O‘zbekiston respublikasining konsullik ustavini tasdiqlash to‘G‘risida


-bob. O‘zbekiston Respublikasining faxriy konsuli


Download 189.81 Kb.
Pdf ko'rish
bet21/22
Sana17.06.2023
Hajmi189.81 Kb.
#1519993
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
O‘RQ-517-сон 17.01.2019. O‘zbekiston Respublikasining Konsullik ustavini tasdiqlash to‘g‘risida

5-bob. O‘zbekiston Respublikasining faxriy konsuli
40-modda. O‘zbekiston Respublikasi faxriy konsulining maqomi
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi konsullik muassasasi joylashgan davlatning
roziligi bilan ayrim konsullik funksiyalarini bajarishni O‘zbekiston Respublikasining faxriy konsuliga
(bundan buyon matnda Faxriy konsul deb yuritiladi) topshirishi mumkin.
Konsullik muassasasi joylashgan davlatda munosib ijtimoiy mavqeni egallagan va zarur
shaxsiy fazilatlarga ega, shuningdek zimmasiga yuklatilgan konsullik funksiyalarini lozim darajada
bajarish imkoniyatiga ega shaxslardan bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi ham, chet el
fuqarosi ham Faxriy konsul bo‘lishi mumkin.
Faxriy konsul O‘zbekiston Respublikasining davlat xizmatida turmaydi va o‘z funksiyalarini
bajarganlik uchun O‘zbekiston Respublikasidan biron-bir pul mukofoti olmaydi.
Faxriy konsul O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan lavozimga tayinlanadi
va lavozimidan ozod etiladi.
Faxriy konsul o‘z funksiyalarini O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonasi yoki
qaysi konsullik okrugi hududida faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lsa, o‘sha konsullik muassasasi
joylashgan davlatdagi konsullik muassasasi rahbarligi ostida bajaradi. O‘zbekiston Respublikasining


diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasi mavjud bo‘lmagan taqdirda O‘zbekiston
Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bunday rahbarlikni Faxriy konsul turgan davlatga qo‘shni yoxud
uning o‘zi turgan davlatga yaqin bo‘lgan davlatlardan birida joylashgan O‘zbekiston
Respublikasining diplomatik vakolatxonasiga yoxud konsullik muassasasiga topshiradi.
Faxriy konsul o‘zi turgan davlat bilan kelishuvga ko‘ra va O‘zbekiston Respublikasi Tashqi
ishlar vazirligining roziligi bilan bir vaqtning o‘zida boshqa chet davlatning Faxriy konsuli
majburiyatlarini bajarishi mumkin.

Download 189.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling