O‘zbekiston Respublikasining ta’lim tizimi Reja


Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari


Download 68.6 Kb.
bet4/8
Sana31.01.2024
Hajmi68.6 Kb.
#1828730
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3-mavzu

Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari. Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz ta’limi tizimini takomillashtirish ustuvor yo‘nalish sifatida e’tirof etildi. Respublikaning “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunida uzluksiz ta’lim tizimining mohiyati, yo‘nalishlari, ta’lim mazmuni, ta’limning huquqiy asoslari batafsil ochib berilgan.
Ta’lim O‘zR ijtimoiy taraqqiyotida ustuvor soha deb e’tirof qilindi. Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari fuqarolarning ijtimoiy kelib chiqishi, irqi, tili, e’tiqodi, ijtimoiy mavqeidan qat’iy nazar ta’lim olishda teng huquqqa ega ekanliklarini ifodalaydi. Davlat ta’limiy siyosatining asosiy prinsiplari quyidagilar:
Ta’limning insonparvar va demokratik xarakterda ekanligi shaxsning ijodiy qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarishga imkon yaratadi. Shuningdek, ta’lim jarayonida uning ma’naviy-axloqiy ehtiyojlari, xohish-istaklari va qiziqishlarini hisobga olishni nazarda tutadi. Ya’ni, ta’lim-tarbiya jarayoni shaxsni har tomonlama kamol topishini ta’minlashga yo‘naltiriladi, uning shaxsiga nisbatan hurmat bilan yondashiladi.
Ta’lim mazmunining ochiqligi, o‘quv materiallari, ta’lim shakl va metodlarining xilma-xilligi, milliy-hududiy xususiyatlarning inobatga olinishi, shuningdek, tarbiya jarayonining demokratik g‘oyalarga muvofik tashkil etilishini anglatadi. Tamoyil mazmuniga ko‘ra o‘quvchilarning xohishlariga ko‘ra dars jadvaliga qo‘shimcha fanlar kiritiladi, yuqori sinflarda muayyan fanlar chuqurlashtirilib o‘rgatiladi, fakultativ mashg‘ulot va to‘garaklar tashkil etiladi, darslarning yakka va guruhli shaklda bo‘lishiga e’tibor qaratiladi.
Ta’limning uzluksizligi va izchilligi uzluksiz ta’lim tizimining barcha bosqichlarida o‘qitish o‘zaro aloqadorlik, bog‘liqlik asosida yo‘lga qo‘yilishini ifodalaydi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining o‘quv dasturlari akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining, o‘z navbatida ularning o‘quv dasturlari oliy o‘quv yurti o‘quv dasturlari bilan mutanosiblikda yaratilib, biri o‘zidan avvalgi bosqichda o‘zlashtirilgan ma’lumotni boyitadi va rivojlantiradi.

Download 68.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling