O‘zbekiston Respublikasining ta’lim tizimi Reja
Bilimli bo‘lishni va iste’dodni rag‘batlantirish
Download 68.6 Kb.
|
3-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ta’lim tizimida davlat va jamiyat boshqaruvini uyg‘unlashtirish
- O‘zRning Kadrlar tayyorlash milliy modeli va uning mohiyati
Bilimli bo‘lishni va iste’dodni rag‘batlantirish ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillaridan biri sanalib, ta’limning barcha bosqichlarida bu tamoyilga to‘la amal qilinadi. Ta’lim oluvchilarning iste’dod va qobiliyatlari davlat tomonidan moddiy va ma’naviy jihatdan rag‘batlantirilib boriladi.
Ta’lim tizimida davlat va jamiyat boshqaruvini uyg‘unlashtirish ta’limni tashkil etish, sifatini oshirish, bunda davlat va jamiyatning hamkorlikka erishishni nazarda tutadi. Ta’lim tizimida davlat va jamiyat boshqaruvi ta’lim samaradorligini oshirishga zamin yaratadi. Bugungi kunda ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari ham quyidagicha belgilab berildi: Ta’lim va tarbiya uyg‘unlikda olib borilishi; ta’lim va tarbiyaning insonparvar demokratik xususiyatga egaligi; ta’limning uzluksizligi, uzviyligi va izchilligi; 12 yillik (6 yoshdan 7 yoshgacha bolalar bir yil davomida umumiy o‘rta ta’limga tayyorlash hamda 11 yillik umumiy o‘rta va o‘rta maxsus) ta’limning majburiyligi; ta’lim tizimining dunyoviy xarakterga egaligi, davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi; ta’lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv; bilimli bo‘lish va ist’edodni rag‘batlantirish; insonning butun hayoti davomida ta’lim olishi; jamiyatda pedagog xodimlar ijtimoiy himoyasining kafolatlanganligi; ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg‘unlashtirish. O‘zRning Kadrlar tayyorlash milliy modeli va uning mohiyati. Mustaqillik yillarida O‘zRda uzluksiz ta’limni takomillashtirish va rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Ana shu maqsadda keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirildi. Har qanday jamiyatning kuchi fuqarolarning ma’naviy yetukligi, intellektual salohiyatga egaligi bilan belgilanadi. Fuqarolarning ma’naviy yetukligi, intellektual salohiyati esa ta’lim tizimining mazmuni, shaxsning har tomonlama shakllanishi uchun xizmat qiluvchi moddiy va ma’naviy shart-sharoitlarning mavjudligi, jamiyatda qaror topgan ijtimoiy sog‘lom muhit darajasi, ijtimoiy munosabatlar mohiyati, shuningdek, aholining etnopsixologik xususiyatlari, axloqiy qarashlari va hayotiy e’tiqodlari asosida shakllantiriladi. “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” O‘zRning “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni g‘oyalariga muvofiq, milliy tajribaning tahlili va ta’lim tizimidagi jahon miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo‘ljalni to‘g‘ri ola bilish mahoratiga ega bo‘lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo‘naltirilgandir. Download 68.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling