O‘zbekiston respublikasining konsullik ustavini tasdiqlash to‘G‘risida


-modda. Konsullik okrugi hududida tabiiy va texnogen xususiyatga ega favqulodda


Download 189.81 Kb.
Pdf ko'rish
bet18/22
Sana17.06.2023
Hajmi189.81 Kb.
#1519993
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
O‘RQ-517-сон 17.01.2019. O‘zbekiston Respublikasining Konsullik ustavini tasdiqlash to‘g‘risida

32-modda. Konsullik okrugi hududida tabiiy va texnogen xususiyatga ega favqulodda
vaziyatlar, qurolli mojarolar, ommaviy tartibsizliklar vujudga kelganda va terrorchilik
harakatlari sodir etilganda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xavfsizligini ta’minlash
yuzasidan konsullikning funksiyalari
Konsullikning mansabdor shaxsi tabiiy va texnogen xususiyatga ega favqulodda vaziyatlar,
qurolli mojarolar, ommaviy tartibsizliklar vujudga kelgan va terrorchilik harakatlari sodir etilgan
zonalarda qolgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek bu zonalardagi vaziyatning rivoji
haqida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligini o‘z vaqtida xabardor qiladi.


Konsullikning mansabdor shaxsi tabiiy va texnogen xususiyatga ega favqulodda vaziyatlar,
qurolli mojarolar, ommaviy tartibsizliklar vujudga kelganda yoki ularning vujudga kelish xavfi
bo‘lganda, shuningdek terrorchilik harakatlari sodir etilganda yoki ularning sodir etilish xavfi
bo‘lganda konsullik okrugi hududidagi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xavfsizligini
ta’minlash bo‘yicha choralar ko‘radi.
Konsullikning mansabdor shaxsi, zarur bo‘lgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi
fuqarolarining yaqin xavfsiz zonaga evakuatsiya qilinishini tashkil etish yoki ularning O‘zbekiston
Respublikasiga qaytarilishini ta’minlash, shuningdek halok bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi
fuqarolarining tanalarini O‘zbekiston Respublikasiga jo‘natish bo‘yicha choralar ko‘radi.
33-modda. Konsullikning sanitar himoya sohasiga oid funksiyalari
Konsullik okrugi doirasida karantinli yuqumli kasalliklar paydo bo‘lgan taqdirda konsullikning
mansabdor shaxsi kasallik tarqalgan hududning nomini, kasallikka chalinganlar sonini va konsullik
muassasasi joylashgan davlatning vakolatli organlari tomonidan amalga oshirilayotgan
epidemiyaga qarshi tadbirlarni ko‘rsatgan holda bu haqda darhol O‘zbekiston Respublikasi Tashqi
ishlar vazirligiga xabar qiladi.

Download 189.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling