O‘zbekiston respublikasioliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 0.57 Mb.
bet106/112
Sana14.12.2022
Hajmi0.57 Mb.
#1006969
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   112
Fraxta qilishga ariza – tovar yetkazib beruvchi tomonidan yuk tashuvchining istalgan transport vositasi, yukni jo‘natish vaqti va shu kabilarni ko‘rsatgan holda yuk uchun joy band qilib qo‘yishni so‘rab jo‘natiladigan hujjat.
Yuklash yo‘riqnomasi – yuk va uni tashish munosabati bilan eksport qiluvchining talabi haqidagi batafsil ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.
Yetkazib berishga ruxsatnoma xaridor tomonidan beriladigan hujjat bo‘lib, u tovarning yuklab-jo‘natishga tayyor ekanligi haqida sotuvchidan xabar olgandan keyin tovarlarni jo‘natishga ijozat beradi.
Yuklashga ruxsatnoma – bu hujjat vositasida sotuvchi yoki yukni oluvchi yukni oluvchini tovarlarning jo‘natilganligi haqida xabardor etadi.
Konosament - bu kema egasi tomonidan yukni jo‘natuvchiga yuk dengiz yo‘li orqali tashish uchun qabul qilib olinganligini tasdiqlab beriladigan hujjatdir.
Yuklash topshirig‘i yetkazib berish shartlaridan kelib chiqib yukni jo‘natuvchi yoki yukni oluvchi tomonidan odatda transport-ekspeditorlik firmasining blankasiga rasmiylashtiriladigan va ekspeditorga topshiriladigan operastiyalarning ro‘yxatini hamda ularni bajarish bo‘yicha batafsil yo‘riqnomalarni o‘z ichiga olgan hujjatdir.
Investistiya - bu subyekt ixtiyoridagi vaqtincha ortiqcha bo‘lgan barcha moliyaviy, moddiy va boshqa boyliklarni kelajakda iqtisodiy manfaat ko‘rish uchun boshqa biror subyektga sarflashdir.
Moliyaviy investistiyalar – bu tarkibiga mahalliy va xorijiy mamlakatlarning pul birliklari, banklardagi omonatlar, depozit sertifikatlar, akstiyalar, obligastiyalar, vasiqalar va boshqa qimmatli qog‘ozlar hamda ularga tenglashtirilgan boyliklar kiradigan investistiyalardir.
Moddiy investistiyalar - bu tarkibiga asosiy fondlar, ya’ni binolar, asbob- uskunalar, inshootlar, kommunikastiyalar va boshqa turdagi asosiy ishlab chiqarish fondlarining aktiv va passiv qismlari kiradigan investistiyalardir.

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling