O‘zbekiston Respublikasining ta’lim tizimi Reja
Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim
Download 68.6 Kb.
|
3-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maktabdan tashqari ta’lim
Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim jamiyatning oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish, shaxsning kasb-hunar manfaatlarini qanoatlantirishga qaratilib, mustaqil tadqiqotchilik faoliyatini tashkil etish asosida amalga oshiriladi.
Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash jarayonida asosiy e’tibor mutaxassislarning kasb bilimlari va ko‘nikmalarini yangilash hamda chuqurlashtirishga qaratiladi. Maktabdan tashqari ta’lim maktabdan tashqari davlat va nodavlat ta’lim muassasalarida davlat organlari, jamoat tashkilotlari, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan madaniy-estetik, ilmiy, texnikaviy, sport va boshqa yo‘nalishlarda yo‘lga qo‘yilib, bolalar hamda o‘smirlarning ta’limga bo‘lgan, yakka tartibdagi, ortib boruvchi talab-ehtiyojlarini qondirish, ularning bo‘sh vaqti va dam olishini tashkil etish maqsadida olib borildi. Keyingi vaqtlarda ota- onalar va jamoatchilikning fikrlari va takliflari e’tiborga olinib, 2018 yil 25 yanvarda “Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5313-sonli O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni e’lon qilindi.Unga ko‘ra; 2018-2019 o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’limi 11 yillik muddatda; 2019-2020 o‘quv yilidan boshlab kasbiy ta’limga umumiy o‘rta maktabni 11 sinf bitiruvchilari ixtiyoriylik asosida tegishli mutaxassislikka ega bo‘lishi uchun 6 oydan 2 yilgacha bo‘lgan muddatda o‘qishi belgilangan. O‘zbekiston Respublikasida Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqildi. Konsepsiyada quyidagilar nazarda tutilgan: -Xalqaro miqyosda o‘quvchilarni baholash dasturi (PISA) reytingi bo‘yicha jahonning birinchi 30 ta ilg‘or mamlakatlari qatoriga kirishiga erishish; - uzluksiz ta’lim tizimi mazmunini sifat jihatidan yangilash, shuningdek professional kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish; - o‘qitish metodikasini takomillashtirish, ta’lim-tarbiya jarayoniga individuallashtirish tamoyillarini bosqichma-bosqich tatbiq etish; - xalq ta’limi sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsion loyihalarni joriy etish; Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish lozimki, uzluksiz ta’lim turlari ham quyidagicha yangilandi: Maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasbiy ta’lim, oliy ta’lim, oliy ta’limdan keyingi ta’lim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, maktabdan tashqari ta’lim. Bundan tashqari 2017 yil 20 aprelda “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora – tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ – 2909 – sonli qarori chiqarildi. Ung ko‘ra, oliy ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarni joriy qilish, ilmiy-pedagogik faoliyatga xorijiy yetakchi mutaxassislarni jalb qilish, oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlashning maqsadi mezonlarini shakllantirish kabi kompleks vazifalar belgilab berildi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimida ham 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqildi. Unda quyidagilar nazarda tutilgan: Hududlarda davlat va nodavdat oliy ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish, oliy ta’lim qamrov darajasini 50 foizdan oshirish, sohada sog‘lom raqobatni yaratish, O‘zbekiston Milliy universiteti va Samarqand davlat universitetini mamlakat ta’lim muassasalarining flagmaniga aylantirish, respublikada kamida 10 ta oliy ta’lim muassasini xalqaro e’tirof etilgan ta’lim reytingining birinchi 1000 ta o‘rindagi oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatiga, shu jumladan,O‘zbekiston Milliy universiteti va Samarqand davlat universitetini birinchi 500 ta o‘rindagi oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatiga kiritish, oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini bosqichma – bosqich kredit – modul tizimiga o‘tkazish kabi masalarni qamrab oldi. Download 68.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling