O‘zbekiston Respublikasining ta’lim tizimi Reja
Download 68.6 Kb.
|
3-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maktabgacha ta’lim
- Umumiy o‘rta ta’lim
- Akademik litsey
- Kasb-hunar kolleji
- Bakalavr
Uzluksiz ta’lim bir nechta ta’lim turlarini o‘z ichiga oldi. Ya’ni: maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, maktabdan tashqari ta’lim.
Maktabgacha ta’lim bolaning sog‘lom, har tomonlama kamol topib shakllanishini ta’minlaydi, unda o‘qishga intilish hissini uyg‘otadi, uni muntazam ta’lim olishga tayyorlaydi hamda bola olti-yetti yoshga yetguncha davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari va oilalarda amalga oshiriladi. Bu kabi ta’lim muassasalarining faoliyatini tashkil etishda mahallalar, jamoat, xayriya tashkilotlari, xalqaro fondlar ishtirok etadi. Umumiy o‘rta ta’lim to‘qqiz yillik majburiy xarakterdagi umumiy (boshlang‘ich va umumiy) va uch yillik majburiy-ixtiyoriy xarakterdagi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limidan iborat. O‘qish muddati uch yil bo‘lgan majburiy-ixtiyoriy o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi uzluksiz ta’lim tizimining mustaqil turi bo‘lib, umumiy o‘rta ta’lim negizida tashkil etildi. Akademik litsey (AL) o‘quvchilarning imkoniyatlari, qiziqishlariga ko‘ra ularning jadal intellektual rivojlanishi chuqur, sohalashtirilgan, tabaqalashtirilgan, kasbga yo‘naltirilgan ta’lim olishlarini ta’minlash maqsadida DTSga muvofiq o‘rta maxsus ta’lim beruvchi, yuridik maqomga ega ta’lim muassasasi Kasb-hunar kolleji (KHK) o‘quvchilarning kasb-hunarga moyilligi, bilim va ko‘nikmalarini chuqur rivojlantiruvchi, tanlab olingan kasb-hunar bo‘yicha bir yoki bir necha ixtisosni egallash imkonini yaratish maqsadida tegishli DTS doirasida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini beruvchi, yuridik maqomga ega ta’lim muassasasi AL va KHKning bitiruvchilariga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplom beriladi. Diplom asosida bitiruvchilar ta’limning keyingi bosqichlarida o‘qishni davom ettirish yoki egallangan ixtisos va kasb-hunar bo‘yicha mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini berdi. Oliy ta’lim o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi asosida ikki bosqich (bakalavriyat, magistratura)da tashkil etildi, yo‘nalishlari bo‘yicha xalq xo‘jaligining turli sohalariga oliy ma’lumotli mutaxassislarni tayyorlaydi. Oliy ta’lim muassasalariga talabalarni qabul qilish davlat grantlari va pullik-shartnomaviy asosda amalga oshiriladi. Bakalavr o‘zi tanlagan soha bo‘yicha oliy ma’lumotli mutaxassis bo‘lib, davlat klassifikatorida belgilangan lavozimda ishlash huquqiga ega Magistr ma’lum ixtisoslik bo‘yicha ta’lim olgan yuqori malakali, aspiranturaga kirish huquqiga ega mutaxassis hisoblanib, u ilm-fan sohasida, ishlab chiqarishning mas’uliyatli lavozimlarida faoliyat ko‘rsatadi Download 68.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling