UNDOSHLARNING TALAFFUZI VA YOZILISHI
ASSIMILATSlYA, DISSIMILATSIYA, JARANGSIZLASHISH, METATEZA VA BOSHQA FONETIK HODISALAR
Nutq jarayonida tovushlarni ketma-ket keltirish yoii bilan turli xil ma'noli birliklarni hosil qilamiz. Masalan, t-o-sh, b-o-sh, q-o-l.
Yuqoridagi so'zlar tarkibidagi tovushlar alohida-alohida emas, balki uzluksiz talaffuz qilinadi, so'zlar uzluksiz talaffuz qilinganda, uning tarkibidagi bir tovush hali toiiq talaffuz qilinmay turib, nutq a'zolari ikkinchisiga tayyorlanib turadi. Natijada tovushlar zanjiri vujudga keladi. Talaffuz qulayligiga intilish harakati tufayli nutq jarayonida tovushlar zanjirida turli fonetik o'zgarishlar ro'y beradi.
Masalan, oq so'zi asosiga -gach qo'shimchasini qo'shsak, asos oxiridagi chuqur til orqa q dan so'ng til orqa g undoshi kelib, chuqur til orqa tovushidan til orqa tovushiga birdaniga o'tishi qiyinlashadi. Talaffuz noqulayli-gi vujudga keladi. Ana shu noqulaylikni bartaraf qilish, qulay-likka erishish uchun ikkinchi tovush ham chuqur til orqa tovushiga aylantiriladi.
Solishtiring: oqqach, soqqani, ekkani kabi.
Nutq jarayonida talaffuz qulayligiga erishish harakati tufayli ketma-ket kelayotgan tovushlarning o'zaro ta'siri natijasida o'zgarishlarga uchrashi fonetik hodisalar deyiladi. Fonetik hodisalar unlilarga ham, undoshlarga ham taalluq-lidir.
SO'Z BOSHI, SO'Z O'RTASI VA OXIRIDA UNDOSHLARNING ISHLATILISHI, ULARNING IMLOSI
O'zbekcha so'zlarning fonetik tuzilishidagi o'ziga xoslik shundaki, so'zning boshida ketma-ket ikki undosh bir joyda kelmaydi. Shuningdek, so'zning oxirida ham st (ost, ust), It (yilt, milt), rt (to'rt, turt, qurt) kabi qo'sh undoshlardan tashqari, boshqa undoshlar yonma-yon kelmaydi.
Traktor, stakan, stol kabi so'z boshida qo'sh undosh kelgan so'zlar ovro'pa tillaridan kirib kelgan so'zlardir. So'zlarning bunday tovush tuzilishi tilimizga xos boi-maganligi uchun ham, qo'sh undoshlar orasida, ba'zan oldida bir unli qo'shilib ikki bo'g'inga ajratilgan holda talaffuz qilinadi (tiraktir, istakan, istol kabi), lekin ular asl holatida yoziladi {traktor, stakan, stol kabi).
So'z oxirida qo'sh undosh kelgan go'sht, musht (sht), daraxt, baxt fxt), barg (rg) kabi so'zlar esa, asosan, fors-tojik tilidan o'tgan. Bunday so'zlarda yonma-yon kelgan undoshlardan biri talaffuzda tushirib qoldiriladi. Yozuvda yonma-yon kelgan undoshlar saqlanadi.
Talaffuzda: Yozuvda:
go'sh go'sht
mush musht
farzan farzand
Do'stlaringiz bilan baham: |