Shartnoma - bu moddiy-buyum shaklidagi tovarlarning oldi-sotdi kelishuvini xalqaro tijorat amaliyotiga muvofiq hujjatlashdir.
To‘lov shartlari – bu to‘lovning valyutasini, usulini va yetkazib berilgan tovar uchun hisob-kitobning tartibini, to‘lov uchun taqdim qilinadigan hujjatlarning ro‘yxatini, asossiz ravishda to‘lovni kechiktirish yoki shartnomaning to‘lov shartlarini boshqacha buzishlardan himoya choralarini belgilab qo‘yadi.
Ortish-jo‘natish hujjatlari – deb tovarni yuklash munosabati bilan tuziladigan hujjatlar (odatda ular shartnomada sanab o‘tilgan bo‘ladi)ga aytiladi.
Inkasso to‘lovi haqidagi xabarnoma – bank inkasso to‘lovi o‘tkazilganligi haqida xabar qiladigan hujjat. Unda mablag‘larni jo‘natishning batafsil ma’lumotlari va usullari keltiriladi.
Bank kafolati – unga ko‘ra bank ushbu hujjatda ko‘rsatilgan shartlarda aytilgan tarafga ko‘rsatilgan summani to‘lash majburiyatini oladi.
Bank trattasi – uchinchi taraf foydasiga qo‘yiladigan tratta. U bir bank tomonidan boshqasiga yoki bankning bo‘limi tomonidan markaziy bo‘limga yoxud shu bankning boshqa bo‘linmasiga beriladi.
O‘tkazma vasiqasi – amaldagi qonunlarga muvofiq berilgan yoki imzolangan hujjat. U bir shaxs tomonidan boshqasiga yo‘llangan va so‘zsiz bajarilishi kerak bo‘lgan talabni o‘z ichiga oladi.
Eksport listenziyasi unda ko‘rsatilgan tovarlarni ma’lum vaqt ichida eksport qilishga ruxsatni o‘z ichiga oladi.
Import listenziyasi unda ko‘rsatilgan tovarlarning cheklangan miqdorini yoki shunday tovarlarni cheklanmagan miqdorda ushbu hujjatda aytib o‘tilgan vaqt davomida olib chiqib ketishga ruxsat beradi.
Konsullik fakturasi – eksportchi tomonidan o‘z mamlakatida tayyorlangan va importchining diplomatik vakolatxonasiga taqdim etiladigan hujjat bo‘lib, u konsullik yig‘imi to‘langanidan keyin taqdim etiladi va keyin importchi tomonidan schyotda ko‘rsatilgan tovarni olib kirish munosabati bilan taqdim etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |