O‘zbekiston Respublikasining ta’lim tizimi Reja


Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limining majburiyligi


Download 68.6 Kb.
bet5/8
Sana31.01.2024
Hajmi68.6 Kb.
#1828730
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3-mavzu

Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limining majburiyligi o‘quvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlarini hisobga olgan holda ularning jadal intellektual rivojlanishi, kasb-hunarga moyilligi, bilim va ko‘nikmalarini chuqur rivojlantirish, tanlab olingan kasb-hunar bo‘yicha bir yoki bir necha ixtisoslikni egallash imkoniyatini yaratishni ifodalaydi.
O‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi yo‘nalishini tanlashning ixtiyoriyligi yangi turdagi o‘quv muassasalarida ta’lim olish yo‘nalishining o‘quvchi tomonidan ixtiyoriy tanlanishi mumkinligini anglatadi. Akademik litsey yoki kasb-hunar kollejida ta’lim olishni o‘quvchilar o‘z iqtidorlari va xohish-istaklariga ko‘ra tanlaydilar.
Ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi mamlakatda ta’lim taraqqiyotining rivoji ilmiy asoslarga ega bo‘lib, u fan-texnika, madaniyatning yutuqlariga bog‘liq holda rivojlanib borishini anglatadi.
O‘zRning “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni (4-modda)da fuqarolar millati, tili, jinsi, yoshi, diniy e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, mavqei, xizmat turi, turar joyi, respublika hududida qancha vaqt yashayotganligidan qat’iy nazar bilim olish huquqiga egaliklari aytiladi.
Davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi tamoyili aynan mana shu holatni yoritishga xizmat qiladi. Ushbu tamoyil, shuningdek, chet ellik fuqarolarning respublika hududida xalqaro shartnomalarga muvofiq bilim olish huquqiga egaliklarini ham ifodalaydi. O‘zRda istiqomat qilayotgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bilim olishda respublika fuqarolari bilan teng huquqlarga ega bo‘ladilar.
Ta’lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv. O‘zRning “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni (7-modda)da o‘z ifodasini topgan. Davlat ta’lim standartlari (DTS) umumiy o‘rta, o‘rta maxsus kasb-hunar va oliy ta’lim mazmuni, sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilab beradi. Davlat ta’lim standartlarini bajarish barcha ta’lim muassasalari uchun majburiydir. Biroq, ta’lim muassasalari DTS asosida o‘quv dasturlari variantini ishlab chiqib, undan foydalanishlari mumkin.

Download 68.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling