O‘zbekiston respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘G‘risidagi kodeksi birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Asosiy qoidalar


-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqish tartibi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet314/359
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831375
1   ...   310   311   312   313   314   315   316   317   ...   359
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

306-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqish tartibi
Ishni ko‘rib chiqish shu ishni ko‘ruvchi organning tarkibini e’lon qilish yoki mansabdor shaxsni
tanishtirishdan boshlanadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni sudda ko‘rib chiqish chog‘ida sudning
tashabbusiga yoki ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasiga ko‘ra sud majlisining audio-
yoki videoyozuvi amalga oshirilishi mumkin.
(306-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-597-sonli 
Qonuniga 
asosan
ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son)
Ishni ko‘rib chiquvchi organning majlisida raislik qiluvchi yoki ishni ko‘rib chiquvchi
mansabdor shaxs qanday ish ko‘rib chiqilishi lozimligini, ma’muriy javobgarlikka kim
tortilayotganligini e’lon qiladi, ishni ko‘rib chiqishda qatnashuvchi shaxslarga ularning huquqlari va
vazifalarini tushuntiradi, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomani o‘qib eshittiradi.
Majlisda ishni ko‘rib chiqishda qatnashuvchi shaxslarning so‘zlari eshitiladi, keltirilgan dalillar
o‘rganiladi va tushgan iltimoslar hal etiladi. Ishni ko‘rib chiqishda prokuror qatnashgan taqdirda
uning xulosasi o‘qib eshittiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 35-son “Sudlar
tomonidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishni tartibga soluvchi qonunlarni qo‘llashning
ayrim masalalari to‘g‘risida”gi Qarorining 
8-bandi
.
307-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqish vaqtida aniqlanishi
lozim bo‘lgan holatlar
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqish vaqtida tegishli organ (mansabdor
shaxs): ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan-etilmaganligini, huquqbuzarlik sodir etilgan vaqt va
joyni, mazkur shaxs uni sodir etishda aybdor-aybdor emasligini, uning ma’muriy javobgarlikka
tortilish-tortilmasligini, javobgarlikni yengillashtiruvchi yoki og‘irlashtiruvchi holatlar bor-yo‘qligini,
mulkiy zarar yetkazilgan-yetkazilmaganligini, shuningdek ishni to‘g‘ri hal etishda ahamiyatga molik
boshqa holatlarni aniqlashi shart.
2
3
4
5
6
7
8
9
1
1
5
7
1
1
2
3
1
1
1


 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 35-son “Sudlar
tomonidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishni tartibga soluvchi qonunlarni qo‘llashning
ayrim masalalari to‘g‘risida”gi Qarorining 
10, 11-bandlari
.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   310   311   312   313   314   315   316   317   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling