning
o‘rnini qoplash hisobidan undiriladigan yig‘imlar O‘zbekiston Respublikasining
qonunchiligiga
muvofiq foydalaniladi.
(39-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Konsullik yig‘imlarining tariflari O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan
tasdiqlanadi. Konsullik harakatlari amalga oshirilganligi bilan bog‘liq haqiqiy xarajatlarning o‘rnini
qoplash hisobidan yig‘imlarning miqdorlari O‘zbekiston Respublikasining
konsullik muassasasi
joylashgan davlatdagi konsullik muassasasi boshlig‘i yoki diplomatik vakolatxonasi boshlig‘i
tomonidan ko‘rsatilgan yig‘imlar stavkalarini hisoblashning O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar
vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan yagona uslubiyoti asosida tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi konsullik muassasasining boshlig‘i va diplomatik vakolatxonasining
boshlig‘i konsullik yig‘imlarining va konsullik harakatlari amalga oshirilganligi bilan bog‘liq
haqiqiy
xarajatlar o‘rnini qoplash hisobidan yig‘imlarning stavkalarini pasaytirishga
yoki ayrim shaxslarni
bunday yig‘imlarni to‘lashdan ularning arizalariga ko‘ra, agar ushbu shaxslar tomonidan
ko‘rsatilgan sabablar aniqlansa va uzrli deb topilsa, ozod qilishga haqli.
Oldingi
tahrirga qarang.
Konsullik yig‘imlari va konsullik harakatlari amalga oshirilganligi bilan bog‘liq haqiqiy
xarajatlarning o‘rnini qoplash hisobidan yig‘imlar O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida,
shuningdek O‘zbekiston Respublikasi va konsullik muassasasi joylashgan davlat ishtirokchi bo‘lgan
xalqaro shartnomalarda nazarda tutilgan hollarda undirilmaydi.
(39-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Do'stlaringiz bilan baham: