Import.
Respublikada import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni
ishlab chiqarishni
rag‘batlantirish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish borasida amalga
oshirilayotgan islohotlar importni keskin oshib ketishiga yo‘l qo‘ymadi.
Shu bilan
birga, mamlakatga kiritilayotgan salmoqli investitsiyalar natijasida so‘nggi yillarda
import hajmi oshib kelayotganligini kuzatish mumkin. Jumladan,
hisobot davrida
import hajmi 30 699,3 mln. AQSh dollarni (2021 yilga nisbatan 120,4 %) tashkil
etdi.
Import tarkibida eng katta ulush mashina va asbob-uskunalar hamda ularning
qismlari (31,4 %), kimyo mahsulotlari va undan tayyorlangan buyumlar (13,8 %)
hamda xizmatlar (8,2 %) hisobiga to‘g‘ri keldi.
Import tarkibi (2022 yil yanvar-dekabr, ulush %)
17
14-rasm
17
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TASHQI SAVDO AYLANMASI 24-bet
2022 yilda import qilingan tovarlar va xizmatlar
tarkibi tahlili shuni
ko‘rsatdiki, 2021 yilga nisbatan mashina va asbob-uskunalar hamda ularning
qismlari importining ulushi 32,4 % dan 31,4 %
gacha kamaydi, oziq-ovqat
mahsulotlari va kimyo mahsulotlari importining ulushi esa 9,8 % dan 11,1 %ga o’sdi
va 14,3 %dan 13,8 %ga kamaydi.
Umuman olganda, barcha mahsulotlarda o‘sish
kuzatilishiga qaramasdan, ularning (mashina va asbob-uskunalardan tashqari) jami
importdagi ulushi pasaymoqda.
So‘nggi uch yildagi umumiy import hajmining o‘sishi (1,7 barobar) fonida
xizmatlar importining mutloq o‘sishiga qaramasdan (1,2 barobar)
uning jami
importdagi ulushi kamaymoqda (4,1 foiz punkt). Oziq-ovqat mahsulotlarining
importi hajmlarining o‘sishiga shakar xomashyosi (6,1 barobar o‘sish), kakao, un va
qandolat mahsulotlari (va ulardan tayyorlangan mahsulotlar) (1,7 barobar),
sitrus
(2,2 barobar) hamda go‘sht va sub oziq-ovqat mahsulotlari (2,1 barobar) importi
ta’sir qilgan. Energiya tashuvchi va neft mahsulotlari
importi oshishiga esa qayta
ishlangan neft mahsuloti importining oshganligi (125 barobar) bevosita ta’sir etgan.
Qishloq xo‘jaligi uchun mashina va asbob-uskunalar (90 barobar),
avtomobillar uchun uskuna va ehtiyot qismlar (87 barobar), ekskovator va
buldozerlar (119 barobar) hamda tibbiy asbob va moslamalarning (146 barobar)
nisbatan yuqori o‘sishi hisobiga jami import hajmini oshishiga olib kelgan.
Do'stlaringiz bilan baham: