O‘zbekiston respublikasioliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 0.57 Mb.
bet107/112
Sana14.12.2022
Hajmi0.57 Mb.
#1006969
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   112
Aqliy (intellektual) investistiyalar – mulkiy huquqlar shaklidagi investistiyalar aqliy mehnatga oid shakldagi investistiyalar va tabiiy resurslardan foydalanish shaklidagi investistiyalardan iborat.
Investistiya siyosati – bu investorlarning haq-huquqlari, imtiyozlarini ta’minlash bilan bir qatorda iqtisodiyot tarmoqlariga tegishli asosiy fondlarni kengaytirilgan qayta ishlab chiqarishga yo‘naltirish, soliqqa tortish mexanizmini va moliya-kredit siyosatini ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lgan tadbirlar yig‘indisidir.
Investistiya iqlimi – bu jami investorlarning o‘z mablag‘ini qanday sarflashi, qanday baholashini aks ettiradi, u yoki bu mamlakatda kapital qo‘yilmalar uchun sharoitlar nechog‘lik qulay yoki qulay emasligiga baho berishida hisobga olinadigan hamma narsalarni, mafkura va siyosat, iqtisodiyot va madaniyatni ham o‘z ichiga oladigan muhitdir.
Sug‘urta – bu yuridik va jismoniy shaxslarning ma’lum bir to‘lov evaziga
sug‘urta qilingan shaxsga baxtsiz xodisa tufayli etkazilgan zararni to‘lash majburiyatini olishdir.
Sug‘urta mukofoti - bu sug‘urtachi sug‘urta (kemaning taxminiy shikasti yoki halokati uchun javobgarliging o‘ziga olish) uchun oladigan to‘lovdir; sug‘urta mukofoti summasi mukofot stavkasini sug‘urta summasiga sug‘urta shartnomasida ko‘rsatilgan va sug‘urta qilinayotgan payitdagi amaldagi qiymat summasidan oshmaydigan summaga ko‘paytirish orqali olinadi.
KAF bitimlari - inglizcha so‘z bo‘lib qiymat va fraxt degan ma’noni anglatadi, yetkazib berish KAF bitimiga ko‘ra sotuvchi o‘z hisobidan manziligacha shartnomada ko‘rsatilgan dengiz tashuvi shartnomasini tuzishi va yukni kemagacha olib borishi zarur.
Sug‘urta polisi – sug‘urta qiluvchi tomonidan beriladigan va sug‘urta to‘g‘risidagi shartnomani tasdiqlaydigan hujjat.
Sug‘urta sertifikati – sug‘urta jamiyati tomonidan sug‘urta qilinuvchiga beriladigan hujjat bo‘lib, u sug‘urta o‘tkazilganligi va va polis berilganligini tasdiqlaydi.

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling